• QABUL QILDI: Inamov O. Mavzu: Qadiryatlar nazariyasining shakllanish tarixi Reja
  • Qadriyatlar mavzusining tarixiy ildizlari. Ijtimoiy taraqqiyot jarayonida qadriyatlarga munosabat.
  • O’zbekistonni yangi tarixi ‘ fanidan mustaqil ishi




    Download 227,94 Kb.
    bet1/5
    Sana22.07.2024
    Hajmi227,94 Kb.
    #268180
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Qodirov Rivojiddin o\'zbekiston tarixi3


    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI FARG’ONA FILIALI
    O’ZBEKISTONNI YANGI TARIXI ‘ FANIDAN


    MUSTAQIL ISHI
    2-KURS D-I 751-22 GURUH TALABASI
    BAJARDI: Qodirov R.
    QABUL QILDI: Inamov O.


    Mavzu: Qadiryatlar nazariyasining shakllanish tarixi


    Reja:

    1. Ijtimoiy taraqqiyot jarayonida qadriyatlarga munosabat.

    2. Qadriyat kategoriyasi, uning asosiy shakllari.

    3. Qadriyatlar mavzusining tarixiy ildizlari.



    1. Ijtimoiy taraqqiyot jarayonida qadriyatlarga munosabat.

    Sivilizaciyamiz qadriyatlari va halqimizga hos qadrlash me`yorlari musulmon Sharqi va arablar dunyosi madaniyatining rivojiga ham nihoyatda katta aks ta`sir ko’rsatgan. Tarihda nomlari saqlangan allomalarimiz o’z navbatida butun jahon, Sharq madaniyatiga G’oyat katta hissa qo’shganlar. Bunday fikrni Abu Hanifa, al-Buhoriy, at-Termiziy, Kubro, Ahmad Yassaviy, Naqshband kabi ilohiyot ilmining zabardast allomalari tug’risida ham aytish joiz. Ularning har biri o’z zamonasida islomni civilizaciyamizning yuksak madaniyati nuqtai nazaridan tarQib va tashviq etdilar, islom falsafasini yuksaklikka ko’tardilar, mazkur dinning butun jahonda katta mavqega ega bo’lishida muhim faoliyat ko’rsatdilar. Bu esa ushbu zotlarning nomlarini islom dini jahon sahnida qancha tursa, shunga qadar boqiy ayladi. ularning islom falsafasi va ilohiyotiga, uni zamona zayllari orasidan o’tishi jarayoniga ko’rsatgan nihoyatda katta ta`siri tug’risida mahsus tadqiqotlar olib borish mumkin. Afsuski, manbalar etarli bo’lishiga qaramasdan, yurtimiz civilizaciyasining islom dini rivojiga va azaliy islom mamlakatlarining madaniyati taraqqiyotiga aks ta`siri tug’risida yozilgan asarlar haligacha kam, bu tug’rida keng qamrovli tadqiqotlar olib borish zaruriyati allaqachon etilgan.
    Masalaning muhimligi atoqli enciklopedik olimlar — Horazmiy, Forobiy, Beruniy, ibn-Sino, al-FarQoniy kabi civilizaciyamizning zabardast namoyandalari ijodi va merosi ko’zgusida yanada yaqqolroq namoyon bo’ladi. Zero, ular nafaqat Markaziy Osiyo, arab-musulmon civilizaciyasi, balki jahon madaniyati taraqqiyotiga nihoyatda katta hissa qo’shganlar, yurtimiz qadriyatlari ta`sirini butun olamga yoyilishida hizmat qilganlar.
    Shu bilan birga, umuminsoniy madaniyatning bebaho durdonalarini yaratgan UluQbek, Lutfiy, Navoiy, Bobur kabi zotlarning jahon civilizaciyasiga qo’shgan hizmatlarini tilga olmay bo’ladimi?
    Afsuski, civilizaciyamizga hos eng yuksak qadrlash mezonlarini yaratgan o’rta asrlardagi ko’tarilish davri temuriylar saltanatidan so’ng asta-sekin tanazzulga yuz tutdi, markazlashgan davlat parchalanib ketdi. Avval Hiva honligi va Buhoro amirligi, so’ngra Qo’qon honligi vujudga keldi. Uch yuz yildan ortiqroq davrni o’z ichiga olgan bu jarayon honlik, amirlik, turli sulolalar, uruQlar o’rtasidagi urushlar, tinimsiz ziddiyatlar orqali kechdi, yahlit civilizaciyamizning hamjihatligini ta`minlaydigan umumiy qadriyatlar tizimi darz ketdi, qadrlash mezonlari ham bir qadar o’zgara boshladi.
    XIX asrning o’rtalariga kelib, amirlik va honliklarga bo’linganligiga qaramasdan, mustaqil yashagan Turkiston chor Rossiyasi tomonidan bosib olindi, yurtimiz imperiyaning mustamlakasi bo’lib qoldi. Mustamlakachilarning qadriyatlari va qadrlash mezonlari halqimiz orasiga zo’rlik bilan singdirila boshlandi. XIX asrning ohirlari va XX asr boshlarida yurtimizda «jadidlar» oqimi vujudga keldi. M. Behbudiy, So’fizoda, Avloniy, Cho’lpon, Fitrat va boshqa jadidlar merosiga diqqat qilinsa, o’sha davrda yurtimizda ma`naviy tushunchalarning ko’lami qanchalik keng bo’lganligini, falsafiy tilning naqadar boyligini, uning adabiyot bilan qanchaliy uyQunligini yaqqol ko’rish mumkin. Ularning asarlarida gohida biz allaqachon esimizdan, tilimizdan va balki dilimizdan ham chiqarib yuborgan qadriyatlar, tushunchalarga duch kelamiz. Jadidlarning merosi halqimiz madaniyatiga yanada kattaroq ta`sir ko’rsatishi mumkin edi. Afsuski, bolsheviklar boshlagan siyosiy jarayonlar bu avlodning boy merosini o’z domiga tortdi, uning taqdiri ayanchli kechdi, ta`qiqlab qo’yildi. O’tmish avlodlar ardoqlagan va buyuk ajdodlarimizdan meros qolgan sharqona qadrlash mezonlarini yuz o’ttiz yil sarobga aylantirish uchun qilingan urinishlarning oqibatlari haligacha sezilib turadi. Faqat mustaqillik yillariga kelibgina ushbu sohada ham ijobiy siljishlar boshlandi.


    1. Download 227,94 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 227,94 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekistonni yangi tarixi ‘ fanidan mustaqil ishi

    Download 227,94 Kb.