|
O'zbekistonda metallurgiya. Cho'yan va po'lat ishlab chiqarish
|
bet | 1/6 | Sana | 15.02.2024 | Hajmi | 221,52 Kb. | | #157295 |
Bog'liq O\'zbekistonda metallurgiya. Cho\'yan va po\'lat ishlab chiqarish-fayllar.org
O'zbekistonda metallurgiya. Cho'yan va po'lat ishlab chiqarish
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
|
|
QASHQADARYO VILOYATI XALQ TA’LIMI BO’LIMI
|
_____ tumani __-umumiy o’rta ta’lim maktabining kimyo fani o’qituvchisi ______________________ning
DARS ISHLANMASI
Sinf: 9
Mavzu: «O’zbekistonda metallurgiya.
Cho’yan va po’lat ishlab chiqarish»
Kitob-2020
«Sifatli dars – bu o’quvchilar tarafidan yaxshi o’zlashtirilgan darsdir».
Dars ishlanma 2020 yil __ - ________ sanasida maktab pedagogik kengashining №___ qarori asosida chop etish uchun tavsiya berildi.
Mavzu: O’zbekistonda metallurgiya.
Darsning ta’limiy maqsadi: O’quvchilarga O’zbekistondagi metallurgiya sanoati, temirning qayta ishlangan mahsulotlari – cho’yan va po’latning ishlab chiqarish usullari, metallurgiya sohasidagi tadqiqotlar va yangi texnologiyalar, cho’yan va po’lat ishlab chiqarishda atrof-muhit muhofazasi muammolari hamda ularning yechimlari to’g’risida ma’lumot berish.
Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarda ekologik va estetik madaniyatni shakllantirish, Vatanga nisbatan mehr-muhabbatni paydo qilish.
Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarda mavzuga oid bilim, ko’nikma va malaka elementlarini, darslik kitobdan va qo’shimcha adabiyotlardan mustaqil foydalana olish qobiliyatini rivojlantirish.
Ko’rgazmali qurollar:
Kimyo darslik kitobi 9-sinf.
Kimyoviy elementlar davriy jadvali.
Mavzuga oid rasmlar va chizmalar.
Test savollari, krossvordlar va tarqatma varaqalar (kartochkalar).
Temir, cho’yan va po’lat namunalari.
|
| |