O‘zbekistonning iqtisodiy resurslari va ulardan samarali foydalanish muammolari. Reja




Download 353,17 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/10
Sana20.06.2024
Hajmi353,17 Kb.
#264814
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
.O’zbekistonning iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanish yo’llari




O‘zbekistonning iqtisodiy resurslari va ulardan samarali 
foydalanish muammolari. 
REJA:
Kirish 
I-BOB. O`ZBEKISTONNING IQTISODIY RESURSLARI. 
1.1. TABIY RESURSLAR VA GEOGRAFIK JOYLASHUV.
1.2. TABIIY RESURSLARDAN NOOQILONA FOYDALANISHNING 
IQTISODIY JIXATLARI.
II-BOB. O’ZBEKISTON IQTISODIY SALOHIYATINI 
RIVOJLANTIRISHNING INNOVATSION YO’LI, O’ZBEKISTON 
RESPUBLIKASINI 2030–YILGACHA KOMPLEKS IJTIMOIY-IQTISODIY 
RIVOJLANTIRISH KONSEPSIYASI
2.1. IJTIMOIY-IQTISODIY SALOHIYATDAN SAMARALI FOYDALANISH 
VA IQTISODIY O’SISHNING YANGI MANBALARINI JALB ETISH CHORA-
TADBIRLAR, O’ZBEKISTON HUDUDLARINI IQTISODIY 
RIVOJLANTIRISH TENDENSIYALARI,
2.2. O’ZBEKISTONNING IQTISODIY SALOHIYATI YUKSALISHI
XULOSA 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 



KIRISH
Bugungi shiddat bilan rivojlanib borayotgan dunyoda har bir davlat o'z xalqi va 
kelajagi haqida qayg'urar ekan, qat'iy pozitsiya va samarali rivojlanish yo'llarini o'z 
zimmasiga oladi. Mustaqil O'zbekiston oldida ham yosh mustaqil davlatni 
rivojlantirishning o'tgan tarixiy yo'lini, to'plangan tajriba va erishilgan yutuqlarni 
tahlil qilish, demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlarini, 
mamlakat taraqqiyotini jadallashtirishning asosiy ustuvor yo'nalishlarini va aniq 
maqsadlarni xolisona baholash vazifasi qo'yildi.
Bu vazifalarni amalga oshirishdan oldin keng jamoatchilik, ishbilarmon doiralar 
vakillari, davlat organlari rahbarlari va mutaxassislari bilan amaliy suhbatlar
muhokamalar bo'lib o'tdi. Mahalliy va xalqaro tashkilotlarning qonun hujjatlari, 
axborot-tahliliy materiallari, tavsiyalar va sharhlar o'rganildi. Rivojlangan xorijiy 
mamlakatlar tajribasi tahlil qilindi. 
To'plangan takliflar, ularni o'rganish va umumlashtirish 2017-2021-yillarda 
O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha 
harakatlar strategiyasi hamda yaqin kelajakda davlat taqdirini belgilovchi boshqa 
dasturlar asosiga aylandi.
Harakatlar strategiyasini besh bosqichda amalga oshirish ko'zda tutilmoqda, 
ularning har biri doirasida uni amalga oshirish bo'yicha alohida yillik davlat dasturi 
tasdiqlanadi. Islohotlarning birinchi bosqichi 2017-2021-yillarda O'zbekiston 
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar 
strategiyasini "xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili"da amalga oshirishga 
oid Davlat dasturida aks ettirilgan. 
Shu munosabat bilan harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshirilgan 
islohotlarda Davlat dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga alohida 
e'tibor qaratildi. 320 banddan iborat 437 ta tadbir samarali amalga oshirilishi, 29 ta 
qonun va 900 dan ortiq boshqa qonun hujjatlari qabul qilinishi natijasida davlat va 
jamiyat hayotining barcha sohalarida bir qator ijobiy o'zgarishlarga erishildi.
2017-yilda davlatimiz rahbarining davlat hokimiyati va boshqaruvini, sud-huquq 
tizimini, qishloq xo'jaligi, neft-gaz, kimyo, tog'-kon, energetika, qurilish, 
arxitektura 
sanoati, 
yo'l-transport 
kommunikatsiyalari, 
farmatsevtika, 
to'qimachilik, xizmat ko'rsatish, turizm, axborot texnologiyalarini rivojlantirish, 
shuningdek, hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sohasidagi qator 
tashabbuslari amalga oshirildi. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish 
kafolatlari kuchaytirildi. 
Davlat va mintaqaviy dasturlar doirasida odamlarni qiynayotgan va ularning 
kundalik tashvishlari bilan bog'liq muammolarni hal etishga qaratilgan chora-
tadbirlar qabul qilindi. Davlat va jamiyat manfaatlari o'rtasidagi muvozanatni 



ta'minlash, davlat boshqaruviga yangi usullarni joriy etish, jamoatchilik 
boshqaruvini takomillashtirish, odamlar uchun munosib turmush sharoitlarini 
yaratish sohasidagi vazifalar samarali amalga oshirildi.
Jamiyat hayotining barcha sohalarini yanada liberallashtirish va isloh qilish 
jarayonlarini izchil davom ettirish eng muhimi hisoblanadi. Barcha tarmoqlardagi 
dolzarb muammolar aholi bilan ochiq muhokama qilinib, ularning eng maqbul 
yechimlarini izlab topdi. Fuqarolarning fikr-mulohazalari va murojaatlari asosida 
barcha qarorlar qabul qilinishi islohotlarni jadal va samarali amalga oshirishda 
muhim ahamiyat kasb etdi. 
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, iqtisodiy, bank moliya idoralari, 
kommunal xo'jalik, ichki va tashqi ishlar organlari, ta'lim va tarbiya, sog'liqni 
saqlash, sud-huquq tizimining parlament va mahalliy Kengashlar tomonidan 
axborot va hisobotlarini eshitish tartibini yo'lga qo'yish jamoatchilik nazoratini 
amalda joriy etish imkonini berdi.
Prezidentimiz tashabbusi bilan davlat va jamiyatning barcha jabhalarida amalga 
oshirilgan tub islohotlar va tadbirlar odamlarning biznes kayfiyatini yanada 
kuchaytirdi, fuqarolik pozitsiyasini mustahkamladi, har bir insonning davlat va 
jamiyat boshqaruvida ishtirokini kengaytirdi. Mansabdor shaxslar tomonidan qabul 
qilinayotgan qarorlarda xalq manfaatlari yanada keng e'tirof etila boshlandi. 

Download 353,17 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 353,17 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekistonning iqtisodiy resurslari va ulardan samarali foydalanish muammolari. Reja

Download 353,17 Kb.
Pdf ko'rish