Innovatsion iqtisodiyot / Инновационная экономика / The Innovation Economy №1. 2023
36
digan xо‘jalik yurituvchi subyektlar faoliya-
tining turli jihatlarini kо‘rib chiqqanlar. Xusu-
san, N.A.Yefimova va A.S.Tarasov [2] о‘z
tadqiqotlarida internet-savdoning an’anaviy
savdoga nisbatan afzalliklari hamda uni tako-
millashtirishning asosiy yо‘nalishlarini yoritib
berganlar.
S.A. Kolesnichenko [3] internet-magazin-
larning samaradorligini oshirish bо‘yicha taklif
va tavsiyalar ishlab chiqqan.
E.Y. Shavruk va G.R. Vankovich [4], K.A.
Xapilina [5], L.A.
Bragin va uning ham-
mualliflari [8] lar о‘z tadqiqot ishlarida elektron
savdoning hududiy jihatlarini kо‘rib chiqqanlar,
T.O. Faleyeva [6], N.A. Mansurova va
I.O.Oltinboyev [7], Mayorova va uning ham-
mualliflari [9] elektron savdoning samarador-
ligini baholash va istiqbolini bashoratlash
uslublarini tadqiq etganlar.
Jahon elektron savdo bozorini A.N. Zaxa-
rov va T.A. Cherxanova [10], N.E.Yadova [11]
о‘z tadqiqot ishida kо‘rib chiqishgan.
Xususan
A.N. Zaxarov va T.A. Cherxanovalar [10] о‘z
tadqiqot ishlarida elektron tijorat platformalari-
ning о‘sishi, korxonalarda kiberxavfsizlik tizi-
mini takomillashtirish va xalqaro tanlov savdo-
larida kriptovalyutalardan foydalanish kabi
elektron tijorat tendensiyalari tahlil qilingan.
N.E. Yadova [11] tomonidan olib boril-
gan tadqiqot ishining asosiy maqsadi – Rossiya
elektron tijoratining kelajakdagi tendensiyala-
rini bashorat qilish
uchun global Internet-tijo-
ratning hozirgi holati va rivojlanish istiqbol-
larini о‘rganish va baholash.
Shuningdek, ayrim tadqiqotchilar xorijiy
mamlakatlar misolida elektron savdoning
rivojlanishini kо‘rib chiqishgan. B.Jeong [12]
statistik ma’lumotlarga asoslanib,
Koreyaning
elektron tijorat platformalarining о‘ziga xos
xususiyatlari tahlil qilgan va mamlakatda uning
rivojlanish darajasini tavsiflovchi asosiy jihat-
lari e’tibor qaratgan.
CH. Xan [13] Xitoyda elektron savdoni
rivojlanishining о‘ziga xos xususiyatlarini
yoritgan va istiqbolda uni rivojlantirish bо‘yi-
cha tavsiyalar ishlab chiqqan.