Tabiiy resurslar
Uning tarkibida bu juda xilma-xil va er, energetika, suv,
biologik, o'rmon, mineral, dam olish, iqlim resurslarini o'z ichiga oladi. Ularning
foydalanishlari o'zaro bog'liq (masalan, texnikaning er resurslaridan foydalanish
uchun
va
uning
ishlashi
kerak. mineral
resurslar -
yoqilg'i).
Tabiiy resurslarning muhim shakli mineral xom ashyo - ko'mir, tabiiy gaz, moy,
metall
orazlari,
fosfatlar,
kaliy
tuzlari.
Resurslarni tejash-ishlab chiqarish omillaridan iqtisodiy va samarali foydalanish
bilan bog'liq chora-tadbirlar majmui. Barcha resurslar bir xil tezlikda aylanmaydi -
ba'zilari ishlab chiqarish jarayonida to'liq iste'mol qilinadi, boshqalari, masalan,
uskunalar-qisman va ko'p hollarda bir xil emas va ulaming iste'mol darajasi asosan
ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish xodimlarining ta'sirining etarliligi bilan
belgilanadi. Resurslarni tejash-iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish muammolarini hal
qilish uchun barcha turdagi resurslardan (moddiy, mehnat, tabiiy, moliyaviy va
boshqalar) foydalanishni anglatadi. Odamlar va jamiyatning ehtiyojlari tez o'sib
borayotganligi va resurslar cheklangan va kamdan-kam hollarda bo'lgani uchun,
5
muammoni hal qilishda resurslarni tejashning o'mi: nima, qanday qilib, kimga
ishlab chiqarish kerak?
6
Tabiy resurslar va geografik joylashuv.
Tabiiy jismlar va energiya turlariga resurs (manba) lar deyiladi. Resurs so’zi
fransuzcha bo’lib “Yashash vositasi” degan ma’noni anglatadi. Tabiiy resurslar
insonlarning
yashashi
uchun
zarur
bo’lgan
asosiy
manbadir.
Tabiiy resurslarga: havo, suv, tuproq, turli xil rudalar, yoqilg’i va energiya
manbalari ko’mir, neftь, gaz, turli xil yog’ochlar hamda yovvoi o’simliklar va
hayvonlar kiradi. Bularning hammasi yer planetasida mavjud bo’lgan tabiiy
resurslardir. Bundan tashqari kosmik resurslar ham mavjud. Kosmik resurslarga
quyoshdan
kelayotgan
nur,
meteoritlar
va
boshqalar
kiradi.
Tabiiy resurslardan ratsional foydalanish va uni muhofaza qilishni to’g’ri
tushuntirish uchun ularni turlarga bo’lib o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi.
Tabiiy resurslar quyidagi turlarga bo’linadi:
1.
qazilma boyliklar;
2.
iqlim resurslari;
3.
suv va havo resurslari;
4.
tuproq resurslari;
5.
o’simlik resurslari;
6.
fauna (biror joy mamlakat yoki geologik davrga oid bo’lgan hamma
hayvonlar) resurslari;
7.
atom resurslari;
8.
biosfera resurslari;
9.
kosmik resurslar;
Foydalanish darajasiga qarab tabiiy resurslar:
a) tugaydigan
b) tugamaydiganlarga bo’linadi.
Tugaydilan resurslar. Bular o’z navbatida qayta tiklanmaydigan va qayta
tiklanadigan resurslarga bo’linadi.
Qazilma boyliklar qayta tiklanmaydigan resurslar hisoblanadi. Ulardan foydalanish
natijasida miqdori va sifati kamaya boradi. Qayta tiklanmaydigan tabiiy
boyliklardan unumli foydalanish va uni qo’riqlash quyidagicha bo’lmog’i lozim:
miqdori va sifatini hisobga olish, kompleks ravishda to’g’ri, tejab, o’rnida
foydalanish, ularni qazib olish, tashish, qayta ishlash, ishlatishda nobudgarchilikka
yo’l ko’ymaslik, chiqindi kam chiqarish choralarini ko’rish, yangi konlar topish,
ayniqsa yerning chuqurroq qatlamlarini o’rganish zarur va nihoyat ularning o’rnini
bosuvchi yangi sun’iy manbalar topish va boshqalar. Qayta tiklanmaydigan tabiiy
resurslardan oqilona foydalanilsa, ular kishilik jamiyati ehtiyojlarini uzoq
muddatlargacha to’la ta’minlay oladi. Fan va texnika taraqqiyoti natijasida ba’zi
foydali qazilmalar tugaguncha ularning o’rnini bosa oladigan yangi resurslar
yaratish mumkin.
