• VI BOB. XIV–XV ASRLARDA FAN VA MADANIyATNING ZAMONAVIy SIVILIZATSIyA RIVOJIDAGI ROLI VA AHAMIyATI 40-§. TA’LIM TIZIMI
  • “Tarxon” yorlig‘i haqida gapirib bering.  yuqoridagi mavzu asosida quyidagi jadvalni to‘ldiring




    Download 1,04 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet140/154
    Sana27.12.2023
    Hajmi1,04 Mb.
    #128649
    1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   154
    Bog'liq
    7-sinf Ozbekiston tarixi (@tarix)

    8. “Tarxon” yorlig‘i haqida gapirib bering. 
    yuqoridagi mavzu asosida quyidagi jadvalni to‘ldiring. 
    Hunarmand-
    chilikning 
    turlari
    Savdo 
    aloqalari
    yer egaligi
    Soliq 
    turlari
    AMIR TEMUR DAVLATI XARITASI


    146
    VI BOB. XIV–XV ASRLARDA FAN VA 
    MADANIyATNING ZAMONAVIy SIVILIZATSIyA 
    RIVOJIDAGI ROLI VA AHAMIyATI
    40-§. TA’LIM TIZIMI
    Tayanch tushunchalar: Madrasai umumiy, Madrasai oliya.
    Madrasalar faoliyati.
     
    Temur va temuriylar davrida mad-
    rasa oliy ma’lumot beradigan markaz vazifasini bajargan. 
    Mo 
    va 
    rounnahr va Xurosonda asosan davlat va davlatmand 
    shaxs larning mablag‘lariga qurilgan ko‘plab madrasalar bor 
    edi. Madrasada ilohiyot bilan birga dunyoviy fanlar: qonun-
    shu noslik (fiqh), mantiq, matematika (riyozat), geometriya 
    (handasa), falakiyot, tibbiyot, tarix, jo‘g‘rofiya, adabiyot, 
    she’ riya (ilmi aruz), arab tili va uning morfologiyasi (qofiya) 
    o‘qi tilgan. Madrasada eng yetuk mutaxassislar dars berishgan. 
    Ular ga alohida ish haqi to‘lanar edi. 
    1404-yilda Saroymulkxonim Samarqandda shunday madrasa 
    qurdirgan ediki, u o‘z hashamati bilan o‘sha davrdagi boshqa 
    inshootlardan ajralib turardi. Unda o‘z davrining mashhur 
    olim lari mudarrislik qilganlar.
    Hirot hududining o‘zidagina 36 ta madrasa bo‘lib, bu mad-
    rasalarda va shu hududda joylashgan xonaqohlarda ta’lim olish 
    uchun turli mamlakatlardan talabalar kelar edilar. 
    Hirot tevaragida joylashgan amir Feruzshoh madrasasi va 
    xonaqohi ayniqsa shuhrat qozongan edi. Injil anhori bo‘yida 
    joylashgan Ixlosiya madrasasi va Xalosiya xonaqohi Husayn 
    Boyqaro hukmronligi davrida barpo qilingan. 
    O‘qitish tanlov asosida olib borilib, har oylik tanlovda 
    bo‘sh talabalar tushirib qoldirilib, o‘qishni faqat kuchlilar 
    davom ettirishgan.
    Ulug‘bek farmoni bilan 1417-yilda Buxoroda, 1420-yilda 
    Samarqandda, 1433-yilda G‘ijduvonda madrasalar qad ko‘ta-
    radi. Hatto Buxoro madrasasining darvozasiga “Bilim olish har 
    bir musulmon ayol va erkakning burchidir”, degan xitobnoma 
    o‘yib yozib qo‘yiladi. Movarounnahrning bu uchta qadimiy 


    147
    shaharlarida barpo etilgan ilmgohlar, xususan, Samarqand 
    madrasasi zamonasining dorilfununi edi.

    Download 1,04 Mb.
    1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   154




    Download 1,04 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    “Tarxon” yorlig‘i haqida gapirib bering.  yuqoridagi mavzu asosida quyidagi jadvalni to‘ldiring

    Download 1,04 Mb.
    Pdf ko'rish