O‘ZBEKISTONDA
FANLARARO
INNOVATSIYALAR
VA
11-
SON
ILMIY
TADQIQOTLAR
JURNALI
20.09.2022
114
-Windows, Mac OS, Linux bo„lishidan qat'iy nazar, ushbu operasion tizimda
interpretator mavjud bo‘lsa, foydalanuvchi tomonidan yozilgan skript kod bajariladi.
Xotiraning avtomatik boshqarilishi;
Turlarga dinamik ajratilishi;
Ma’lumki,
axborotlar matnli, raqamli, ovozli, grafik va boshqa shakllarda
uzatilishi mumkin. Bunday axborotlarni dasturlash tillarida qayta ishlash uchun, ularni
turlarga ajratish lozim. Dasturlarda foydalaniladigan ma’lumotlar
turlari dasturning
maqsadiga bog‘liq bo‘ladi: oddiy kalkulyator sonlardan foydalanadi,
elektron pochta
manzillarini tekshirishga mo‘ljallangan dastur esa matnlar bilan ish ko‘radi. Sonlar
natural, butun va haqiqiy sonlarga ajratiladi. Matnli axborotlar esa belgilar yoki satrli
ma’lumotlardan iborat bo‘lishi mumkin.
Ma’lumotlar turi – bu o‘zgaruvchi yoki doimiy qiymatlardagi ma’lumotlar shakli.
Ma’lumotlar turi kompyuter xotirasida yetarlicha joyni zaxiraga olib qo‘yish
uchun kerak bo‘ladi.
Odatda, dasturlash tillarida ma’lumotlar turi o‘zgaruvchi yoki doimiy bilan
birga
e’lon qilinadi. Python dinamik turlarga ajratuvchi dasturlash tili hisoblanadi. Shu
sababli, Pythonda o‘zgaruvchining turi u foydalanayotgan qiymat bo‘yicha belgilanadi,
lekin ma’lumot turini boshqa turga o‘zgartirish uchun tur ko‘rsatilishi shart.
Oʻquvchilarga tushunchalar orqali taqdim etilayotgan oʻquv materialining ma’no
mazmuni tushunchalarning belgilarini sanab oʻtish bilan emas, balki unga qoʻshimcha
ravishda boshqa tushunchalar bilan oʻzaro bogʻliqligini koʻrsata olish katta samara
beradi va tushunchalarning mantiqiy sxemasining paydo boʻlishiga olib keladi.
Python dasturlash tilining ma’lumotlar turiga doir
tushunchalarning mantiqiy
sxemasini ishlab chiqish hamda ularning mazmunini o‘quvchilarga yetkazish masalasi
dolzarbligini koʻrsatadi.
Python dasturlash tilining ma’lumotlar turiga doir tushunchalar tanlab olinib,
tushunchalarning mantiqiy sxemasi tuzilgan hamda
har bir xossasi haqidagi
ma’lumotlarni koʻrsatuvchi, oʻrgatuvchi kompyuter modeli ham yaratilgan (1-rasm)
[6].