• Kebekxon va uning islohotlari. XIV asrning birinchi yar mi
  • Kebek
  • Nasaf
  • Ma’sudbekning pul islohoti




    Download 1,04 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet81/154
    Sana27.12.2023
    Hajmi1,04 Mb.
    #128649
    1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   154
    Bog'liq
    7-sinf Ozbekiston tarixi (@tarix)

    Ma’sudbekning pul islohoti.
    Movarounnahrda asta-sekinlik 
    bilan bo‘lsa-da, shahar hayoti, xususan hunarmandchilik va 
    savdo munosabatlari jonlana boshlaydi. Shaharlarning ichki 
    hayoti, ayniqsa, tovar va pul munosabatlarining tiklanishida 
    Ma’sudbek tomonidan 1271-yilda amalga oshirilgan pul 
    islohoti muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. U Movarounnahrning 
    16 ta shahar va viloyatlarida, bir xil vazn va yuqori qiymatli sof 
     
    yomlar – yo‘l bekatlari. Choparlar, yo‘lovchilar ot 
    almashtiradigan joy. yomda doimo otlar ulovga tayyor 
    turgan


    86
    kumush tangalar zarb ettirib, mamlakatda ularni muomalaga 
    chiqaradi.
    Kebekxon_va_uning_islohotlari._XIV_asrning_birinchi_yar_mi'>Kebekxon va uning islohotlari. 
    XIV asrning birinchi 
    yar mi da Chig‘atoy ulusida mo‘g‘ullarning o‘troqlikka o‘tish 
    jarayoni kuchayib, ularning ijtimoiy hayotida jiddiy o‘zgarishlar 
    sodir bo‘la boshlaydi. Movarounnahrdek madaniy o‘lka bilan 
    mustahkam aloqa o‘rnatishga va o‘troq hayot kechirishga 
    intilgan Chig‘atoy xonlaridan biri Kebek (1318–1326) edi. U 
    hokimiyatni bevosita o‘z qo‘liga olib, Qashqadaryo vohasidagi 
    qadimgi Nasaf shahri yonida o‘ziga saroy qurdiradi. Saroy 
    mo‘g‘ul tilida “Qarshi” deb yuritiladi. Kebekxon o‘z 
    qarorgohini mo‘g‘ul hukmdorlari orasida birinchi bo‘lib 
    Movarounnahrga ko‘chiradi. U shu saroyda turib mamlakatni 
    idora qiladi. Keyinchalik saroy atrofida yangi binolar qad 
    ko‘taradi va eski Nasaf shahri bilan qo‘shilib ketadi. Shundan 
    e’tiboran bu shahar Qarshi deb atala boshlanadi.
    Kebek davlatni idora etish tuzilishini va uning iqtisodiy 
    hayotini tartibga solish maqsadida ma’muriy va pul islohoti 
    o‘tkazadi. Mamlakatda yagona pul joriy qilinadi. erondagi 
    Xulokiylar davlati va Oltin O‘rda xonligining kumush 
    tangalari namunasida ikki xil pul: og‘irligi 8 grammlik katta 
    kumush tanga va 1 grammlik kichik tanga zarb etilgan. Katta 
    tanga “dinor”, kichigi “dirham” deb atalgan. “Kepaki” deb 
    nom olgan bu tangalar Samarqand va Buxoroda zarb etilib
    muomalaga chiqarilgan.

    Download 1,04 Mb.
    1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   154




    Download 1,04 Mb.
    Pdf ko'rish