|
Bozor munosabatlariga o'tish bosqichlariga oid qarashlar tahlili
|
bet | 10/13 | Sana | 14.01.2024 | Hajmi | 136,38 Kb. | | #137093 |
Bog'liq 17 мавзуO’zbekistonda milliy bozor iqtisodiyoti shakllanishi vaBozor munosabatlariga o'tish bosqichlariga oid qarashlar tahlili - Darhaqiqat mamlakat taqdirida keskin va muhim o'zgarishlar ro'y berdi. O'zlikni anglash boshlandi. Milliy istiqlol g'oyasi fuqarolar imonining mezonini tashkil eta boshladi.
- Iqtisodiy taraqqiyotda jiddiy o'zgarishlarga erishildi. 1997 yildan boshlab, YaIM o'sish sur'atlarining aholi o'sish sur'atlaridan ustun kelishi ta'minlandi va mamlakatda aholi turmush darajasining yaxshilanishi uchun zamin yaratildi. Xalqaro ekspertlar ma'lumotiga ko'ra, yangi asr boshiga kelib O'zbekiston ishlab chiqarish hajmiga ko'ra, inqirozga qadar bo'lgan darajasini, shuningdek BMT inson taraqqiyoti indeksi (uning tarkibiy qismlari: aholining savodxonlik darajasi; umr uzunligi; aholi jon boshiga YaIM) bo'yicha reytingidagi o'z maqomini deyarli tiklab oldi. MDHdagi hech bir boshqa davlat bunga erisha olgani yo'q. Inson potensial taraqqiyoti indeksi ko'rsatkichlari 1995 yildagi 0,679dan 1999 yilga kelib 0,706 ga ko'tarildi.
- Ayni paytda aholi jon boshiga real yalpi ichki mahsulotning xarid quvvatiga ko'ra qiymati 1995 yilda 2440 AQSh dollariga teng bo'lsa, 1999 yilgi ko'rsatkich 2494 AQSh dollarini tashkil etdi
1. O'zbekiston iqtisodiyoti tuzilmasi ilgarigiday o'zining agrar- industrial tabiatini saqlab kelmoqda. - 1. O'zbekiston iqtisodiyoti tuzilmasi ilgarigiday o'zining agrar- industrial tabiatini saqlab kelmoqda.
- 2. YaIM tarkibida sanoat mahsuloti 20%dan ozroq qismini hamda jismoniy va ma'naviy eskirgan uskuna va texnologiyalar katta hissani tashkil qiladi.
- 3. Ishsizlik darajasi tez sur'atlar bilan o'smayotgan bo'lsada, ancha yuqori bo'lib, iqtisodiyotda qo'llanilmayotgan man'balardagi katta potensialni aks ettiradi.
- 4. Ta'lim va sog'liqni saqlash tizimida, ayniqsa aralash shaklda moliyalash tizimini boshqarish qismidagi institutsional o'zgarishlar tugallanmagan.
Jahon banki yillik hisobotidagi 1999 yil ma'lumotlariga ko'ra esa, O'zbekiston Respublikasidagi aholi jon boshiga to'g'ri keladigan yalpi ichki mahsulot qiymati 870 $ ni tashkil etgan. Bu ko'rsatkich Qozog'istonda 1310, Xitoyda 750 $, Qirg'izistonda 350 $ni, Rossiyada 2300 $ni tashkil etgan. - Jahon banki yillik hisobotidagi 1999 yil ma'lumotlariga ko'ra esa, O'zbekiston Respublikasidagi aholi jon boshiga to'g'ri keladigan yalpi ichki mahsulot qiymati 870 $ ni tashkil etgan. Bu ko'rsatkich Qozog'istonda 1310, Xitoyda 750 $, Qirg'izistonda 350 $ni, Rossiyada 2300 $ni tashkil etgan.
- Xalqaro ekspertlar fikriga ko'ra, inson taraqqiyoti zamirida O'zbekiston iqtisodiy rivojlanishidagi asosiy tamoyillar jumlasiga quyidagilar kiritilgan:
- -YaIM o'sish sur'atlarining aholi o'sish sur'atlaridan ustun kelishi, pirovardida esa, turmush daraja yaxshilanishi uchun zamin yaratildi.
- -Uzoq muddatli istiqbolda o'sish omili bo'lgan asosiy kapitalga sarmoya kiritishning yuqori sur'atlari ta'minlandi.
- -Iqtisodiy o'sishning ijobiy sur'atlari sharoitida inflyasiya sur'atlaridan barqarorlashishi natijasida, aholining real daromadlari va turmush darajasi yaxshilandi.
|
| |