|
O'zbekistonda metallurgiya. Cho'yan va po'lat ishlab chiqarish
|
bet | 3/6 | Sana | 15.02.2024 | Hajmi | 221,52 Kb. | | #157295 |
Bog'liq O\'zbekistonda metallurgiya. Cho\'yan va po\'lat ishlab chiqarish-fayllar.orgIII. Баёни мавзўи нав:
O‘zbekistonda metallurgiya sanoati, asosan, Bekobodda joylash gan bo‘lib, Bekobod metallurgiya zavodida qora metall mahsulotlari: po‘lat va cho‘yan ishlab chiqariladi. Cho’yan po’lat bir-biridan tarkibiga ko’ra farqlanadi. Cho'yan tarkibida 2% dan 4,5 % gacha uglerod bo’ladi. Po’lat tarkibida esa 2% dan kamroq uglerod bo’ladi.
Cho’yanning olinishi. Cho’yan maxsus o’tga chidamli g’ishtlardan qurilgan va balandligi 27-31 metr bo’lgan domna pechlarida olinadi.
Cho‘yan tarkibi, asosan, temir oksid laridan iborat bo‘l gan temir rudalaridan domna pechlari – domnalarda suyuqlantirib olinadi.
Xom ashyo: FeO, Fe2O3, Fe3O4, koks, flyus (ohak tosh, qum).
Domnaning yuqori qismidan
temir rudasi, koks — C, flyus — ohaktosh va qum aralashmasi beriladi. Dom naning pastki qismidan furmalar – maxsus teshiklar orqali 600–800 °C gacha qizdirilgan havo purkaladi.
Ko‘pincha havo bilan toza kislorod ham purkaladi (kislorodli purkama). Koksning yonishidan domnada yuqori harorat hosil bo‘ladi. Kislorodli purkama haroratning ko‘tarilishi va cho‘yan suyuqlantirishning tezlashini ta’minlaydi. Domnada koks zarur haroratni va qaytaruvchi vazifasini bajaruvchi CO olish uchun xizmat qiladi.
Domnada quyidagi kimyoviy jarayonlar sodir bo‘ladi:
1) koksning bir qismi yonib, CO2 hosil qiladi:
C + O2 → CO2
2) yuqori haroratda CO2 koks bilan ta’sirlashib, CO ga aylanadi:
CO2 + C → 2CO
3) CO temir rudasini erkin temirgacha qaytaradi:
Fe2O3•nH2O → Fe2O3 + nH2O (500-700 °C)
3Fe2O3 + CO → 2Fe3O4 + CO2↑ (450-500 °C)
Fe3O4 + CO → 3FeO + CO2↑ (500-700 °C)
FeO + CO → Fe + CO2↑ (700-800 °C)
4) rudadagi qo‘shimchalar flyus bilan oson suyuqla nuvchan, yengil moddalar – shlak hosil qiladi:
CaCO3 → CaO + CO2
CaO + SiO2 → CaSiO3
Rudadan qaytarish natijasida olingan g‘ovak temir CO, koks uglerodi, kremniy, marganes, fosfor, oltingugurt bilan ta’sirlashib, suyuq cho‘yan hosil bo‘ladi. Cho‘yan va shlak domnaning quyi qismi — gornga oqadi. Gornda ikki suyuq qatlam – yuqorida shlak, pastda cho‘yan qatlami hosil bo‘ladi. Shlak qatlami cho‘yanni oksidlanishdan himoya qiladi. Cho‘yan va shlak davriy ravishda maxsus tirqishlar orqali domna pechidan chiqarib turiladi. Cho‘yanning zichligi 7,5 g/cm3 bo‘lib, shlak cho‘yandan deyarli uch barobar yengil, uning zichligi 2,5 g/cm3 .
Keyingi yillarda domnaga kislorod bilan tabiiy gaz ham purkash yo‘lga qo‘yildi. Tabiiy gaz tarkibidagi metan yonib, karbonat angidrid va suv bug‘larini hosil qiladi, ular esa cho‘g‘-langan ko‘mir bilan ta’sirlashadi, natijada domna gazi is gazi va vodorod — kuchli qaytaruvchilar bilan boyiydi:
CH4 + 2O2 → CO2 + 2H2O
CO2 + C → 2CO
H2O + C → H2 + CO
Tabiiy gazni bu jarayonga qo‘shish bilan koks sarfi 10—20 % ga kamaytiriladi.
Domna pechlari 10 yil tanaffussiz ishlaydi. Shundan keyin u ta’mirlanadi. Domna pechining mahsuldorlik darajasi bir kecha-kunduzda 10 000 tonna cho’yanga teng.
1-rasm. Domna pechining tuzilishi.
|
| |