|
Poyezdlar harakati grafigi va lokomotivlar aylanmasi
|
bet | 16/19 | Sana | 09.01.2024 | Hajmi | 6,65 Mb. | | #133342 |
Bog'liq babajanov uerrr3. Poyezdlar harakati grafigi va lokomotivlar aylanmasi
3.1. Poyezdlar harakati grafigini tuzish
Poyezdlar harakati grafigini tuzishda uchastka qatnovi bo‘yicha yo‘lovchi poyezdlarining harakat hajmi va og‘irlik me’yorlari, har bir yo‘nalish , har bir uchastka bo‘yicha yuk poyezdlarining kategoriyalarini hisobga olgan holda ularning harakat hajmi, og‘irlik va uzunlik me’yori, peregondagi yurish vaqti, tezlanish va sekinlanish uchun qo‘shimcha vaqtlar, terma poyezdlarning oraliq stansiyalarda turish vaqtlari va boshqa shunga o‘xshash birlamchi ma’lumotlarni aniqlab olish lozim. Ushbu boshlang‘ich ma’lumotlarning bir qismi oldingi bo‘limlarda ko‘rib chiqilgan. Poyezdlar harakati grafigini tuzishda barcha poyezdlar kategoriyasini mukammal ravishda joylashtirish ko‘zda tutilishi lozim.
Bunday joylashtirish poyezdlar harakati xavfsizligini ta’minlashi lozim.
Poyezdlarni joylashtirish bir yo‘lli uchastkadan boshlanadi. Birinchi navbatda, poyezdlar harakati grafigiga tezkor poyezdlarni, undan keyin yo‘lovchi poyezdlarni joylashtirish lozim. Yo‘lovchi poyezdlarni joylashtirishda oraliq stansiyalardagi turish vaqtlarini hisobga olish lozim.
Terma va chiqaruvchi poyezdlarni poyezdlar harakati grafigiga tanlangan eng maqbul chizma asosida joylashtiriladi. Terma va olib chiqib ketuvchi poyezdlarning oraliq stansiyalarida turish vaqtlari mahalliy vagonlarni uzish va ulash manevr amallari vaqtlarini o‘z ichiga olishi, zarur hollarda esa terma va chiqaruvchi poyezdlar yurish vaqtlarini surish imkonini berishi lozim.
Yuk poyezdlarini ikki yo‘nalishda ham, bir maromda va bir vaqtning o‘zida joylashtirish lozim. Yuk poyezdlarini joylashtirish tartibi uchastkaning poyezdlarni o‘tkazish qobiliyatidan foydalana olishiga bog‘liq.
Aylanma depolar joylashgan stansiyalarda lokomotivlarning turish vaqtlari belgilangan me’yorda ushlab turilmasa, asosiy va aylanma depo stansiyalaridan poyezdlarni jo‘natish vaqtlarini tahrirlash bilan bir qatorda oraliq stansiyalardagi poyezdlar to‘xtashlar vaqtini minimumga keltirishni ta’minlash lozim.
Poyezdlar harakat grafigi yozgi davr uchun tuziladi va unga qishki mavsumdagi bir qancha sabablarga ko’ra (qishloq xo’jalik mahsulotlarini tashishning mavsumiyligi, yangi korxonalarning ishga tushirilishi va boshqalar) o’zgartirishlar kiritiladi. Yo’lovchi poyezdlarning harakat jadvallari tuzilganda ular uch to’rt yil davomida o’zgarmaydi.
Poyezdlar harakat grafigini tuzishdan oldin quyidagi tayyorgarlik ishlari o’tkaziladi: yangi grafik uchun birlamchi ma’lumotlar ishlab chiqiladi; o’tgan davr uchun foydalanish ko’rsatkichlari tahlil qilinadi va boshqalar.
|
| |