Qayta tiklanadigan resurslarga asosan, suv, tuproq, o’simliklar va hayvonot
7
dunyosi kiradi. Masalan: tuproq, unda o’simlik o’stirib foydalanilishi natijasida
tugab yo’q bo’lib ketmaydi. Tuproq shuning uchun ham tugamaydigan – qayta
tiklanadigan resurslar jumlasiga kiritiladiki, madaniy o’simliklar undagi mineral
ozuqa moddalar (azot, fosfor, kaliybirikmalarini va boshqalar) ni shimib oladi, ana
shu ozuqa moddalar tiklab borilmasa, tuproqning unumdorligi yildan-yilga
kamayib, dehqonchilik uchun butunlay yaroqsiz bo’lib qoladi. Tajribadan
ma’lumki, tuproq unumdorligini doimo tiklab borish mumkin. Bu tiklanish tabiiy
va sun’iy ravishda bo’lishi mumkin. Masalan: tuproq yo’qotgan mineral
ozuqalarini o’simlik qoldiqlarining chirishi natijasida, tog’lardan oqib keladigan
suvlar tarkibidagi turli birikmalar hamda kishilar tomonidan beriladigan tabiiy
mineral o’g’itlar hisobiga qayta tiklaydi. Agar tiklanadigan resurslardan plansiz
ravishda, vaxshiylarcha foydalanilsa ular tiklanmaydigan holga tushib qoladi.
Bunga yer sirtida atom bombasini portlashi, konlar tugagandan so’ng o’z holiga
tashlab ketishlar va boshqalar kiradi. Tuprog’ini suv yuvib yoki shamol uchirib
ketgan joyni qayta tiklash mumkin. Ammo buning uchun ko’p mablag’, uzoq vaqt
mehnat qilish kerak. Ekinlar ekiladigan joylarga ko’plab kimyoviy o’g’itlar solish
ham, uni yaroqsiz holga olib keladi, oqibatda hech narsa o’smaydigan bo’lib
qoladi.
Er sharida o’rmonlar, o’simliklar dunyosi nihoyatda ko’p va rang-barang. O’simlik
dunyosi tabiatda alohida ahamiyat kasb etadi. Darahtlar, o’rmonlar qirqilsa, uni
qayta tiklash mumkin. SHu sababli darahtlarni shartli ravishda qayta tiklanadi
deyiladi. O’rmonlarni qayta tiklash uchun 20-30 yil vaqt kerak bo’ladi.
Qayta tiklanishi mumkin bo’lgan tabiiy (boyliklar) resurslar sekinlik bilan,
uzluksiz tiklanib boradi. Biroq ularning tiklanishi uchun ia’lum darajada tabiiy
sharoit bo’lishi lozim. Agar ana shu tabiiy sharoit buzilsa, tabiiy resurslarning o’z-
o’zidan tiklanishi sekinlashadi yoki batomom to’xtashi mumkin. Demak, inson
qayta tiklanadigan (boyliklar) resurslaridan foydalanishda uning tabiiy holatiga
alohida e’tibor berishi zarur. Tugamaydigan resurslar. Bularga asosan quyidagilar
kiradi:
1.
suv resurslari;
2.
iqlim resurslari;
3.
kosmik resurslari.
Suv resurslari. Suv yer yuzida hayot mavjudligining asosiy shartlaridan biridir. Suv
manbalari hajmi, hosil bo’lishi va joylashish o’rniga qarab mahalliy, regional va
global
suv
resurslariga
bo’linadi.
