|
O’zbekiston Respulikasi Sog’liqni Saqlash Vazirligi Toshkent Farmatsevtika Instituti Sanoat farmatsiya yo’nalishi Dori vositalarining sifatini ta’minlash va boshqarish fanidan mustaqil ish
|
bet | 3/5 | Sana | 10.01.2024 | Hajmi | 1,07 Mb. | | #133675 |
Bog'liq Rahimjonova DVSTB2Katta korxonalarda mahsulot sifatini boshqarish sohasiida avtomatlashtirilgan tizimlar yaratilgan. EHM yordamida mehnat va mahsulot sifati haqidagi ma'lumotlarga hamda me'yoriy hujjatlarga nisbatan hisob kitobiga, mahsulot ishlab chiqarishdagi yaroqsizlikni hisob-kitobiga va tahliliga, mahsulotni ishlatilishidagi va boshqa bosqichlardagi uni sifat tahliliga ishlov beradi Mahsulot ishlab chiqarilishida, ayniqsa yangi mahsulot bilan bog`liq bo`lsa, turli xil muammolar paydo bo`ladi. Bu va shunga o`xshash muammolarni tezkorlik bilan hal qilishda mahsulot sifatini boshqarish tizimlari va uni boshqaruvchi idoralari hal qiluvchi vazifani bajaradi. - Mahsulot ishlab chiqarilishida, ayniqsa yangi mahsulot bilan bog`liq bo`lsa, turli xil muammolar paydo bo`ladi. Bu va shunga o`xshash muammolarni tezkorlik bilan hal qilishda mahsulot sifatini boshqarish tizimlari va uni boshqaruvchi idoralari hal qiluvchi vazifani bajaradi.
- Mahsulot sifatini oshirishda standartlashtirish faoliyatining roli kattadir, chunki har qanday texnologik jarayonlarni bir me'yorda ishlashi, ularni har bir bosqichida me'yoriy hujjatlarning bajralishiga qanchalik rioya qilinishi, jamoaning mehnat va texnologik intizomi hal qiluvchi rol o`ynaydi.
Mahsulot sifatiga ta’sir etuvchi omillarni to‘rt toifaga bo‘lish mumkin:
Texnikaviy
Tashkiliy
Iqtisodiy
Ijtimoiy
Texnikaviy omillarga uskunalarning jihozlanish, asboblarning hamda nazorat vositalarning, texnikaviy hujjatlaming holati; dastlabki materiallar, yarimfabrikatlarning sifati va shunga o‘xshashlar kiradi. Tashkiliy omillarga rejalik, bir maromda ishlash, texnikaviy xizmat va uskunalarni ta’mirlash; materiallar, komplektlanuvchi buyumlar jihozlanishi, asboblarning texnikaviy hujjatlar va nazorat vositalari bilan ta’minlashganligi, ishlab chiqarish madaniyati, mehnatni ilmiy asosda tashkil etish; ovqatlanish, ish vaqtida dam olishni tashkil etish va boshqalar kiradi. Iqtisodiy omillarga mehnatga haq to‘lash shakllari, oylik maoshning miqdori; yuqori sifatli mahsulotni va ishni moddiy rag‘batlantirish, mahsulotning yaroqsizligi uchun oylik maoshidan ushlab qolish, sifat darajasi, tannarxi, mahsulotning bahosi va shunga o‘xshashlar kiradi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O’zbekiston Respulikasi Sog’liqni Saqlash Vazirligi Toshkent Farmatsevtika Instituti Sanoat farmatsiya yo’nalishi Dori vositalarining sifatini ta’minlash va boshqarish fanidan mustaqil ish
|