O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 9- son ilmiy tadqiqotlar jurnali




Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana19.12.2022
Hajmi0.64 Mb.
#35833
1   2   3   4
Bog'liq
Allabergenova Shodiyona Maqsudbayevna
2.1 reja, 27-mavzu, Maydoniy transistor, Jumaboyev Samandar Biznessga kirish, TVSQILABRASMLARI, 3-маруза, 7-sinf informatika 23.02.23, Juraqulova Ham.ishi Mikrobiologiya dastur 2022 — копия, 1681872548, ялигланиш медиаторлари 3, Reja Quldorlik jamiyati tashkil topishi. Quldorlik jamiyatining, BMI savpllari, Sonli usullar DARSLIK 2022, Boshqarish
O‘ZBEKISTONDA
 
FANLARARO
 
INNOVATSIYALAR

VA 
9-
SON

ILMIY
 
TADQIQOTLAR
 
JURNALI
20.06.2022
418 
kiritishni ifodalagan. Texnikaviy yangiliklar kiritish qonuniyatlarini o’rganib firmalar 
foyda olish uchun «innovatsion siyosatni» butun bir tizim sifatida o’zlashtirishdi. 
Mazkur faoliyat jamiyat hayotining ixtiyoriy bo’g‘inini yangilash bo’yicha umumiy 
belgilarga, qonuniyatlar, yangilik kiritish mexanizmiga ega. 
Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayonda o’qituvchi va talaba faoliyatiga 
yangilik, o’zgartirishlar kiritish bo’lib, uni amalga oshirishda interfaol metodlardan 
foydalanishni taqozo etadi. Interfaol usullar ta’lim jarayonida qatnashayotgan har bir 
o’quvchining faolligiga, erkin va mustaqil fikr yuritishga asoslanadi. Bu usullardan 
foydalanganda bilim olish o’quvchi uchun qiziqarli mashg‘ulotga aylanadi. Interfaol 
usullar qo’llanilganda o’quvchilar o’qituvchilar yordami va hamkorligida mustaqil 
ishlash ko’nikma va malakalariga ega bo’ladilar. O’quvchilar yangi bilimlarni ilmiy 
izlanish, tadqiqotchilik, tajriba sinovlar o’tkazish asosida o’zlashtiradilar. Ilm orqali 
bilim olish tamoyiliga amal qilinadi. Ta’lim jarayoni qatnashchilari kichik guruhlarga 
bo’lingan holda ishlaydilar. O’quv topshiriqlari alohida bir o’quvchiga emas, balki 
kichik guruhning barcha a’zolariga beriladi. O’qitish jarayonini tashkil etishning asosiy 
shakli darsdir. Hozirgi paytda darsning xilma xil noan’anaviy shakllari joriy etilmoqda. 
Bunday darslar o‘quvchining ijodiy qobiliyatini o’stirish, aqliy salohiyatini 
kuchaytirish, ilmiy dunyoqarashini kengaytirish va har bir yangilikni tez va to’la qabul 
qila olish ko’nikma va malakalarining shakllanishiga xizmat qiladi. Dars jarayonida 
innovatsion texnologiyalarni qo’llash o‘quvchilarda ilmiy izlanishga qiziqishni 
uyg‘otadi, ijodkorlik va bunyodkorlik qobiliyatini rivojlantiradi. Natijada egallangan 
bilim, ko’nikma va malakalar amaliy faoliyatda tatbiq etiladi, o’zlashtirish sifati oshadi. 
Buning uchun o’qituvchi mahoratli bo’lishi va mavzularning mazmuniga qarab darsni 
to’g‘ri rejalashtirishi, mashg‘ulot davomida barcha o‘quvchilarni faol va ongli 
ishlashlariga erishmog‘i lozim. Zero, o‘qituvchi ta’lim islohotining bosh ijrochisidir. 
Bunda har bir o‘qituvchini qisqa vaqt ichida juda katta miqdordagi axborot to’plamini 
o’zlashtirish, qayta ishlash va amalda qo’llay olishga o‘rgatish muhim ahamiyatga ega. 
Uni hal qilishda o‘qituvchiga o‘qitishning an’anaviy usullari bilan birga zamonaviy 
axborot texnologiyalari, jumladan kompyuterlardan foydalanish yordam beradi. 
Pedagogik innovatsiyalab samaradorligining o’lchovi sifatida optimallik 
o’qituvchi va o’quvchilarning kafolatlangan natijaga erishishi uchun kuch-quvvat 
sarflashlarini taqozo etadi. Turli o’qituvchilar va o’quvchilar o’zlarining shaxsiy 
pedagogik hamda o’quv faoliyatlari jarayonida turlicha darajadagi samaradorlikka 
erishadilar. Xuddi mana shuning o’zi pedagogik innovatsiyalarning optimallik 
darajasini belgilaydi. Innovatsion usullarning eng muhim belgisi sifatida 
natijalanganlik o’qituvchi faoliyatida ijobiy yutuqlarga erishilgandagina namoyon 
bo’ladi. O’lchovlardagi texnologiklik, kuzatuvchanlik, natijalarning qayd etilganligi 
o’qitishning yangi usullari, metodlarini baholash orqali namoyon bo’ladi. Mazkur 
o’lchovning ahamiyatli jihati shaxs, uning idroki va tushunchalarini shakllantirishning 
bir butunligida namoyon bo’ladi. Shu munosabat bilan innovatsion jarayonni ilmiy 
g'oyani amaliy foydalanish bosqichiga olib chiqish va shu bilan bog'liq ijtimoiy 



Download 0.64 Mb.
1   2   3   4




Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 9- son ilmiy tadqiqotlar jurnali

Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish