O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 19- son ilmiy tadqiqotlar jurnali




Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana13.06.2024
Hajmi1 Mb.
#263492
1   2   3   4
Bog'liq
Yusupov Abdulaziz

O‘ZBEKISTONDA
 
FANLARARO
 
INNOVATSIYALAR

VA 
19-
SON

ILMIY
 
TADQIQOTLAR
 
JURNALI
20.05.2023
haqidagi asosiy ma'lumotlarni tarix darslaridan bilib oladi. Shu bilan birga tarix 
darslari o'quvchining hozirgi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni to'g'ri anglashga 
yordamlashadi. 
Ta'lim-tarbiya faoliyatining mazmuni, maqsad va vazifalari davrlar o'tishi bilan 
kengayib borishi natijasida uning shakl va usullari ham takomillashmoqda. Hozirda 
inson faoliyatdan ko'zda tutilgan maqsadlarni to'liq amalga oshirish imkoniyatini 
beruvchi yaxlit tizimga, ya'ni "texnologiya" ga aylanib bormoqda [2]. Shu asosda ta'lim-
tarbiya sohasida so'nggi davrda pedagogik texnologiya amal qila boshladi. Darslarni 
o'tishda bugungi kundagi o'quvchilarning qiziqishi, orzulari, imkoniyatlariga katta 
e'tibor berish lozim. Buning uchun birinchi navbatda o'qituvchining o'zi ham mohir 
ustoz bo'la olishi kerak. Shundagina o'quvchilarning qalbiga yo'l topa olsa bo'ladi. 
Hozirgi kunda ta'lim jarayonida interfaol uslublar (innovatsion pedagogik va 
axborot texnologiyalari) dan foydalanib, ta'limning samaradorligini ko'tarishga bo'lgan 
qiziqish, e'tibor kundan-kunga kuchayishi tabiiy. Zamonaviy texnologiyalar 
qo'llanilgan mashg'ulotlar o'quvchilar egallayotgan bilimlarlarni o'zlari qidirib 
topishlariga, mustaqil o'rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o'zlari keltirib 
chiqishlariga qaratilgan. Bugungi kunda ta'lim muassasalarining o'quv-tarbiyaviy 
jarayonida 
pedagogik 
texnologiyalardan 
foydalanishga 
alohida 
e'tibor 
berilayotganligining asosiy sababi quyidagicha izohlashimiz mumkin: Birinchidan
pedagogik texnologiyalarda shaxsni rivojlantiruvchi ta'limni amalga oshirish 
imkoniyatining kengligida. Ikkinchidan, pedagogik texnologiyalar o'quv-tarbiya 
jarayoniga tizimli faoliyat yondashuvini keng joriy etish imkoniyatini beradi. 
Uchinchidan, pedagogik texnologiya o'qituvchini ta'limtarbiya jarayonining 
maqsadlaridan boshlab, tashxis tizimini tuzish va bu jarayon kechishini nazorat 
qilishgacha bo'lgan texnologik zanjirni oldindan loyihalashtirib olishga undaydi. 
O'quv-tarbiya jarayonida pedagogik texnologiyalarning to'g'ri joriy etilishi 
o'qituvchining bu jarayonda asosiy tashkilotchi yoki maslahatchi sifatida faoliyat 
yuritishiga olib keladi. Bu esa talabadan ko'proq mustaqillikni, ijodni va irodaviy 
sifatlarni talab etadi. 
Pedagogik texnologiya asosida o`tkazilgan mashg`ulotlar yoshlarning muhim 
hayotiy yutuq va muammolariga o`z munosabatlarini bildirishlariga intilishlarini 
qondirib, ularni fikrlashga, o`z nuqtayi nazarlarini asoslashga imkoniyat yaratadi
Pedagogik texnologiya texnologik yondashuvga asoslanadi Texnologik yondashuv 
deganda tayyor mahsulot (ishlab chiqarish texnologiyasiga o'xshash) olish uchun 
ishlab chiqarish jarayonlarida qollaniladigan usul va metodlar toplami tushunilib, 
qoyilgan maqsadlarga erishishda kutilgan natijalarni kafolatlaydigan usul metodlari 
majmuasi tushuniladi. Agar metod bilish yo'li, tadqiqot yo'li yoki biror faoliyatdagi 
ma'lum amaliyot va nazariy bilimlar sohasini egallashni haraka tlar, usullar majmuasi 
deb tushunsak, pedagogik texnologiyaning ta'lim usuli, ma'lum ma'noda ta'lim-tarbiya 
jarayonlari, vositalari, shakl va metodlari majmuasini anglatadi. 



Download 1 Mb.
1   2   3   4




Download 1 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 19- son ilmiy tadqiqotlar jurnali

Download 1 Mb.
Pdf ko'rish