|
O'tish davri tavsifi va uning milliy xususiyatlari
|
bet | 4/13 | Sana | 14.01.2024 | Hajmi | 136,38 Kb. | | #137093 |
Bog'liq 17 мавзуO’zbekistonda milliy bozor iqtisodiyoti shakllanishi va - Ma'muriy markazlashgan iqtisodiyotning tarixiy oqibatlari, bozor munosabatlariga o'tish zaruriyatini anglashni va tub islohotlar boshlashni talab etdi. Natijada iqtisodiy munosabatlar tizimining bir shaklidan voz kechildi va ikkinchi shakliga yuz tutildi. Respublikadagi mavjud vaziyat iqtisodiy islohotlarni o'tkazishga tubdan yangicha yondashuvni sifat jihatidan yangi vazifalar va sharoitlarni hamda tajribalarni hisobga olishni eng muhimi mamlakatimiz salohiyatiga ko'proq tayanishni taqozo etdi. Bunday ma'suliyatli vazifani hal etish akademik Islom Karimov tadqiqotlarida nazariy-ilmiy echimini topdi. Chunonchi, aslini olganda, gap bozor munosabatlariga o'tishda o'xshashi bo'lmagan betakror andozamizni ishlab chiqish, o'z yo'limizni tanlab olish haqida bormoqda. Bu yo'l - uch tarkibiy qismdan iborat:
- • ijtimoiy jihatdan yo'naltirilgan bozor iqtisodiyoti milliy andozasi mohiyatining tavsifi;
- • qat'iy markazlashtirilgan ma'muriy-buyruqbozlik tizimidan xo'jalik yuritishning bozor munosabatlariga o'tishning eng muhim prinsiplari;
- • iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning, tanglikdan chiqib olishning barqarorlikni va muhim ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta'minlashning aniq yo'nalishlari.
Tarix tajribasiga ko'ra, madaniylashgan bozor munosabatlariga o'tish davrining dovomiyligi bozor iqtisodiga o'tishning qanday yo'li, andozasi tanlanishi kabi boshqa shart-sharoitlarga bog'liq bo'ladi. XX asr nihoyasiga kelib, shakllangan iqtisodiy taffakur va iqtisodiy taraqqiyot istiqbollari to'g'risidagi qarashlarda erkin itisodiy tartibga solish g'oyasi ham, markazlashtirilgan tarzda rejalashtirish g'oyasi ham inqirozga uchraganligii bayon etilmoqda. - Tarix tajribasiga ko'ra, madaniylashgan bozor munosabatlariga o'tish davrining dovomiyligi bozor iqtisodiga o'tishning qanday yo'li, andozasi tanlanishi kabi boshqa shart-sharoitlarga bog'liq bo'ladi. XX asr nihoyasiga kelib, shakllangan iqtisodiy taffakur va iqtisodiy taraqqiyot istiqbollari to'g'risidagi qarashlarda erkin itisodiy tartibga solish g'oyasi ham, markazlashtirilgan tarzda rejalashtirish g'oyasi ham inqirozga uchraganligii bayon etilmoqda.
|
| |