O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 19- son ilmiy tadqiqotlar jurnali




Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana13.06.2024
Hajmi1 Mb.
#263492
1   2   3   4
Bog'liq
Yusupov Abdulaziz

O‘ZBEKISTONDA
 
FANLARARO
 
INNOVATSIYALAR

VA 
19-
SON

ILMIY
 
TADQIQOTLAR
 
JURNALI
20.05.2023
Darslarda fikrlar xilma-xilligini erkinlashtirish jarayonlari demokratik hayot 
tarzining tarkibiy qismi ekanligini, shu bilan birga erkinlikning haqiqiy mohiyati uning 
ma'naviy chegaralari bilan belgilanishi o'quvchilar ongiga yetkazishga alohida e'tibor 
berishi zarur. Bu sohada eskicha tashviqot va targ'ibot tamoyillarini qo'llash, sayoz fikr 
va siyqasi chiqan misollardan foydalanish yo'lidan mutlaqo voz kechish lozim. 
Innovatsion pedagogik texnologiyalar - ta'lim jarayonida o'quvchilarning o'zaro 
faolligini oshirish orqali o'quvchilarning bilimlarni o'zlashtirishini faollashtirishga va 
shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Innovatsion pedagogik texnologiya 
metodlarini qo'llash dars samaradorligini oshirishga yordam beradi. Shu bilan birga 
katta guruh, sinf jamoasi bo'lib ishlash uchun topshiriqlar berish, yozma ishlar bajarish 
va boshqa metodlardan iborat bo'lib, ular ta'lim-tarbiyaviy ishlar samaradorligini 
oshirishda o'ziga xos ahamiyatga ega. quyida keltirilgan metod barcha fanlarda 
qo'llanilsa ta'lim samaradorligini oshirishga ko'mak beradi. 
Tarix o’qitish jarayonining tarkibiy qismlari va ular o’rtasidagi aloqalar Tarix 
o’qitish jarayonining tarkibiy qismlari (maqsadi, mazmuni, o’qitishning metod va 
usullari, natijalari) o’rtasidagi qonuniyatli aloqalar quyidagicha namoyon bo’ladi: o’rta 
ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimida maqsadi, ta'lim-tarbiya vazifalarining 
muvaffaqiyatli amalga oshirilishi o’qitishning mazmuniga, g’oyaviy-siyosiy va nazariy 
jihatdan pishiq bo’lishiga bog’liq bo’lganidek, o’quvchilarning tarix kursini o’zlashtirish 
darajasi ham o’z navbatida o’qitishning o’rganiladigan mavzuning maqsadi, ta'lim-
tarbiya vazifalari va mazmuniga mos keladigan ta'lim shakllari, o’qitish metod va 
usullari hamda vositalaridan qay darajada maqsadga muvofiq foydalana bilishiga 
bog’liqdir. Shuningdek, o’qitishning natijalari ham o’qituvchining o’qitishdan 
ko’zlangan maqsadni, uning ta'lim-tarbiyaviy vazifalarini aniq belgilay olishiga
kursning mazmuniga mos tarzda amalga oshirishga yordam bera oladigan metod va 
usulllardan ilmiy asosda foydalana bilishiga bog’liqdir. Tarix o’qitish jarayoning 
tarkibiy qismlari o’rtasidagi bu o’zaro dialektik bog’lanish natijasida ular bir-biriga 
o’zluksiz ta'sir ko’rsatib boradi. Tarix o’qitishda ana shu qonuniyatlarga suyanmasdan, 
ularni e'tiborga olmasdan turib yaxshi natijaga erishib bo’lmaydi. 
Ta'limni muayyan pedagogik maqsadga yo’naltirmoq uchun o’qituvchi o’rta ta'lim 
va o’rta maxsus ta'lim tizimida tarix o’qitishning maqsadini, uning asosini tashkil 
qilgan ta'lim-tarbiya vazifalarini aniq belgilab olishi kerak. Shu bilan birga, umumiy 
vazifalarni amalga oshirishda har bir sinfda o’qitiladgan tarix kursining o’rni, 
vazifalari, o’z navbatida mazkur kursni o’qitishning ta'lim-tarbiya vazifalarini amalga 
oshirishda uning har bir bo’limi, bo’limdagi mavzular, xatto har bir darsda o’tiladigan 
mavzuning ham juz'iy vazifalari oldindan belgilab olinishi kerak. Chunki har bir tarix 
darsining butun tarix kursining umumiy darslar sistemasida tutgan o’rni bor, bu 
darsda o’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimida tarix o’qitish oldiga qo’yilgan 
umumiy vazifaning qandaydir elementi yoki bo’lagi xal etiladi. Tarix o’qitish 
maqsadlarini belgilashda, avvalo ta'lim va tarbiyaning uzviy birligini, o’qitish 
davomida o’quvchilarning g’oyaviy-siyosiy saviyasi mutassil o’sib borishini, ularda 



Download 1 Mb.
1   2   3   4




Download 1 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 19- son ilmiy tadqiqotlar jurnali

Download 1 Mb.
Pdf ko'rish