Suvsiz inson hayotining tasavvur qilib bo’lmaydi. Suv o’simliklar, hayvonlar va
odamlar uchun hayot hamda asosiy ozuqa manbai hisoblanadi. Suvning eng yaxshi
tomoni shundaki, undan qaysi maqsadda va qaerda foydalanilmasin, u yo’q bo’lib
ketmaydi. Faqat bir holatdan boshqa holatga o’tishi, bir jism tarkibidan boshqa
jism tarkibiga o’tishi mumkin. SHu sababdan ham suv tugamaydigan, qayta
tiklanadigan
tabiiy
resurs
hisoblanadi.
Suv
qayta
tiklanish
uchun:
1. daryolar, yer osti suvlari, muzliklar zapasi asrlar davomida o’zgarmasligi;
2. insonning xo’jalik faoliyati ta’sirida tabiiy suvlarning ifloslanish darajasi
8
ularning sifat jihatidan o’z-o’zini tiklash imkoniyatidan katta bo’lmasligi lozim.
Inson faoliyati ta’sirida Yer sharining ayrim joylarida suv miqdori ancha o’zgarishi
va ifloslanib yaroqsiz holga kelib qolishi mumkin. Amaliy jihatdan olganda faqat
okean suvlarigina tugamaydi. Ammo, okean suvlari ham neftь hamda turli
chiqindilar ta’sirida o’zining suvlari ham neftь hamda turli chiqindilar ta’sirida
o’zining tabiiy xususiyatini yo’qotadi. Bu hol esa hayvonlar va o’simliklar hayotini
xavf ostida qoldiradi. CHuchuk (toza) suv miqdori yer sharida nihoyatda ko’p.
Ammo Yer sharining ko’pgina joylarida uning miqdori kamaygan. Bu joylarda
ekin maydonlarini sug’orish, kommunal ehtiyojlar sanoat xom ashyolari, ichish
uchun toza suv yetishmaslik hollari sezilmoqda. Joylarda toza suvlarning
kamayishiga sabab faqat unga bo’lgan talabning oshganligi bo’lmasdan, suv
keladigan daryolarning, ko’llarning o’rmonlar kesilishi natijasida qurib qolishi va
inson faoliyati natijasida suvning ifloslanishi kabi hollar ham sababchidir. Toza
suv masalasi yildan-yilga eng muhim muammolardan biri bo’lib qolmoqda.
Ifloslangan suv ichish uchun yaroqsiz bo’lib, u hatto tirik organizmlar uchun xavfli
bo’lib qoladi. SHu sababdan undan ratsional foydalanish, uning tozaligini saqlash
va muhofaza qilish hozirgi vaqtda eng muhim masalalardan biri hisoblanadi.
Respublikamiz yillik yuza suv resurslari 99,5 km
3
ga teng bo’lib uning faqat 12,2
km
3
qismi
shu
o’lka
territoriyasida
hosil
bo’ladi.
Ma’lumki, suv resurslarini muhofaza qilish ikki yo’nalishda olib boriladi.
Birinchidan, uni miqdoriy jihatdan kamayishidan saqlash bo’lsa, ikkinchisi uning
ifloslanish va minerallash darajasi oshib ketishining oldini olishdir. Hozirgi vaqtda
o’lkamizda
har
ikki
yo’nalish
ham
juda
muhimdir.
Iqlim resurslari. Atmosferadagi havo, shamol energiyasi iqlim resurslariga mansub.
Atmosfera havosidan har qancha foydalanilgan taqdirda ham u tugamaydi boshqa
narsaga aylanib qolmaydi. Hajmi ham deyarli o’zgarmaydi. SHu sababdan ham
atmosfera havosi tugamaydigan tabiiy resurs hisoblanadi. Ammo havo
insoniyatning turli faoliyati natijasida tez ifloslanib havfli manba bo’lib qolishi
mumkin.
Bu
hol
havoni
muhofaza
qilish
lozimligini
ko’rsatadi.
