• Abdullatif
  • Mirzo Abdullo
  • 1451-yilda Abulxayrxon
  • 1457-yilda Abulqosim Bobur
  • -§. TEMURIyLAR SALTANATINING INQIROZGA




    Download 1,04 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet132/154
    Sana27.12.2023
    Hajmi1,04 Mb.
    #128649
    1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   154
    Bog'liq
    7-sinf Ozbekiston tarixi (@tarix)

    38-§. TEMURIyLAR SALTANATINING INQIROZGA 
    yUZ TUTISHI
    Tayanch tushunchalar: siyosiy beqarorlik, saltanat parchala-
    nishining boshlanishi, Xurosondagi ahvol.
    Siyosiy beqarorlik.
     
    Ulug‘bek qatl etilib, oradan bir necha 
    kun o‘tgach, Abdullatif taxt da’vogaridan qutulish maq-
    sadida o‘z inisi Abdulazizni hamda otasiga sodiq bo‘lgan 
    amirlarni o‘ldirtirib, temuriylarning Movarounnahrdagi toj-u 
    taxtini batamom egallab oldi. Mamlakat fuqarolari tomonidan 
    “padarkush” (“ota qotili”) deb la’natlangan Abdullatif va uning 
    tarafdorlari taxtda uzoq vaqt o‘tirolmadi. Oradan olti yarim oy 
    o‘tar-o‘tmas saroyda Abdullatif
    ga qarshi fitna uyushtirilib, u 
    o‘ldirildi. 
    Muxolafatchi kuchlar Samarqandda Shohruxning nabirasi 
    Mirzo Abdulloni, Buxoroda Mironshohning nabirasi Abu 
    Saidni hukmdor qilib ko‘tarishadi. Oqibatda ular o‘rtasida 
    hokimiyat uchun yana kurash boshlanadi. 
    Movarounnahr va Xurosonda muttasil davom etib turgan 
    o‘zaro kurashlar Dashti Qipchoqdagi hukmdorlar uchun juda 


    138
    qo‘l keladi. 1451-yilda Abulxayrxon katta qo‘shin bilan Abu 
    Said yordami va ishtirokida Toshkent, Chinoz va Jizzax orqali 
    Samarqandga Mirzo Abdulloga qarshi yurish qiladi. Sheroz 
    qishlog‘i yaqinidagi Bulung‘ur anhori yoqasida jang bo‘ladi. 
    O‘zaro to‘qnashuvda Mirzo Abdullo yengiladi va jangda halok 
    bo‘ladi. Shunday qilib, Abulxayrxonning yordamida Abu Said 
    Samarqandni egallab, Movarounnahrga hokim bo‘lib oladi.
    Xuroson bu davrda Shohruxning nabirasi Abulqosim Bo-
    bur
    tasarrufida edi. Xurosonda siyosiy tarqoqlik juda avj olib 
    ketadi. Temuriylar davri muarrixlarining yozishicha, bu davrda 
    Xuroson o‘n bir bo‘lakka ajralib ketadi. Ular o‘rtasida urush-
    ta 
    lash 
    lar to‘xtovsiz davom etardi. 1457-yilda Abulqosim 
    Bobur vafot qilgach, vaziyat yana mushkullashadi. Xurosonda 
    ham, Hirotda ham hokimiyatni da’vo qiluvchilar ko‘p bo‘lsa-
    da, lekin ularning birortasi ham davlatni idora qila oladigan 
    kuch ga ega emas edi. Bunday qulay vaziyatdan foydalangan 

    Download 1,04 Mb.
    1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   154




    Download 1,04 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -§. TEMURIyLAR SALTANATINING INQIROZGA

    Download 1,04 Mb.
    Pdf ko'rish