Portlandsement ishlab chiqarish usullari




Download 207,97 Kb.
bet26/36
Sana30.05.2024
Hajmi207,97 Kb.
#257837
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   36
Bog'liq
O\'zbekistonda sement sanqati-www.hozir.org

2. Portlandsement ishlab chiqarish usullari


Portlandsement ishlab chiqarish ikki mustaqil jarayonga bo'linadi:

  1. Klinker ishlab chiqarish (portlandsementning chala mahsulotini


tayyorlash).


  1. Klinkerni qo'shilmalar bilan birga tuyish (portlandsement olish).


Birinchi jarayon juda murakkab bo'lib, uning bajarilishi katta xarajatlar bilan bog'liq. Shuning uchun hamma vaqt portlandsement asosini tashkil etuvchi klinkerni tejash kerak. Chunki portlandsement ishlab chiqarish uchun sarflanadigan jami xarajatning ko'p qismi (70-80%) klinker qiymatini tashkil etadi.


Portlandsement klinkeri ishlab chiqarishda quyidagi asosiy texnologik jarayonlar bajariladi:

  1. Ohaktosh va gil qazib olinadi.


  2. Xomashyo materiallari tayyorlanadi va maydalanladi. 3.Yoqilg'i tayyorlanadi.


4.Xomashyo materiallari kuydiriladi.


Klinkerni tuyish va portlandsement ishlab chiqarishda esa asosan quyidagi texnologik jarayonlar mavjud:

  1. Qo'shilmalar tayyorlanadi.


  2. Klinker qo'shilmalar bilan birga tuyiladi. 3.Portlandsement omborga joylanadi.


Talab qilingan kimyoviy tarkibli bir jinsli xomashyo aralashmasini hosil qilish uchun uning tarkibiga kiradigan materiallarni tayyorlash kerak. Bunday aralashmani tayyorlash uchun uning tarkibiga kiradigan materiallar (ohaktosh, gil va to'g'rilovchi qo'shilmalar) ning hammasi mayda qilib tuyiladi va yaxshilab aralashtiriladi. Aralashma tarkibiga kiradigan materiallar maydalab tuyilsa, xomashyo aralashrnasi tarkibidagi oksidlar kuydirilayotganda o'zaro yaxshi ta'sirlashadi. Xomashyo iloji boricha maydalab tuyilsa, u kuydirilayotganda klinkerda ta'sir etishmay qolgan moddalar deyarli bo'lmaydi. Bu vaqtda hamma oksidlar minerallar holida bog'langan bo'ladi.


Mayda. qilib tuyilgan materiallar quruqligicha yoki suvda yaxshilab aralashtirilishi mumkin. Xomashyo materiallari suv bilan tayyorlansa, portlandsement ishlab chiqarish «ho`l» usul deb, quruqligicha tayyorlansa,
«quruq» usul deb ataladi. Qaysi usulni tanlash texnologik va texnik-iqtisodiy xarakterdagi bir qator omillarga bog'liq (chizmaga qarang).
Garchi texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlar jihatidan quruq usul afzalroq bo'lsa ham, hozirgi vaqtda qator mamlakatlarda, shuningdek, Rossiyada va AQSHda ho'l usul, quruq usul esa Yaponiya, Germaniya va Italiyada keng tarqalgan. Hozirgi kunda mamlakatimizda ham «quruq» usulni ko'proq qo'Uashga moyillik salmoqli o'rin olmoqda.


    1. Download 207,97 Kb.
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   36




Download 207,97 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Portlandsement ishlab chiqarish usullari

Download 207,97 Kb.