|
O’ZBEKISTONNING IQTISODIY SALOHIYATI YUKSALMOQDABog'liq .O’zbekistonning iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanish yo’llariO’ZBEKISTONNING IQTISODIY SALOHIYATI YUKSALMOQDA
Mamlakatimiz iqtisodiyoti, xorijiy investorlarga berilgan imtiyozlar dunyoning
rivojlangan davlatlari e'tiborini tortmoqda. Xususan, O'zbekistonning Amerika
Qo'shma Shtatlari bilan ko'plab sohalarda hamkorligi izchil rivojlanmoqda.
O'zbekiston bilan AQSh o'rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi yildan-yilga oshib
bormoqda. Mamlakatimizda AQSh investorlari bilan hamkorlikda tashkil etilgan
qo'shma
korxonalar
faoliyat
yuritmoqda,
avtomobilsozlik,
neft-kimyo,
to'qimachilik, yengil sanoat, oziq-ovqat sanoati, qurilish materiallari ishlab
chiqarish, savdo va xizmat ko'rsatish sohalariga ixtisoslashgan AQSh firma va
kompaniyalarining vakolatxonalari ochilgan.
Bunday ishonchli hamkorlardan biri "General Electric" kompaniyasi. Ushbu
kompaniya vitse-prezidenti Ronald Jeyms Pollett mamlakatimizda xorijiy
investorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida o'z fikrini bildirdi, "Jeneral
elektrik" kompaniyasining O'zbekiston bilan hamkorlikdagi loyihalari haqida
so'zladi»:
- O'zbekiston jadal rivojlanayotgan davlatlar qatoriga kiradi. Mamlakatimizda
kelgusi besh yil davomida qabul qilingan harakatlar strategiyasida iqtisodiyot
samaradorligini oshirish, barcha sohalarni modernizatsiya qilish va liberallashtirish
bilan birga, xorijiy sarmoyadorlar bilan samarali hamkorlikni yanada rivojlantirish
ko'zda tutilayotgani xorijiy hamkorlardan mamnun.
"Jeneral elektrik" kompaniyasi bundan o'n yil muqaddam O'zbekiston bozorida o'z
faoliyatini boshladi. O'zbekistonlik sheriklar bilan fuqaro aviatsiyasi, neft va gaz,
elektr energetikasi, sog'liqni saqlash, transport va boshqa yo'nalishlarda
muvaffaqiyatli hamkorlik qilib kelmoqda.
"O'zbekneftgaz"
kompaniyasi
bilan
birgalikda
energetika
sohasini
modernizatsiyalashda ishtirok etib, soha mutaxassislarining xorijda malakasini
oshirishni taklif etildi.
Hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun mahsulotlarni mahalliylashtirish talab
etiladi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan suhbat
chog'ida bu masalaga e'tibor qaratildi.
O'zaro manfaatli hamkorlikning o'sish sur'atlaridan mamnun. Iqtisodiyotning turli
tarmoqlarida qo'shma loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish bo'yicha
memorandum imzolandi. Mazkur hujjatga muvofiq O'zbekiston Respublikasi va
"General Electric" kompaniyasi hamkorligida istiqbolli loyihalarni ishlab chiqish
bo'yicha ishchi guruh tashkil etildi.
|
| |