Kosmik resurslarga quyosh radiatsiyasi, Yer va Oyning o’zaro tortishi natijasida
dengiz hamda okeanlardagi suvning ko’tarilishi yoki pasayishi jarayonida hosil
bo’ladigan energiyalar, olam fazosidagi yer sirtiga keladigan turli xil nurlar,
meteorit
oqimlar
kiradi.
Tabiat o’ziga ta’sir etmaydigan tabiiy omillarga bardosh berib, ularning
ifloslanishidan
o’z-o’zini
himoya
qilib
turadi.
lqtisodiy va ijtimoiy geografiyada an'anaviy tarzda "hududiy tashkil etish" iborasi
qo'IJanilib, u, odatda, mazmun va shakllari bo'yicha ishlab chiqarish kuchlarini
joylashtirishga yaqinroq turadi. Shu bilan birga oddiy joylashtirishdan farq qilib,
ishlab chiqarishni, aholi yoki xo'jalik tarmoqlarini hududiy tashkil etish ayni
paytda uni muayyan maqsadga yo'naltiriIishi va, eng muhimi, boshqarilishini ham
o'z ichiga oladiki, bu ushbu tushunchaning ilmiyroq va amaliyroqligidan darak
beradi. Bu yerda tizim (sistema). qoidasiga muvofiq ma'lum bir voqelikni tashkil
etish
avvalambor
uni
boshqarish
niyatida
ainalga
oshiriladi.
Ma'lumki, geograflar nigohida hudud qiyofasi o'zining barcha mavjudoti bilan
9
gavdalanadi va bir qarashda u to'la qamrab olinadi. Biroq ko'rib turilgan hududda
undagi bor eiementlar (yo'I, daraxt, uy, kishilar, transport va hokazo) yakka-yakka
yoki aksariyat holda ijtimoiy geografiyaning tadqiqot obyektiga kiruvchi barcha
predmetlar turli hududiy majmua shaklini tashkil etadi. Chunonchi, qishloq
xo'jaligi
tarmoqlari-ekinzorlar
yoki
chorvachilik
yaylovlari,
rekreatsiya
manzilgohlari o'rmonzorlar va boshqalar areal (maydon) ko'rinishiga ega. Sanoat
markazlari va aholi manzilgohlari nuqta yoki tugun, transport yo'llari, gidrografik
shaxobchalar esa tasmasimon (chiziqsimon) shaklida ko'zga tashalanadi va xuddi
shu tarzda xaritada tasvirlanadi. Bu o'rinda bir so'z bilan aytish mumkinki, ijtimoiy
geografiya ana shu maydon, chiziq va nuqtalarning joylashuvi, ularning o'zaro va
tashqi muhit bilan hududiy munosabatlarini o'rganadi. Bundan tashqari, ishlab
chiqarishni hududiy tashkil etishning shakli sifatida hududiy ishlab chiqarish
majmualari (komplekslari, ,sanoat tugunlari va rayonlarni) aholining bunday
tashkil etish shakllariga esa turli tip yoki yirikligidagi qishloq va katta-kichik
shaharlar, shahar aglomeratsiyalari, konurbatsiya va megapolislarni ko'rsatish
o'rinli. Transportda transport tugunlari, ahoiiga xizmat ko'rsatish geografiyasidagi
maishiy kombinatlar yoki fan geografiyasidagi hududiy ilmiy tadqiqot majmualari
ham
ushbu
sohalarning
hududiy
tashkil
etish
shakllariga
kiradi.
Geografiya fanining ikkinchi bir muhim tamoyili komplekslikdir. Biroq, bu yerda
kompleks ishlab chiqarishning ijtimoiy yoki hududiy tashkil etish shaklini emas,
balki masalaga, fan obyekti va predmetiga yondashuv ma'nosini anglatadi. Ayni
paytda, komplekslilik geografiya fani uchun alohida usul (metod) ham emas,
aksincha, u fanning asoslaridan biri bo'lib, uning o'zigaxos vatub mohiyatini
ifodalaydi.
