• Og‘ir beton qorishmalarining tarkibini tanlash va hisoblash; Labarotoriyani bajarishdan maqsad.
  • Noorganik bog‘lovchilar bilan mustaxkamlangan gruntlarning siqilishga mustaxkamligini aniqlash




    Download 3.67 Mb.
    bet147/219
    Sana20.02.2023
    Hajmi3.67 Mb.
    #42925
    1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   219
    Bog'liq
    Y Q M umk
    Психология мотивации человека, Гештальт-психология, 4-laboratoriya ishi, Xakimоva Farida, 5112100-texnologik talim, Vaqt doirasidagi asosiy operantlar-fayllar.org, Etikaning boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan aloqasi, referat , ajralmaydigan birikmalar, Erkin Vohidov (1936-2016), aniq-integralnyuton-leybnis-formulasi, MUTAXASSISLIKKA KIRISH, 1-amaliy, Reja Animatsiya tushunchasi-fayllar.org
    Noorganik bog‘lovchilar bilan mustaxkamlangan gruntlarning siqilishga mustaxkamligini aniqlash;
    SEMENTNING SIQILISHDAGI MUSTAXKAMLIK CHEGARASINI ANIQLASH


    Kerakli o‘lchov vositalari va qo‘shimcha jihozlar: namunalar, gidravlik press, plastinka, mashina moyi.

    Ish tartibi


    1. Sement qumli qorishmadan ishlagan 40x40x160 mm li uchta namunani egilishga sinagandan keyin oltita yarimtali namuna olinadi va ularning xar birini aloxida-alaxida sinab, sementning sinab, sementning siqilishdagi mustaxkamlik chegarasi aniqlanadi. Buning uchun gidravlik pressning quyi va yuqori tagligi (plita) orasiga o‘rnatilgan po‘lat plastinka ustiga namuna qo‘yiladi va siqilishga sinaladi. Po‘lat plastinkaning bir tomonining raxi chiqqan bo‘ladi. (rasm 9.)

    Rasm 11. YArimtalik tayokcha namunani siqilishga sinashda ishlatiladigan po‘lat plastinka.





    1. Namuna o‘rnatilganda uning tekis qirrasi plastinkaning
      raxiga tegib turishi xamda namunaga tushadigan kuch qorishmaning
      kolipga joylanish qatlamiga paralel bo‘lishi lozim. Namunaga
      beriladigan kuchning tushish tezligi sekundiga 2,0±0,5 MPadan
      oshmasligi kerak.

    2. Kuchning ortish natijasida namuna buziladi va shu vaktdagi
      manometr ko‘rsatgan bosim jadvalga yoziladi. Namunani buzuvchi kuch
      R ning qiymati manometrdagi ko‘rsat kuchni gidravlik press va nasos
      porshenlarining yuzalarini nisbatiga bo‘lib aniqlanadi.

    4. Siqilishdagi mustaxkamlik chegarasi buzuvchi kuch R ni
    plastinka yuzasi 8 ga bo‘lib aniqlanadi (S= 25sm2)

    Rc= R/S , MPa


    5. Sementning siqilishdagi mustaxkamlik chegarasi oltita


    namunani sinab aniqlanadi. Sinalgan namunalarning eng ko‘p kuch
    ta’sir etgan to‘rttasi olinadi va ularning o‘rta arifmetik qiymati
    namunani buzgan eng katta kuchni ifodalaydi xamda bu kuchni
    formulaga qo‘yib, namunaning siqilishdagi mustaxkamlik chegarasi
    aniqlanadi.
    Laboratoriya ishlaridan olingan natijalar jadvalga yozib boriladi.
    Sementning turi. 20-jadval



    Pressdagi porshenlar yuzasining nisbati

    Sinash muddatlari, kun

    YArimtali namunalarning siqilishdagi mustaxkamlik chegarasi, MPa

    Sement siqilishdagi mustaxkamlik chegarasi, MPa



    1

    2

    3

    4

    5

    6



















































































    Sinovlarning natijasi bo‘yicha sementning markasi topilsin.


