O’zbekistonda davlat-xususiy sherikligining rivojlantirish muammolari va istiqbollari




Download 266,8 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana16.05.2024
Hajmi266,8 Kb.
#238006
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
o-zbekistonda-davlat-xususiy-sherikligining-rivojlantirish-muammolari-va-istiqbollari

Keywords: 
public-private partnership, public-private partnership project, 
regulatory documents, private financial initiative model, special financial companies, 
life cycle 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848
May 2023 / Volume 4 Issue 5
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1429


Mamlakatimizda iqtisodiyotni erkinlashtirish bo’yicha amalga oshirilayotgan 
chor-tadbirlar va institusional islohotlar investisiya muhitini yaxshilashga, xorijiy va 
mahalliy investorlar sonining ortib borishiga ko’maklashmoqda. 
Shu bilan birga, an’anaviy ravishda davlat tasarrufida va boshqaruvida bo’lgan 
iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada to’planib qolgan muammo va kamchiliklar 
davlat-xususiy sheriklik (keyingi o’rinlarda–DXSH) tizimini joriy etishni 
jadallashtirish yuzasidan muhim choralar ko’rishni taqazo etmoqda. 
Ijtimoiy va kommunal sohalar, shaharsozlik va obodonlashtirish, yo’l xo’jaligi, 
energetika sohasidagi davlat monopoliyasi tovarlar ishlab chiqarish va xizmat 
ko’rsatish sifatini, davlat mablag’laridan foydalanish samaradorligini pasaytirmoqda. 
DXSH rivojlantirishning tamoyillari, shartlari va yo’nalishlarini belgilovchi 
huquqiy va institusional baza, shuningdek, o’rta va uzoq muddatli istiqbolda byudjet 
tizimiga moliyaviy, texnik va tijorat tavakkalchiliklarining ta’sirini baholash 
mexanizmlari ishlab chiqilmagan.
1
Shuning uchun ham O’zbekistonda DXSH loyihalarini amalga oshirish uchun 
qulay muhit yaratish maqsadida Qonunchilik bazasini takomillashtirish, bir qator yangi 
me’yoriy hujjatlarni qabul qilish va amaldagi hujjatlarga o’zgartirishlar kiritish zarur. 
"Konsessiya to’g’risidagi" gi qonun bugungi kunda quyidagi sabablarni hisobga 
olgan holda yangi tahrirda qayta ko’rib chiqishni va takomillashtirishni talab qiladi: 

birinchidan, konsessionerlar doirasi xorijiy investorlar bilan cheklanganligi, 
DXSH ning potentsial loyihalarida ishtirok etishda mahalliy tadbirkorlar imkoniyatini 
cheklaydi; 

ikkinchidan, qonun xo’jalik faoliyatini konsessiya predmeti sifatida belgilab 
qo’yilgan bo’lsa-da, iqtisodiy faoliyat turlari, ularni mavjud moddiy aktivlar (mol-
mulk, er uchastkalari va er osti boyliklari) bilan qat’iy bog’laydi, konsessiya bo’yicha 
zamonaviy nuqtai nazar esa davlat tomonidan xususiy firmaga nomukammal raqobat 
sharoitida iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish huquqini berishdir (konsessionerda 
muayyan "bozor kuchi mavjud"); 

uchinchidan, qonun 15 yil (umumiy qabul qilingan standartda esa 50 yil) 
konsessiya shartnomasining davomiyligini cheklaydi, bu esa uzoq muddatli qaytarish 
muddatlari bilan yirik obektlar bo’yicha shartnomalar tuzishni cheklaydi. 
Xalqaro ekspertlar konsessionerlarni tanlash, bunday kelishuvlarni amalga 
oshirish va tugatish jarayonlar darjasini nisbatan past baholaydilar. 
Umuman olganda, konsessiya masalalari bo’yicha qonun hujjatlari doirasida 
davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash chora-tadbirlarini, konsessioner xizmatlariga 
tariflarni shakllantirish usullarini rivojlantirish, mavjud davlat mulkini konsessiyaga 
o’tkazish bo’yicha konsessiya modelini ishlab chiqish, konsessiyaga o’tkazilmaydigan 
1
Tilabov N.T.
 
