1-bob. Vagon oqimlari hisobi
2-Mintaqaviy temir yo‘l uzeli uchastkalarining texnik foydalanish tasnifi
2-Mintaqaviy temir yo‘l uzeli (MTU) uchastkalarining umumiy uzunligi 231 kilometrni tashkil etadi (har bir talaba uchun alohida beriladigan topshiriqning 2-bandi). Shu jumladan, B-V uchastkasi 119 kilometr, V-G uchastkasi 112 kilometrni tashkil etadi. MTU tarkibiga “B-V” va “V-G” uchastkalari, 3 ta texnik, ya’ni B, V, G stansiyalari va 8 ta oraliq a, b, v, g, d, e, j, z stansiyalari kiradi. 2-MTU 3 ta MTU lari bilan chegaradosh, bular A stansiyasi orqali 1-MTU bilan, D stansiyasi orqali 3-MTU bilan va E stansiyasi orqali 4-MTU bilan tutashadi.
MTU uchastkalari avtoblokirovka tizimi bilan jihozlangan bo‘lib, texnik va oraliq stansiyalaridagi strelka o‘tkazgichlari va signallar elektr markazlashtirilgan.
MTU stansiyalari qabul qilish-jo‘natish yo‘llarining foydali uzunligi 850 metrni tashkil etadi (topshiriqning 6q-bandi).
MTU joylashgan yo‘nalishdagi tortuv turi elektrli bo‘lib, yuk tashish harakatida 2TE10L va yo‘lovchi tashish harakatida TEP-70 rusumdagi lokomotivlardan foydalaniladi (topshiriqning 8-bandi).
Asosiy lokomotiv deposi V stansiyasida va aylanish depolari B, G, E stansiyalarida joylashgan (topshiriqning 9-bandi). V stansiyasida vagon va lokomotiv depolari hamda vagonlarga texnik xizmat ko‘rsatish punktlari mavjud.
MTU uchastkalaridagi yo‘lovchi poyezdlari soni uncha katta emas. Yo‘nalishlardagi yo‘lovchilar mintaqaviy temir yo‘l uzeliga tegishli bo‘lgan poyezdlar bilan tashiladi.
2-MTU da umumiy yuklash 587 vagonni, tushirish esa 655 vagonni, tranzit vagon oqimlari 4665 (umumiy vagon oqimlarining 83,4%) vagonni tashkil etadi (1.1-jadval). 2–MTU barcha MTU lardan 343 vagonni qabul qilsa, boshqa MTU lariga 275 vagonni jo‘natadi.
Jo‘natuvchi marshrutlar umumiy vagon oqimlarining 40% ni ya’ni 2244 vagonni (1.8-jadval) tashkil etadi (topshiriqning 2-bandi);
Yuqoridagi ko‘rsatkichlar va ish hajmidan ko‘rinib turibdiki, MTU uchastkalari asosan tranzit poyezdlarni o‘tkazish jarayonlari bilan shug‘ullanadi.
2-MTU uchastkalarining sxemasi, peregonlari va uchastkalari masofalari bilan ko‘rsatilgan holda 1.1-rasmda keltirilgan.
1.1-rasm. 2-MTU uchastkalarining sxemasi
|