Shu bilan birga, ba'zan "kompleks geografik (yoki iqtisodiy geogratik) tadqiqot"
iborasi ishlatiladi-ki, nazarimizda, bu ham ortiqcha yoki xatolikdir. Chunki
geografik tadqiqot hamma vaqt kompleks bo'ladi, busiz u o'z mohiyatidan ajralib
qoladi. Ekologik yondoshuv asosida ham komplekslilik yotadi va bu uni geografik
dunyoqarashga
juda
yaqinlashtiradi.
Kompleks
qarash
o'rganilayotgan
obyektga
atroflicha
yondashuv,
uni
aloqadorlikda ko'rishni taqozo etadi. Shu ma'noda u tizimli (sistemali) qarashga
ham yaqinlashadi. Ammo bu tamoyildan to g'ri va oqilona foydalana olish lozim.
Aks holda, tadqiqot natijasi "har sohadan bir shingil", sayoz, yuzaki va quruq
bo'lib, ba'zan o'zi nimani o'rganish kerakligi ham sezilmay qolinadi. Binobarin,
ushbu tamoyil mohiyatini misli daraxt shaklida tasavvur qilmoq zarur: daraxt
tanasi o'rganilayotgan asosiy hodisa bo'lsa, uning shoxi va shoxchalari shu
muammo bilan bevosita aloqador masalalar majmuasidir. Bunda daraxt tanasi o'ta
yo'g'onlashib, shox-shabbasiz va, aksincha, shoxlar kattalashib, uning tanasi
ko'rinmay qolmasligi kerak. Birinchi holda komplekslikning o'zi bo'lmaydi,
ikkinchisida esa haddan tashqari masaladan chetga chiqib ketish ayondir. Masalan,
bog'dorchilik geografiyasida temir yo'l transporti yoki aholining tug'ilishni chuqur
o'rganish
aslo
talab
qilinmaydi.
Xuddi shunday hududiylik tamoyilining ham nozik jihatlari mavjud. Bu yerda biz
tadqiqot obyekti-hududning juda kattalashib ketmasligini nazarda tutmoqdamiz,
10
chunki bunday holda ham tadqiqot natijasi yuzaki, "umurtqasiz" bo'lib qoladi.
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya va umuman geografiya fanida ko'proq katta hudud
"kichraytirib" o'rganiladi. Endi buning aksi, kichik joyni kattalashtirib, yirik
masshtabli tadqiqotlarni o'tkazish muhim ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etadi.
Rivojlangan xorijiy mamlakatlar (Germaniya, Yaponiya, AQSh va boshqalar)
tajribasi
aynan
shundan
dalolat
beradi.
Bu mamlakatlarda, bizdan farqli o'laroq, asosan mikroiqtisodiyot, mikrogeografik
yondashuv ustuvor turadi. Ehtimol, shuning uchun bo'lsa kerak-tadqiqotlar natijasi
aniq, puxta va amaliy jihatdan yuqori bo'ladi. To'g'ri, tadqiqot obyekti sifatida
kattaroq hududni ham olish mumkin. Lekin bunday holda hududning barcha
qismini emas, aksincha, muhim muammolarni uning ayrim va turli nuqtalari
misolida chuqurroq tahlil qilish va shu negizda o'rganilayotgan obyekt va unga
o'xshash joylarga xos bo'lgan umumiy qonuniyatlarni asoslab berish maqsadga
muvofiqdir.
Shunday qilib, hududiylik va komplekslilik geografiya fani uchun o'ta zarur. Biroq
ular o'z me'yorida bo'lishi kerak. Boshqacha qilib aytganda, ushbu yondashuvlar
hamtna vaqt aniqlik bilan birga olib borilishi to'g'riroq bo'ladi. Professor
E.B.AIayev aniqlikni (konkretlikni) geografiyaning alohida tamoyili sifatida
ko'rsatadi. Biz esa uni yuqoridagi ikki asosiy tamoyilning umumiy maxraji, mezoni
yoki "ikki plyus bir" shaklida ko'rishni istar edik. Chunki muammo qancha keng va
chuqur, ma'lum bir maqsad doirasida atroflicha har tomonlama va ayni paytda aniq
tahlil etilsa, uning xulosalari hamma vaqt yuqori bo ladi.
|