Gidrotexnika inshoatlaridagi avariyada fuqarolar quyidagi qoidalarni bajarishlari lozim




Download 10.74 Kb.
bet3/4
Sana21.12.2022
Hajmi10.74 Kb.
#36348
1   2   3   4
Bog'liq
O’zbekistonda bo’lishi mumkin bo’lgan texnogen havflar-hozir.org

Gidrotexnika inshoatlaridagi avariyada fuqarolar quyidagi qoidalarni bajarishlari lozim:


  • suv ostida qoladigan hududdagi fuqarolarni, suv bosishi mumkin bo‘lgan hududlarni va suv bosish vaqtini shuningdek shikastlovchi omillarini (suv urib ketadigan to‘lqin balandligi va tezligini va boshqalarni) yaxshi bilishlari kerak;

  • aholining hammasi suv bosish xavfi tug‘ilgandagi va suv bosgandagi xattiharaktlarga tayyorlangan bo‘lishlari kerak;

  • aholining hammasi suv bosish extimoli borligi, suv bosish vaqti, uning chegaralari haqidagi va evakuatsiya tartibi haqidagi tavsiyalarni vaqtida olishi kerak;

  • xavf haqidagi xabar (ogohlantirish) olinganda quyidagi ishlar qilinishi kerak:

  • darhol hujjatlarni, qimmatbaho va kerakli buyumlarni, 2-3 kunlik oziqovqat va ichimlik suvini o‘zi bilan olish;

  • uylarni ehtiyot holatda (gaz, suv, elektr ta’minotini o‘chirishi) qoldirishi kerak;

  • chorva mollarini xavfsiz joylarga o‘tkazib qo‘yish;

  • 5) agar to‘satdan halokatli suv bossa:

  • suvning to‘lqin zarbidan saqlanish uchun mustahkam qurilgan inshoatlarning yuqori qismlariga chiqiladi;

  • oldindan tayyorlangan qutqaruv vositasini (4-6 ta bir litrli plastmassa idishlari osilgan najot kamarini) taqib olishadi;

  • agar odam imorat ichida (yuqori qismlarida ) qolgan bo‘lsa, qaerdaligini belgilab, kutqaruvchilar yordamga kelishi uchun oq bayroq belgilari osib qo‘yiladi.

Hozirgi kunda O‘zbekiston xududida 500 dan ziyod ishlab chiqarish tarmoqlarida portlash va yong‘in chiqish xavfi mavjud. Portlatuvchi omillarga: kimyoviy (portlovchi moddalar), yadroviy (yadroviy qurollar), mexanik (yuqori bosimli suyuqliklar saqlaydigan idishlarni yorilishi), elektromagnit (uchqun razryadi va lazer uchquni) va boshqalar kiradi.


  • Hozirgi kunda O‘zbekiston xududida 500 dan ziyod ishlab chiqarish tarmoqlarida portlash va yong‘in chiqish xavfi mavjud. Portlatuvchi omillarga: kimyoviy (portlovchi moddalar), yadroviy (yadroviy qurollar), mexanik (yuqori bosimli suyuqliklar saqlaydigan idishlarni yorilishi), elektromagnit (uchqun razryadi va lazer uchquni) va boshqalar kiradi.

  • Har qanday portlashlarda birlamchi va ikiilamchi zarar beruvchi omillar hosil bo‘ladi. Birlamchi omillarga: zarb to‘lqinlari va siniq parchalarning sochilishi. Zarb to‘lqinlari - yuqori bosimdagi portlashishdan hosil bo‘lgan kuchli havo to‘lqinlarining kuchli ovoz chiqarib tarqaladigan havo to‘lqini tarzidagi va va unga qarshi kelgan qattiq jismlarning parchalanishi va sochilishiga olib keladi. Siniq parchalarning sochilishi - portlash maydonlarida parchalangan buyumlarning siniq parchalarini tarqalishi tushuniladi (buyum-anjomlarning, binolarning buzilishi, parchalanishiga olib keladi).

  • Ikkilamchi zarar beruvchi omillarga: yong‘inlar, kimyoviy va radiatsiyaviy shikastlanishlar, keng tusda to‘g‘onlarning buzilishi va suv toshqinlarining sodir bo‘lishi, binolarning qulashi va boshqa falokatlar kiradi. Demak, birlamchi va ikkilamchi zarar beruvchi omillar insonlarning normal yashash va ishlash sharoitlarini buzilishiga, atrof-muhitni izdan chiqishiga, hamda insonlarning halok bo‘lishiga va moddiy resurslarning yo‘q bo‘lib ketishiga olib keladi.

  • Ma’lumotlarga qaraganda Respublikamizda har yili 50 dan ziyod aholi yashash joylarida gazlardan noto‘g‘ri foydalanish oqibatida portlash bo‘lib, oqibatda fuqarolar nobud bo‘ladilar va ko‘plab odamlar turli darajadagi tan jarohati oladilar

Download 10.74 Kb.
1   2   3   4




Download 10.74 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Gidrotexnika inshoatlaridagi avariyada fuqarolar quyidagi qoidalarni bajarishlari lozim

Download 10.74 Kb.