Замонавий иқтисодиётда бизнес ва давлат ҳамкорлигининг ўзига хос хусусиятлари. "SCIENCE 
AND TDUCATION" SCIENTIFIC JURNAL. VOLUME 3, ISSUE 6 2022. 
www.openscience.uz 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848
May 2023 / Volume 4 Issue 5
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1430


obektlar ro’yxatini qayta ko’rib chiqish, shuningdek, uning yangi modellarini joriy 
etish yo’li bilan konsessiyani qo’llash sohalarini kengaytirish masalalari ishlab 
chiqilishi kerak. 
O’zbekiston Respublikasida Dxshga yirik miqdorda tashqi investisiyalarni jalb 
etishga to’sqinlik qiladigan bunday loyihalarni "sekuritizatsiya" qilish, ya’ni ular 
uchun savdoga qo’yilgan moliyaviy vositalarni chiqarish qiyinchiliklari yuzaga kelishi 
mumkin. Milliy moliyaviy bozorlar rivojlanishning dastlabki bosqichida turibdi va 
yaqin kelajakda infratuzilmaga moliyaviy mablag’larni jalb qilish muammosini hal qila 
olmaydi, xalqaro investorlar esa investisiyalarni qaytarishning ishonchli kafolatlarini 
olishlari kerak. O’zbekiston Respublikasida Dxshning istiqbollari xususiy 
investorlarning mamlakat infratuzilmasi tarmog’iga investisiya kiritish imkoniyati va 
tayyorligiga bog’liq. 
Bundan tashqari, O’zbekiston Respublikasi fuqarolik kodeksiga muvofiq, xalqaro 
amaliyot asosida DXSH belgilariga ega bo’lgan ishonch boshqaruviga o’tkazish va 
davlat mulkini ijaraga berish bo’yicha shartnoma munosabatlari belgilandi. 
Ushbu shartnoma munosabatlari DXSH shartnomalariga to’liq taalluqli emas, 
buning sababi ularda davlat va xususiy tomon o’rtasida xavflarni taqsimlash bilan uzoq 
muddatli shartnomalar tuzishda hamda xususiy sherikni tanlash uchun raqobat tartib-
qoidalarini bajarish majburiyati yo’qligidir. 
Shu munosabat bilan, O’zbekiston Respublikasi fuqarolik qonunchiligi doirasida 
bitimlarni DXSH mexanizmi bo’yicha bitimlar sifatida tan olish uchun loyihani 
rejalashtirish jarayonini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarga muayyan 
tuzatishlar kiritish, DXSH shartnomasini tuzish va loyihalarni amalga oshirishni 
boshqarish uchun tanlov o’tkazish talab etiladi. 
Tarmoqlar kesimida muammoli masalalar mavjud. Ya’ni, infratuzilmaga katta 
xususiy sarmoyalar asosan telekommunikasiya sohasi bilan chegaralanib qolmoqda, bu 
esa investorlar uchun eng xavfli hisoblanadi. Keng ko’lamli loyihalarni amalga 
oshirish jarayonida tomonlar o’rtasida ziddiyatlar yuzaga keladi, erishilgan 
kelishuvlarni bekor qilish va xususiy investorlar va operatorlarni hamkorlikdan 
chiqarish bilan bog’liq. Mikro darajadagi loyihalar amalga oshirish osonroq va sezilarli 
daromad keltiradi, lekin mamlakat kommunal xo’jaligida vaziyatni tubdan 
yaxshilashga qodir bo’lmagan izolyasiya qilingan tashabbuslar bo’lib qolmoqda. 
Suv ta’minoti va suv xo’jaligi bo’yicha mazkur masala ko’rib chiqilganda esa, suv 
ta’minoti va kanalizasiya sohasida DXSH mexanizmi uzoq vaqt davomida ishlatilgan, 
ammo amalga oshirishda jiddiy qiyinchiliklarga duch kelmoqda.
DXSH suv ta’minoti va kanalizasiya sohasida, ushbu sohadagi loyihalar qoniqarli 
savdo va moliyaviy tuzilmalar uchun eng qiyin hisoblanadi. Suvni tozalashdan farqli 
o’laroq, suv taqsimoti ko’pincha murakkab va kengroq xavf tarkibini aniqlash va 
tarqatish zaruratini hisobga olgan holda DXSH modeli bilan birlashtirilishi qiyin. 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848
May 2023 / Volume 4 Issue 5
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1431


