• 1017-yil Mahmud G‘aznaviy
  • 2006-yil kuzi
  • Abu Nasr Farobiy. Abu Nasr Farobiy (873–950)
  • -yilda shakllangan “Dor ul-hikma va maorif”




    Download 1,04 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet89/154
    Sana27.12.2023
    Hajmi1,04 Mb.
    #128649
    1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   154
    Bog'liq
    7-sinf Ozbekiston tarixi (@tarix)

    1004-yilda shakllangan “Dor ul-hikma va maorif” 
    (“Bilim donlik va maorif uyi”) – “Ma’mun akademiyasi”ning 
    asosini Abu Nasr ibn Iroq (X asr–1034), Abulxayr ibn 
    Ham mor (991–1048), Abu Sahl Masihiy (970–1011), Abu 
    Rayhon Beruniy (973–1048), Abu Ali ibn Sino (980–1037) 
    va boshqalar tashkil etgan.
    1017-yil Mahmud G‘aznaviy Xorazmga bostirib kirgandan 
    so‘ng “Dor ul-hikma va maorif”ning faoliyati tugatilgan, olim -
    larning ko‘pchiligi G‘azna shahriga majburan olib ketilgan.
    1997-yil 11-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezi-
    den tining “Xorazm Ma’mun akademiyasini qaytadan tash 
    kil 
    etish to‘g‘risida”gi farmoni chiqdi. 2006-yil kuzida Respub-
    li ka mizda “Xorazm Ma’mun akademiyasi”ning 1000 yilligi 
    nishonlandi.
    2014-yil may oyida Samarqand shahrida O‘rta asrlarda 
    Sharq olamida yashab ijod etgan buyuk alloma va muta-
    fakkirlarning ilmiy merosini chuqur muhokama qilish va 
    anglash, uning zamonaviy sivilizatsiya tarixida tutgan o‘rni va 
    roliga baho berish maqsadida “O‘rta asrlar Sharq allomalari 
    va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivi­
    lizatsiya rivojidagi roli va aha 
    miyati” mavzusida
     
    xalqaro 
    konferensiya o‘tkazildi. Unda el 
    likka yaqin mamlakatlardan 
    tashrif buyurgan vakillar ishtirok etdi. Konferensiya yakunida 
    te gishli hujjatlar qabul qilindi.
    Abu Nasr Farobiy.
     
    Abu Nasr Farobiy (873–950) Aris 
    suvining Sirdaryoga quyi 
    lishida joylashgan Farob shahrida 
    tug‘il gan. U avval ona shahrida, so‘ngra Samar qand, Buxoro 
    va Bag‘dodda bilim olgan. Umrining oxir 
    larida Halab va 
    Damashq shaharlarida yasha gan. 


    95
    Farobiy riyoziyot, falakiyot, tabobat, 
    musiqa, mantiq, falsafa, tilshunoslik
    tar biyashunoslik va ada biyot sohalarida 
    ijod etgan. U 160 dan ortiq asar yozib, 
    o‘r 
    ta asr ilm-fan va madaniyatiga ulkan 
    hissa qo‘shdi. Bular ora sida “Arastuning 
    “Metafizika”­ asariga­ sharh”,­ “Musiqa­
    kitobi”, “Baxt­saodatga erishuv haqida”, 
    “Tirik mavjudot a’zo lari haqida”, “Fozil 
    odamlar shahri” va boshqa ko‘pgina 
    asarlari muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. 
    Olimning ilm-fan oldi 
    dagi xizmatlaridan biri uning yunon 
    mutafakkirlari asarlarini sharhlaganligi va ularni yangi g‘oyalar 
    bilan boyitganligir. U o‘rta asrda mukammal hisoblangan ilmlar 
    tasnifini yaratdi.
    Farobiy yunon falsafasini chuqur bilgani, unga sharhlar 
    bit ganligi va jahonga targ‘ib qilgani hamda zamonasining ilm -
    larini puxta o‘zlashtirib, fanlar ri 
    vo 
    jiga ul 
    kan hissa qo‘shgani 
    uchun Sharq da Aras tudan (Aristotel) keyingi yirik mu ta fakkir – 
    “Muallim us­soniy” va Sharq Arastusi” nomlari bilan shuh rat 
    top di. Ba’zi tarixiy manbalarda kelti rilishicha, Farobiy 70 dan 
    ortiq tilni bilgan.
    Mutafakkir qoldirgan meros faqat Sharq mamlakatlarida 
    emas, balki Yev ro pada ham tarqaldi va ijtimoiy-fal sa fiy fikr 
    taraqqiyotiga sezilarli ta’sir ko‘r satdi.

    Download 1,04 Mb.
    1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   154




    Download 1,04 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -yilda shakllangan “Dor ul-hikma va maorif”

    Download 1,04 Mb.
    Pdf ko'rish