O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 12- son ilmiy tadqiqotlar jurnali




Download 0.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana06.05.2023
Hajmi0.9 Mb.
#57114
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mamatojiyeva Barnoxon Alisherovna (1)
formal til nazariyasi, 12-modul. Yog‘ochga ishlov berish texnologiyasi. Duradgorlikning, Документ DOCX (2), 9-маъруза. Кукун (1), 8-маъруза. Кукун, To‘lan Nizom, TА`LIMNI TАSHKIL ETISH, Ўзбек тили-9, Улугбек, ФИЛОЛОГИК АСАРЛАР, MUNDARIJ1
O‘ZBEKISTONDA
 
FANLARARO
 
INNOVATSIYALAR

VA 
12-
SON

ILMIY
 
TADQIQOTLAR
 
JURNALI
19.10.2022
703 
presslangan yog‘och materiallar qurilishlarda, mebel korxonalarida keng 
ishlatilmoqda. 
Ishlab chiqarishda har qanday buyum tayyorlashda materialdan to‘g‘ri va 
tejamkorlik bilan foydalanish, tayyorlangan buyumning sifatini, ishlab chiqarishning 
samaradorligini oshirish uchun ishlatiladigan materialning turini, xususiyatini, unga 
ishlov berish texnologiyasini bilish talab etiladi. Shunga ko‘ra o‘quvchilarni xalq 
xo‘jaligining turli sohalarida ishlatiladigan yog‘och materiallarining tuzilishi, turlari, 
xossalari, ularga ishlov berish usullari bilan tanishtirib o‘tamiz. 
Bevosita birikma yog‘och konstruksiyalarda keng qo‘llaniladi va siqiluvchi bir 
elementdan zo‘riqishni ikkinchisiga burchak ostida yoki element o‘qi bo‘ylab uzatishda 
qo‘llaniladi. Bunday birikmalar ferma belbog‘ining oraliq va tayanch tugunlarida, tekis 
va fazoviy murakkab konstruksiya elementlari tutashmalarida keng tarqalgan. 
O‘yib biriktirish xoda va chorqirralardan yasalgan konstruksiyalarda qo‘llaniladi. 
O‘yib biriktirish bir, ikki va uch tishli bo‘lishi mumkin. Sodda va ishonchli ishlashi 
uchun bir tishlisi keng tarqalgan. Ezilish tekisligi ta’sir kuchiga nisbatan 90° burchak 
ostida belgilanadi, tutashuvchi element o‘qi esa shu yuza markazidan o‘tishi kerak. Bu 
tadbirga ko‘ra, yorilish tekisligi bo‘yicha ishqalanish kuchi sodir bo‘ladi, birikmaning 
siljishga yaxshi ishlashi ta’minlanadi. 
Yarim yog‘ochli o‘yib biriktirishlar, chorqirra yoki g‘o‘lalarning uchini yarmigacha 
kesib, bir-biriga ulashda ishlatiladi, so‘ngra ular xavfsizlik bolti bilan mahkamlanadi. 
Bunday birikmalar stropilalarni bir-biriga biriktirishda ishlatilishi mumkin. Qiya kesib 
biriktirishlar yog‘och chorqirra yoki g‘o‘lalarning uzunligi bo‘yicha biriktirish zarur 
bo‘lganda ishlatiladi, ular ham konstruktiv bolt bilan mahkamlanadi. Yarim taxtali 
biriktirishlarda taxtalarning ikki tomonida ariqcha ochib, qo‘shni taxtalar 
jipslashtiriladi. Shipli biriktirishlarda yoki shpuntlarda taxtaning bir tomonida ariqcha, 
ikkinchi tomonida ship ochiladi va taxtalar bir-biriga jipslashtiriladi. 
Rama – asosiy yuk ko‘taruvchi yog‘och konstruksiyalarning turlaridan biri 
hisoblanadi. Ularning shakli ko‘pgina ishlab-chiqarish va jamoat binolariga mos keladi. 
Rama ustun va to‘sinlari tom yopma va devor konstruksiyalari uchun asos bo‘lib 
xizmat qiladi. Lekin ramaga juda ko‘p miqdordagi yog‘och materiallari talab qilinadi va 
ular 12

24 metr oraliqlarda qo‘llaniladi. Xorijiy davlatlarda yog‘och ramalar 60 
metrgacha bo‘lgan oraliqlarda ham qo‘llanilmoqda. 
Statik sxemalari bo‘yicha ramalar statik aniq va statik noaniq turlarga bo‘linadi. 
Ularning afzalligi shundaki, rama kesimlaridagi zo‘riqishlar poydevorni cho‘kishiga 
bog‘liq emas va ularning tugun yechimlari soddaroq yechilgan. Kamchiligi tugunlarida 
katta zo‘riqishlar hosil bo‘lishidadir. Yog‘och ramalar sxemalari: a-uch sharnirli; b-ikki 
sharnirli, bikr mahkamlangan; v-ikki sharnirli sharnirli tayangan. Ikki sharnirli bikr 
tayanch tugunli sxema bir marta statik noaniq hisoblanadi. Bu sxemaning afzalligi, 
rama to‘sinining ustuni bilan birikish joyida eguvchi momentning qiymati nolga teng 
bo‘ladi. Kamchiligi ramada bikr tayanch tugunlarining mavjudligidir. Bikr tayanch 
tugunlari sharnirli tayanch tugunlariga nisbatan murakkabroqdir. Ikki sharnirli



Download 0.9 Mb.
1   2   3   4   5




Download 0.9 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 12- son ilmiy tadqiqotlar jurnali

Download 0.9 Mb.
Pdf ko'rish