|
Cho‘yan va po‘lat ishlab chiqarishda atrof-muhit muhofazasi
|
bet | 5/6 | Sana | 15.02.2024 | Hajmi | 221,52 Kb. | | #157295 |
Bog'liq O\'zbekistonda metallurgiya. Cho\'yan va po\'lat ishlab chiqarish-fayllar.orgCho‘yan va po‘lat ishlab chiqarishda atrof-muhit muhofazasi. Cho‘yan olish va uni qayta ishlovdan o‘tkazib, po‘lat olish murakkab jarayonlardan iborat va atrof-muhitning chang, qurum, zaharli gazlar, shlaklar, oqova suvlar bilan ifloslanishiga olib keladi. Shuning uchun rudalardan temir va po‘latni to‘g‘ridan-to‘g‘ri olish usullarini ishlab chiqish ustida tadqiqotlar olib borilmoqda. Bu jarayonlarda qaytaruvchi sifatida koksdan foydalanilmaydi, uning o‘rniga vodorod va tabiiy gaz kabilar ishlatiladi.
Rudalardan olinadigan g‘ovak temir juda toza bo‘lib (uglerod va boshqa qo‘shimchalar tutmaydi), marten va elektr pechlarida po‘lat va kukunsimon po‘lat olishda keng qo‘llanilmoqda.
Temir rudalaridan kokssiz temir olish usuli qora metallurgiyada yangi chiqindisiz texnologiyalar qo‘llashga misol bo‘ladi. Bunda sezilarli darajada suv sarfi va oqova suvlar miqdori ham da qattiq chiqindilar va atmosferaga chiqariladigan gazlar
miqdori ham kamayadi.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash:
Test asosida.
-
1) Domna pechining balandligi necha metrgacha bo’ladi?
|
A) 10 000
|
2) Domna pechi necha yil tanaffussiz ishlaydi?
|
B) 4,5
|
3) Domna pechining bir kecha-kunduzdagi mahsuldorligi qancha tonna cho’yanni tashkil qiladi?
|
C) 10
|
4) Cho’yanda uglerod necha foizgacha bo’ladi?
|
D) 2
|
5) Po’latda uglerod necha foizgacha bo’ladi?
|
E) 31
|
Kalit: 1E 2C 3A 4B 5D
|
| |