O‘ZBEKISTONDA
FANLARARO
INNOVATSIYALAR
VA
11-
SON
ILMIY
TADQIQOTLAR
JURNALI
20.09.2022
112
PYTHON DASTURLASH TILINING MA’LUMOT TURLARI MAVZUSINI
INOVATSION YONDASHUV ASOSIDA OʻQITISH METODIKASI
Boboqulov Jaloliddin Qurbonovich
Navoiy viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini
oshirish hududiy markazi
Annotatsiya: Maqolada Python dasturlash tilining ma’lumot turlari mavzusiga
doir tushunchalar tanlab olish, tushunchalarning mantiqiy sxemasi tuzish hamda har bir
tushuncha haqida ma’lumotlarni koʻrsatuvchi, oʻrgatuvchi modelni yaratishning metodik
asoslari berilgan.
Аннотация: В статье приведены методические основы для выбора понятий,
относящихся к теме типов информации языка программирования Python,
создания логической схемы понятий и создания обучающей модели,
отображающей информацию о каждом понятии.
Annotation: The article provides methodological bases for selecting concepts
related to the topic of information types of the Python programming language, creating
a logical scheme of concepts, and creating a teaching model that displays information
about each concept.
Kalit soʻzlar: ta’lim tizimi, axborot texnologiyalari, Python dasturlash tili,
Ma’lumotlar turi, Ma’lumotlar turini o‘zgartirish, kompyuter modeli.
Ключевые слова: образовательная система, информационные технологии,
язык программирования Python, тип данных, преобразование типов данных,
компьютерная модель.
Keywords: educational system,
information technology, Python programming
language, Data type, Data type conversion, computer model.
KIRISH
Mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda rivojlanishi
jamiyatning turli
jabhalarida axborot-kommunikatsion texnologiyalaridan keng foydalanishga bog‘liq
bo‘lib, axborotlashuv jarayonining keskin rivojlanib borishi sohalardagi ishlarning
sifat, miqdor va tezkorlik jihatlarini ortishiga olib keladi. Bu vazifalarni turli dasturiy
vositalar bajaradi.
O‘quvchilarning fundamental bilimlarni egallaganlik
darajasini oshirish bu
bilimlarni amaliyotga tatbiq eta olish malakalarini sifat jihatidan o‘stirishga
yo‘naltirilgan vositalar sifatida yangi pedagogik texnologiyalar tatbiq etilmoqda.
Ta’lim jarayonida turli xil pedagogik texnologiyalar va innovatsion usullarni
qo‘llanilishi
dars-mashg‘ulotlarning
samaradorligini
oshiruvchi
omillardan
hisoblanadi. Ta’lim mazmuni, shakli va usullarini takomillashtirish, ularning uzviyligini
ta’minlash, o‘qitishning noan’anaviy
usullari, zamonaviy axborot va ta’lim
texnologiyalaridan foydalanish, didaktik materiallar va texnik vositalarni qo‘llash,