    6. Namuna tayokchalarni egilishga va yarimtalarini siqilishga sinab ko‘rish talabalar tomonidan keyingi mashg‘ulotlarda 7 yoki 14 kundan so‘ng, agar vaqt etsa 28 kundan keyin bajariladi. 7 yoki 14 kunlik namunalarning mustaxkamligini 28 kunlik mustaxkamlikka aylantirish uchun quyidagi koeffitsientlarga ko‘paytirish mumkin:


    7 kunlik mustaxkamlik uchun-1,5;
    14 kun uchun esa- 1,25;



    1. Namunalarni siqilishga va egilishga sinashdan olingan natijalar asosida sementning markasi aniqlanadi. Portland-sementlarni laboratoriyada GOST shartlariga ko‘ra sinab, aniqlangan natijalarni (markalari) ni jadvalda keltirilgan qiymatlarga taqqoslash mumkin.

    Sement markasi bilan uning egilishga va siqilishga mustaxkamlik chegarasi orasidagi bog‘lanish.
    21-jadval

    Sement turlari

    28 kundan keyingi egilishga bo‘lgan mustaxkamlik chegarasi, Mpa markalari uchun kam bo‘lmagan

    28 kundan keyingi siqilishga bo‘lgan mustaxkamlik chegarasi MPA markalar uchun kam bo‘lmagan


    200

    300

    400

    500

    600

    200

    300

    400

    500

    600

    Portlandsement

    -

    4,5

    5,5

    6

    6,5

    -

    30

    40

    50

    60

    Gidrofob portlandsement

    -

    4,5

    6,5

    -

    -

    -

    30

    40

    -

    -

    Plastifikatsiya-langan portlandsement




    4,5

    5,5

    6







    30

    40

    50




    Sulfat tuzlariga chidamli portlandsement







    5,5













    40







    SHlak
    portlandsement

    3,5

    4,5

    5,5

    6

    -

    20

    30

    40

    60

    -

    Putssolan
    portlandsement

    3,5

    4,5

    5,5

    -

    -

    20

    30

    40

    -

    -

    NAZORAT SAVOLLARI

    1. Portlandsement deb nimaga aytiladi?


    2. Sementning to‘kma zichlpgshsh aniqlash usullarini aytib bering?
    3. Sementning xaqiqiy zichligi qaysi asbob bilan aniqlanadi?
    4. Sementning maydalik darajasi nima?
    5. Normal quyuqlikdagi sement bo‘tqasini tayyorlash uchun suv miqdori qanday aniqlanadi?
    6. Sementning normal quyuqligi deb nimaga aytiladi?
    7. Sement markasi kanday aniqlanadi?
    13-LABORATORIYA MASHG‘ULOTI


    Og‘ir beton qorishmalarining tarkibini tanlash va hisoblash;
    Labarotoriyani bajarishdan maqsad.

      1. Tarkib tanlash, beton qorishmasiga qo‘yiladigan quyidagi talablar asosida uning to‘ldiruvchilari orasidagi oqilona nisbatini topishdan iborat:

      2. Beton tarkibini tanlash hisoblash – tajriba usulida formula, grafiklar va sinovlar asosida kiritiladigan oxirgi aniqliklar bilan quyidagi tartibda bajariladi va beton plita o‘lchamlarini nazorat tarzida o‘lchash.

    Umumiy tushunchalar.


    Tarkib tanlash, beton qorishmasiga qo‘yiladigan quyidagi talablar asosida uning to‘ldiruvchilari orasidagi oqilona nisbatini topishdan iborat: Beton qorishmasining yoyiluvchanligiga (quyuqligiga) qo‘yiladigan talab;



    • YAngi yotqizilgan betonga jalb qilingan havo (yoki chiqayotgan gaz) hajmiga qo‘yiladigan talab;

    • Betonning uzoq muddat, yangi loyihaviy sovuqqa chidamlilik markasiga to‘g‘ri keladigan tashqi muhitda uzoq muddat emirilmasdan ishlashiga qo‘yiladigan talab;

    • Betonning loyihaviy mustahkamlik markasiga to‘g‘ri keladigan mustahkamligiga qo‘yiladigan talab.

      1. Beton qorishmasi texnologik xususiyatlari bo‘yicha “Yo‘riqnoma”ning 3.6 va 3.7 bandlarida bayon etilgan shartlarni qoniqtirishi lozim.

