• * Chig‘atoy ulusi — hokimiyat taqsimlanganda uning Chingizxon o‘g‘li Chig‘atoyga tekkan qismi. Keyinchalik u Chig‘atoy davlatiga aylangan
  • Mahmud Torobiy
  • Shamsiddin Mahbubiy
  • O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XV asr boshlarigacha)




    Download 1,04 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet79/154
    Sana27.12.2023
    Hajmi1,04 Mb.
    #128649
    1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   154
    Bog'liq
    7-sinf Ozbekiston tarixi (@tarix)

    Mahmud Toro biy nomi bilan shuhrat topadi.
    Torobiyning yaqin safdoshlaridan Shamsiddin Mahbubiy 
    va Buxoro aholisi qo‘zg‘olonchilarga qo‘shilib qo‘liga qurol 
    oladi. O‘zlarining qadrdon shahar va qishloqlarini mo‘g‘ullardan 
    va ularning hamtovoq xizmatchilari – mahalliy ma’murlardan 
    * Chig‘atoy ulusi — hokimiyat taqsimlanganda 
    uning Chingizxon o‘g‘li Chig‘atoyga tekkan qismi. 
    Keyinchalik u Chig‘atoy davlatiga aylangan
    * Qopchur — chorva mollari bosh sonining 2,5% 
    miqdorida olingan soliq
    * Kalon — hosilning 1/10 qismi hajmida olingan 
    soliq


    84
    ozod qilishga otlangan kishilardan kattagina lashkar to‘planadi. 
    Mahmud Torobiy o‘z tarafdorlari bilan Buxoroga kirib olgach, 
    shahar ichidagi Robiya saroyini qarorgoh qilib oladi. Bu yerga 
    Buxoroning sadrlari, badavlat a’yonlari, yirik yer egalarini 
    chaqirtiradi. U o‘zini Buxoro va atrof viloyatlarining xalifasi, 
    ya’ni hukmdori deb rasmiy ravishda e’lon qilishga ularni 
    majbur etadi. Shundan so‘ng Shamsiddin Mahbubiy sadr deb 
    e’lon qilinadi. Mahmud Torobiy Buxoroda o‘z hukmronligini 
    o‘rnatgach, mo‘g‘ul tarafdorlari bo‘lgan mahalliy amaldorlar 
    Buxo rodan qochib ketadi.
    Qochqin amaldorlar va mo‘g‘ullar noib Mahmud yalavoch 
    yordamida Karmana yaqinida kuch to‘plab, Buxoro ustiga 
    yuradilar. O‘rtada jang boshlanadi. Mo‘g‘ullar yengilib, Kar-
    mana tomon qocha boshlaydilar. Jangda qo‘zg‘olon boshliqlari 
    Mahmud Torobiy va Shamsiddin Mahbubiylar ham halok 
    bo‘ladilar. Qo‘zg‘olonchilar ularning o‘rniga Torobiyning uka-
    lari Muhammad va Alini boshliq qilib saylaydilar. Ora 
    dan 
    bir hafta o‘tmay, ularga qarshi mo‘g‘ullarning yangi qo‘ shini 
    hujum qiladi. Jangda qo‘zg‘olonchilar tor-mor qilinib, Toro-
    biyning har ikkala ukalari ham halok bo‘ladilar. Mo‘g‘ullar 
    Buxoroni yana bosib olib, u yerda ilgarigi tartiblarni qayta 
    o‘rnatadilar.

    Download 1,04 Mb.
    1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   154




    Download 1,04 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XV asr boshlarigacha)

    Download 1,04 Mb.
    Pdf ko'rish