О‘zbekistonda elektron savdo va elektron tijoratni rivojlantirishning о‘ziga xos хususiyatlari




Download 311,34 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana26.08.2024
Hajmi311,34 Kb.
#269865
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Αzbekistonda elektron savdo va elektron tijoratni rivojlantiris

birinchidan,
geografik omil, ya’ni minta-
qaning dunyoning ko‘plab rivojlangan davlatla-
ridan uzoqda joylashganligi. O‘zbekiston Mar-
kaziy Osiyoning markazida joylashgan, bundan 
tashqari, respublika ochiq dengizga chiqish 
uchun ikki davlatni kesib o‘tishi kerak bo‘lgan 
ikki davlatdan (Lixtenshteyn) biri hisoblanadi. 
Bu, o'z navbatida, mamlakatda makroiqtisodiy 
integratsiyaning rivojlanishiga to'sqinlik qiladi;
ikkinchidan
, mamlakatimizning jahon 
axborot tizimi va xalqaro jarayonlarga integ-
ratsiyalashuv darajasini oshirish zarurati. Hozir-
gi vaqtda mamlakatni rivojlantirish va raqobat-
bardoshligini oshirish uchun xalqaro integ-
ratsiya nafaqat iqtisodiyot tarmoqlari о‘rtasida, 
balki axborot tizimi sohasida ham zarur;
uchinchidan,
milliy 
mahsulotlarning 
jahon bozorida raqobatbardoshligini oshirish, 
umumiy savdo va tranzaksiya xarajatlarini 
kamaytirish, savdo tizimidagi iqtisodiy jarayon-
larni boshqarishni takomillashtirish, davlat 
budjetini ko‘paytirish, ishlab chiqarish faoliyati 
ustidan nazoratning zarur darajasiga erishish 
zarurati.
Shu bilan birga, O‘zbekistonda elektron 
tijoratni rivojlantirish uchun zarur shart-
sharoitlar mavjud. Xususan, 
birinchidan,
savdo 
munosabatlari 
ishtirokchilarining 
axborot 
xavfsizligi va kriptografik himoyasini ta’min-
lash vositalari va texnik yechimlarining 
mavjudligi; 
ikkinchidan,
mijozlarga bankla-
raro va masofaviy xizmat ko‘rsatishga qaratil-
gan individual bank texnologiyalarining zarur 
ishlanmalarining 
mavjudligi; 
uchinchidan,
jahon axborot makoniga chiqish imkonini 
beruvchi zarur texnik va texnologik bazani jadal 
rivojlanishi. [14]. 
Tahlillarga kо‘ra (1-jadval), axborot 
iqtisodiyoti va elektron tijorat sektorining yalpi 
qo‘shilgan qiymati 2021-yilda 2016-yilga 
nisbatan 3,5 barobarga, yalpi qo‘shilgan qiymat 
hajmidagi elektron tijorat hajmi esa qariyb 389 
barobarga oshib, 3 trillion so‘mdan ortiqni 
tashkil etdi. Elektron tijorat rivojiga ta’sir 
etuvchi omillardan yana biri bu internetdan 
foydalanuvchi obunachilar sonining o‘sishidir. 
Agar 2016-yilda internetdan foydalanuvchi 
abonentlar soni 9,6 million kishini tashkil etgan 
bo‘lsa, 2021-yilda internetdan foydalanuvchilar 
soni 23 million kishidan oshdi. [16]. 

Download 311,34 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 311,34 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



О‘zbekistonda elektron savdo va elektron tijoratni rivojlantirishning о‘ziga xos хususiyatlari

Download 311,34 Kb.
Pdf ko'rish