    Qorishma to‘ldiriuvchilaridan biri qumni nisbatan ko‘paytirish (yoki chaqir toshning qorishmada surilishi), qumning maydaligi va havoning jalb qiluvchi qo‘shimchalarning sifati betonning havoni jalb qilish xususiyatiga ijobiy ta’sir qiladi. Beton qorishmasining yoyiluvchanligi va to‘ldiruvchilarning kattaligi kamaytirilganda, qorishma to‘ldiruvchilaridagi qum miqdori nisbatan ko‘paytirilganda (chaqir toshning qorishmada surilishi koeffitsienti) yangi shakllangan plita yonbosh qirralari va chetining mustahkamligi oshadi.

      1. Beton yotqizuvchi mashinaning zichlash imkoniyatini, betonlash tezligini, betonni tashish muddatini, ishlov berish qulayligini, yotqizish va zichlash orasidagi vaqtni va ish paytidagi havo haroratini hisobga olib beton qorishmasining yoyiluvchanlik 9quyuqlik) ko‘rsatkichini belgilash kerak.

      2. Biriktirilgan havo hajmini ish bajarish davridagi havo harorati va beton qorishmasini tashish muddatini hisobga olib og‘ir beton standarti bo‘yicha belgilash lozim. Beton tarkibini tanlashda qorishmadagi havo hajmini havo jalb qiluvchi qo‘shimchalar miqdorini o‘zgartirish orqali tartibga solish kerak.

      3. Trakib tanlovidagi yoyiluvchanlik ko‘rsatkichini, biriktirilgan havo hajmini aniqlash, shuningdek, nazorat namunalarini tayyorlash, beton qorishmasi tayyorlanganidan so‘ng kamida 30 min. O‘tganch va 60 min. Dan kechiktirmay amalga oshirish kerak. Beton qorishmasi tarkibidagi suvning bug‘lanib ketishidan himoya qilingan bo‘lishi lozim.

      4. Havoni jalb qiluvchi yoki turkum YUFM qo‘shimchasi (yoyiltiruvchi va havoni jalb qiluvchilar birgalikda) bilan beton tarkibi tanlanganida beton qorishmasining yoyiluvchanligi, qoida bo‘yicha, konusning cho‘kishi usulidan tashqari quyuqlik ko‘rsatkichi bo‘yicha ham baholanishi lozim.

      5. Beton tarkibini tanlash hisoblash – tajriba usulida formula, grafiklar va sinovlar asosida kiritiladigan oxirgi aniqliklar bilan quyidagi tartibda bajariladi:

    - betonnin egilib cho‘zilishidagi belgilangan mustaxkamlik markasiga erishish uchun hisoblash yo‘li bilan taxminiy suv-sement nisbatini (V/S) aniqlash;
    - betonga qo‘yilgan talablardan kelib chiqib, jalb qilingan havoning o‘rtacha hajmini va YUFM qo‘shimchasining taxminiy miqdorini belgilash;
    - laboratoriya sinov tajribalari yoki adabiyotda tavsiya etilgan jadval va chizmalar bo‘yicha beton qorishmasining qabul qilingan yoyiluvchanligi (quyuqligi) asosida uning suvga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash;
    - aniqlangan V/S nisbati va suvga bo‘lgan ehtiyoji asosida 1 m3 betonga ketadigan sement miqdorini hisoblash;
    - yirik to‘ldiruvchining qorishmada surilish koeffitsienti Kr ni belgilab 1 m3 betonga ketadigan yirik to‘ldiruvchi miqdorini aniqlash;
    - 1 m3 betondagi qum miqdorini hisoblash;
    - sinov yo‘li bilan beton tarkibiga aniqlik kiritish.
    1.8 Beton tarkibi, “Og‘ir va mayda donali betonlar” GOSTi, “Yo‘riqnoma2ning 3 bo‘limi talablarini qondiruvchi zavodga keltirilgan materiallardan tanlanishi kerak.
    Tarkib tanlovida, jalb qilinadigan havo hajmi to‘ldiruvchilarning qanday aralashtirilishiga bog‘liqligini hisobga olib, beton qorishmasini 60 dm3 hajmdagi beton qorishtirgichda tayrlash lozim. YUFM eritmasi va suv solinganidan keyin aralashtirish muddati 1,2-2 min. bo‘lishi lozim.
    Beton tarkibini hisoblash
    1.9. Taxminiy V/S nisbatini quyidagi formula bo‘yicha hisoblash lozim:
    - og‘ir beton standarti bo‘yicha me’yorlangan havo biriktirilgan beton uchun
    - havo biriktirilmagan beton uchun
    bu erdagi Rs – sementning sinov orqali topilgan yoki portlandsement va shlakli portlandsementning tegishli markasi uchun GOST bo‘yicha qabul qilingan egilib cho‘zilishdagi mustahkamlik markasi.
    Rb – betonning egilib cho‘zilishidagi mustahkamlik bo‘yicha markasi.
    1.10. Suvning taxminiy miqdorini 165-170 kg atrofida belgilash kerak.
    Betonning suvgv ehtiyojini kamaytirish uchun yoyiltiruvchi va havoni jalb qiluvchi YUFM qo‘shimchalari bilan birga tabiiy va maydalangan qumlar yirikligini ishlatish kerak.
    1.11. Sement miqdori quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
    S=B:B/S,
    Bu erdagi V – suv miqdori, kg/m3;
    S – sement miqdori, kg/m3.
    1.12. Yirik to‘ldiruvchining miqdori quyidagi formula bilan aniqlanishi lozim:

