|
Demak, islohotlardan asosiy maqsad - yurtimizning yanada rivojlanishi, xalqimizning farovonligi, jahon hamjamiyatidan o'zimizga munosib o'rin egallashdan iborat
|
bet | 8/13 | Sana | 14.01.2024 | Hajmi | 136,38 Kb. | | #137093 |
Bog'liq 17 мавзуO’zbekistonda milliy bozor iqtisodiyoti shakllanishi vaDemak, islohotlardan asosiy maqsad - yurtimizning yanada rivojlanishi, xalqimizning farovonligi, jahon hamjamiyatidan o'zimizga munosib o'rin egallashdan iborat. - Demak, islohotlardan asosiy maqsad - yurtimizning yanada rivojlanishi, xalqimizning farovonligi, jahon hamjamiyatidan o'zimizga munosib o'rin egallashdan iborat.
- XXI asr boshida O'zbekiston taraqqiyotining I.Karimov tomonida ishlab chiqilgan strategiyasida quyidagi muhim ustuvor yo'nalishlar mavjud. Bular:
- 1. Iqtisodiyotning izchil o'sishi va samaradorligini oshirish, demokratik bozor islohotlarini chuqurlashtirish asosida xalq turmush darajasining barqaror va uzluksiz yaxshilanib borishini ta'minlash hamda aholini kuchli ijtimoiy himoyalashga alohida e'tibor qaratish ko'zda tutilgan. Bunda besh yil davomida ish haqining eng kam miqdorini 3,5 barovar oshirish va aholi jon boshiga to'g'ri keladigan o'rtacha daromadini 1,8-2,0 barovar ko'paytirish kerak bo'ladi.
- 2. Siyosiy va iqtisodiy hayotni, davlat va jamiyat qurilishini erkinlashtirish, aholining siyosiy faolligini kuchaytirish, jamiyatda manfaatdor va qarama-qarshi kuchlar o'rtasida muvozanatni ta'minlaydigan kuchli mexanizmni shakllantirish zarur. Xususan, iqtisodiy sohani yanada erkinlashtirish maqsadida davlat boshqaruv rolini chegaralash, xususiy mulk miqyoslarini kengaytirish, mulkdorlarning mavqei va huquqlarini mustahkamlash, kichik va o'rta biznes rivojlanishiga har tomonlama ko'mak berish hamda bozor infratuzilmasini keng rivojlantirish lozim.
3. Shaxsiy manfaatlarni mamlakat, xalq manfaatlari bilan uyg'un holda ko'radigan erkin, har jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalash asosida jamiyat ma'naviyatini yuksaltirish lozim. - 3. Shaxsiy manfaatlarni mamlakat, xalq manfaatlari bilan uyg'un holda ko'radigan erkin, har jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalash asosida jamiyat ma'naviyatini yuksaltirish lozim.
- 4. Har qanday muammolarni amaliy echishga qodir bo'lgan kadrlar salohiyatini tayyorlashga erishish kerak. Chunki mamlakatning buyuk kelajagi bugungi kadrlar o’rniga zamonaviy fikr yuritadigan, o'z xalqi va Vatani manfaatiga g'oyat adolatli avlod kelishiga bog'liq.
- 5. Iqtisodiyotda tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirish maqsadlari quyidagilarda ifodalanadi:
- • iqtisodiyotning xomashyoviy bir tomonlama rivojlanishiga chek qo'yish;
- • iste'molga tayyor tugallangan ishlab chiqarishga o'tish;
- • importga qaramlikni cheklash;
- • eksport salohiyatini oshirish;
- • istiqbolli sohalarga ustuvorlik berish, barqaror o'sish;
- • mehnat resurslarining oqilona foydalanilishini ta'minlash;
- • milliy bozorni ichki ishlab chiqarish hisobiga to'ldirish va aholi talablarini to'laroq qondirish.
- 6. Jamiyatdagi barqarorlik, tinchlik, millatlar va fuqarolararo totuvlikni, sarhadlarimizning dahlsizligini, mamlakatimiz hududiy yahlitligini ta'minlashdan iborat.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Demak, islohotlardan asosiy maqsad - yurtimizning yanada rivojlanishi, xalqimizning farovonligi, jahon hamjamiyatidan o'zimizga munosib o'rin egallashdan iborat
|