Respublikamiz sharoitida suv ta’minoti sohasida Dxshning uchta modeli 
qo’llaniladi:
2
1. "Gollandiya modeli" - davlat korxonasini aktsiyalashtirish, natijada davlat 
ulushi bo’lgan tadbirkorlik sub’ekti tashkil etiladi. 
Foydaga yo’naltirilgan aktsiyadorlik kompaniyasi mas’uliyati cheklangan 
jamiyat-tijorat asosida ishlaydigan xususiy kompaniya (ehtimol shartnoma asosida) va 
siyosiy asosda ishlashga moyil bo’lgan davlat tashkilotlari tomonidan aktsiyalarning 
bir qismiga ega bo’lgan savdo-sotiq. 
2. "Frantsiya modeli" - bu modelda davlat umumiy aktivlar uchun mas’ul bo’ladi, 
xususiy sektor esa konsessiya shartnomasini, affermaj, xizmat ko’rsatish shartnomasini 
va boshqaruvga oid shartnomalarni o’z ichiga olishi mumkin bo’lgan boshqaruv bilan 
bog’liq kompleks xizmatlar ko’rsatilishini ta’minlaydi, bunda xususiy delegasiya 
boshqaruvi sifatida tashkil etiladi.
3. "Britaniya modeli" - aktivlarni keng miqyosda to’liq amalga oshirish, ko’pincha 
"xususiylashtirish" bilan taqqoslanadi. U xususiy sektorni o’z ichiga oladi, mavjud 
korxonalarga ega, shu jumladan barcha aktivlar va erlar - kommunal xizmatlar 
korxonalari xususiy kompaniyalarga aylanadi, nazorat va qo’llab-quvvatlash uchun 
davlat tomonidan tartibga solinadi. 
Shuni ta’kidlash kerakki, yondashuvlar aralash bo’lishi va sektorning 
ehtiyojlariga qarab tanlanishi mumkin va Dxshga qanday yondashish tanlanmasin, 
xizmat ko’rsatish sifati va adolatli narxlanishini ta’minlash uchun davlat tomonidan 
tartibga solinishi kerak. 
Shu bilan birga, rivojlanishning ushbu bosqichida respublikamizda suv resurslari 
strategik va ijtimoiy xususiyatga ega bo’lgani sababli ikkinchi model yanada qulayroq 
bo’ladi, bu esa davlat nazorati ostida qolishi kerak. 
Bundan tashqari, xususiy biznes har doim katta kapital xarajatlar tufayli suv 
ta’minoti tizimini tezda yangilashga intilmaydi, shuning uchun suv ta’minoti 
tizimlarini yangilash mas’uliyati yana mahalliy va respublika byudjetlariga tushadi. 
Shunday ekan bunday vaziyatda boshqaruv kompaniyalarini jalb qilish maqsadga 
muvofiqdir, lekin nazorat qilish va tartibga solish davlat tomonidan amalga oshiriladi. 
Yo’l qurilishi sohasida esa, xalqaro amaliyotda avtomobil yo’llarini qurish va 
ulardan foydalanish sohasi DXSH loyihalarini amalga oshirish uchun eng puxta va 
jozibador soha bo’lishiga qaramasdan, mamlakatimizda hech qanday DXSH loyihasi 
to’liq amalga oshirilmadi. 
Xususiy sektorning infratuzilma xizmatlari sifatini oshirish va qo’shimcha 
investisiyalarni jalb qilish uchun mavjud imkoniyatlaridan foydalanish maqsadida 
quyidagi muhim masalalarga e’tibor qaratish lozim, natijada xususiy sektor 
2
Tilabov N.T.

Download 266,8 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 266,8 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekistonda davlat-xususiy sherikligining rivojlantirish muammolari va istiqbollari

Download 266,8 Kb.
Pdf ko'rish