    BuerdagiKZ – 1m3betondagiyiriktldiruvchining miqdori, kg,
    Kr – surilish koeffitsienti, beton uning eng kichik qiytmatini qumning yirikligiga qarab 1,7-1,9 oralig‘ida belgilash va keyinchalik sinov orqali aniqlik kiritilishi zarur;
    Vkz – yirik to‘ldiruvchining nisbiy o‘lcham ko‘rinishidagi me’yoriy to‘kilgan holatidagi bo‘shliq, keyingi formuladan topilishi lozim:
    ,
    Bu erdagi Υ’kz– yirik to‘ldiruvchining to‘kilgandagi hajmiy og‘irligi kg/dm3;
    Υkz – yirik to‘ldiriuvchining zichligi, kg/dm3, qurilish ishlari uchun tabiiy toshdan oilngan chaqir tosh, shag‘al va shag‘al chaqir toshini me’yor talablari bo‘yicha sinab aniqlanadi.
    CHaqir toshning qorishmadagi eng kichik surilish koeffitsienti qumning yirikligiga qarab quyidagicha qabul qilinishi lozim:
    - yiriklik moduli 1,5-2 bo‘lgan qumlar uchun – 1,7;
    - yiriklik moduli 2 – 2,5 bo‘lgan o‘rtacha qumlar uchun – 1,8;
    - yiriklik moduli 2,5 dan katta bo‘lgan yirik qumlar uchun – 1,9.
    Bir xil miqdordagi suv va V/S nisbatidagi namunaviy beton qorishmasining surilish koeffitsientiga qarab aniqlangan konus cho‘kishi va quyuqlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha grafik chizib, topilgan surilish koeffitsientining mumkin bo‘lgan eng katta qiymatiga sinov orqali aniqlik kiritishga ruxsat etiladi. Surilish koeffitsientining eng katta qiymati yoyiluvchanlik va quyuqlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha eng kichik surilish koeffitsientli beton qorishmasinikidan unchalik ko‘p farq qilmaydigan grafikdagi surilish koeffitsientiga mos keladi. Surilish koeffitsientining eng katta qiymati kichiginikidan 0,2-0,3 ga oshmasligi kerak.
    Yirik to‘ldiruvchi deyilganda, uning sinov orqali topiladigan eng katta og‘irlikdagi alohida donalar qorishmasini tushinish kerak.
    P=

    bu erdagi S-1m3 betondagi sement miqdori, kg
    Vv- og‘ir beton standarti bo‘yicha 1 m3 betondagi
    Biriktirilgan havo hajmi, dm3
    Ys i Yn – ayni tartibdagi sement va qumning zichligi, kg/m3

    1.14.Beton tarkibini hisoblashda kerakli miqdordagi xavoni biriktirish uchun sement og‘irligining 0,01-0,02% da quruq modda hisobidagi SNV (havoni jalb qiluvchi qatron).


    Turidagi qo‘shimchani va sement og‘irligining 0,2% da quruq modda xisobidagi SDB (sulfat-drojjali brajka) qo‘shimchasini ishlatish kerak.
    1.15. Betoning og‘irligi bo‘yicha nominal tarkibi qo‘yidagi formuladan aniqlanishi lozim:






    Download 3.67 Mb.
    1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   219




    Download 3.67 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Noorganik bog‘lovchilar bilan mustaxkamlangan gruntlarning siqilishga mustaxkamligini aniqlash

    Download 3.67 Mb.