O‘ZBEKISTONDA
FANLARARO
INNOVATSIYALAR
VA
19-
SON
ILMIY
TADQIQOTLAR
JURNALI
20.05.2023
TARIX O'QITISHDA PEDAGOGIK VA TA'LIM TEXNOLOGIYALARIDAN
FOYDALANISH
Yusupov Abdulaziz
Farg'ona davlat universiteti Tarix fakulteti 3 bosqich 20.87 guruh talabasi.
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Tarixni o'qitishda innovatsion-pedagogik
texnologiyalarning ahamiyati bo'lajak tarix o'qituvchilarining kasbiy tayyorgarligini
rivojlantirish haqida, Darslarda fikrlar xilma-xilligini erkinlashtirish jarayonlari
demokratik hayot tarzining tarkibiy qismi ekanligini, shu bilan birga erkinlikning
haqiqiy mohiyati uning ma'naviy chegaralari bilan belgilanishi haqida so`z boradi.
Kalit so`zlar:
tarix, o`qituvchi, jarayon, xalq, jamiyat, kelajak, ahamiyat, tafakkur,
pedagogic texnologiya, rivojlantirish.
Bizga ma'lumki tarix juda qadimiy fanlardan biri hisoblanadi.Tarix fanini
kelajakni ko'rsatuvchi „Ko'zgu" desak bo'ladi va bu ko'zguga qarab har qanday inson
jamiyat, xalq o'z kelajagini belgilab olishi mumkin. Hozirgi kunda O'zbekiston
rivojlangan davlatlar qatoridan o'rin egallashi onson kechgani yo'q. Shuning uchun
tarixni o'qitish jarayonida o'quvchilar bugungi kunning qadriga yetishini, o'tmishda
yo'l qo'yilgan xatolarni takrorlamaslikni, o'tmishdagi xatolardan xulosa chiqarib
olishini o'rgatish lozimdir. Qolaversa maktabda tarix fanini o'qitish orqali
o'quvchilarda o'zlari mustaqil va ijodiy fiklashini rivojlantirishga, miliy ong va
tafakkurni o'stirishga , eng asosiysi ma'naviy barkamol shaxsni, haqiqiy vatanparvar
insonni tarbiyalab voyaga yetkazishga ahamiyat berish lozim.
Bugungi kunda mustaqil O'zbekistonimiz tarixini o'rganishga katta e'tibor
qaratilmoqda. Bu esa o'sib kelayotgan yosh avlodni tariximizni chuqurroq o'rganish
imkonini bermoqda.Tariximizdan faxrlanish va xulosa chiqarish imkoniyatlarini ham
taqdim etmoqda.
Tarixni o'qitishda innovatsion-pedagogik texnologiyalarning ahamiyati bo'lajak
tarix o'qituvchilarining kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish, pedagogik tafakkurini
kengaytirish, ularda fanni o'qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo'llash
uchun zarur bo'lgan metodik bilim, ko'nikmalarni shakllantirishdan iboratdir.
Ma'lumki, hozirgi zamon har bir fan o'qituvchisi zimmasiga inson, uning
jamiyatdagi o'rniga haqqoniy baho berish vazifasini yuklaydi. Buning uchun o'qituvchi
ta'lim tarbiyaning yangi shakllari, vositalari va usullarini egallashi va shu bilan birga
o'zi zamonaviy pedagogik texnologiyalarni yaratishga, shaxsni tarbiyalashning yangi
a'nanaviy, samarali usullarini tanlashga harakat qilishi hamda ijodkor bo'lmog'i lozim.
Maktablarda o'qitilayotgan ijtimoiy, shu jumladan tarix fani o'zida oliyjanob
fazilatlarni mujassamlashtirilgan insonni tarbiyalashda benihoya ahamiyat kasb etadi.
Maktabda o'quvchi kishilik jamiyati bosib o'tgan yo'lni, ularning chet el bosqinchilariga
qarshi, o'z ozodligi va baxt-saodati, porloq kelajagi uchun olib borgan kurashlari
|