|
O’zbekiston Respulikasi Sog’liqni Saqlash Vazirligi Toshkent Farmatsevtika Instituti Sanoat farmatsiya yo’nalishi Dori vositalarining sifatini ta’minlash va boshqarish fanidan mustaqil ish
|
bet | 1/5 | Sana | 10.01.2024 | Hajmi | 1,07 Mb. | | #133675 |
Bog'liq Rahimjonova DVSTB2 O’zbekiston Respulikasi Sog’liqni Saqlash Vazirligi Toshkent Farmatsevtika Instituti Sanoat farmatsiya yo’nalishi Dori vositalarining sifatini ta’minlash va boshqarish fanidan MUSTAQIL ISH Mavzu: Mahsulot sifatini oshirish usullari
Bajardi: SF 301-B Rahimjonova X
Tekhirdi: Gaibnazarova D
Reja:
Mahsulot tushunchasi
Mahsulot sifati va belgisi
Sifat halqasi
Mahsulot sifatiga ta’sir etuvchi omillar
Mahsulot sifatini oshirish usullari
Xulosa
Mahsulot tushunchasi Mahsulot deganda mehnat faoliyati jarayonining moddiylashtirilgan natijasi tushunilib, u foydali xossalarga ega bo‘ladi, aniq ishlab chiqarish jarayonlarida olinadi va muayyan jamoa va shaxsiy xarakterli ehtiyojlarni qanoatlashtirishi uchun mo‘ljallanadi. Mahsulotlar tayyor holda, aniq bozorda sotilishi uchun yaroqli yoki tayyorlash jarayonida, ishlashda, yetishtirishda, ta’mirlashda va shunga o‘xshashlarda bo‘lishi mumkin. Mahsulot ta’rifi yana boshqa bir hujjat - xalqaro standart ISO 8402 (1991y) da qisqa holda keltirlgan bo‘lib, «mahsulot - faoliyat yoki jarayon natijasi» deb ta’riflangan Mahsulot Sifati va belgisi Mahsulot sifati deganda, uning vazifasiga binoan muayyan ehtiyojlarni qanoatlantirishga yaroqliligini belgilaydigan xossalar majmuasi tushuniladi. Mahsulot sifati uni tashkil etuvchi buyum va materiallarning sifatiga bog‘liq. Agar mahsulot mashinasozlik buyumlaridan tashkil topgan bo‘lsa, mahsulotning sifatini belgilovchi, uning ayrim buyumlarining hamda bir xillik, o‘zaro almashuvchanlik va boshqa shunday xossalarining majmuasidan tashkil topadi. Masalan, paxta terish mashinasining sifati, uni tashkil etuvchi dvigatelning, shpindellarning, bolt va gaykalarning, g‘ildirak va undagi rezina kabilarning sifatiga bog‘liq
Mahsulot belgisi deganda mahsulotning har qanday xossalari va holatlarining miqdoriy va sifat tavsiflari tushuniladi. Sifat belgisiga materialning rangi, buyumning shakli, detaining sathida himoya va bezak uchun ma’lum qoplamalaming bo‘lishi, prokatning yon tomoni (burchak, tavr, shvellar va shunga o‘xshashlar), mahsulot detallarining biriktirish usullari (payvandlash, yopishtirish, parchinlash va shunga o‘xshashlar), sozlash usullari (qo‘lda, yarim avtomatik, avtomatik va shunga o‘xshashlar) kiradi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O’zbekiston Respulikasi Sog’liqni Saqlash Vazirligi Toshkent Farmatsevtika Instituti Sanoat farmatsiya yo’nalishi Dori vositalarining sifatini ta’minlash va boshqarish fanidan mustaqil ish
|