• Evolyutsiya jarayonini o’rganish usullari
  • Evolyutsiya nazariyasining asosiy prinsiplari




    Download 2,78 Mb.
    bet4/132
    Sana02.12.2023
    Hajmi2,78 Mb.
    #109795
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   132
    Bog'liq
    Evolution MAJMUA (1)

    Evolyutsiya nazariyasining asosiy prinsiplari
    Evolyutsion nazariyani tahlil qilish ikkita prinsipga asoslanadi. Ulardan biri tarixiy prinsipbo’lib, bu prinsipga muvofiq o’tgan davrlarda organik olamda sodir bo’lgan voqea-hodisalarnio’rganish asosida hozirgi tirik organizmlarning tuzilishi, kelib chiqishi aniqlanadi. Ikkinchi prinsipaktualizm hisoblanadi, mazkur prinsipga ko’ra, hozirgi tirik organizmlarning turli darajadagi tuzilishiniva funksiyasini o’rganish asosida qadimgi davrlarda organik olamning rivojlanishida ro’y bergan hodisalar haqida mulohaza yuritiladi.
    Evolyutsiya jarayonini o’rganish usullari
    Evolyutsiyani tarixiy prinsipga asoslanib tadqiq qilish taqqoslash va genetik usullardan kengfoydalanishni taqozo etadi. Odatda, biologiyaning ko’p sohalarida taqqoslash usulidan kengfoydalaniladi. Chunonchi, anatomiya yordamida organizmlar tuzilishidagi o’xshashlik va farqqa qarab,ular o’rtasidagi qon-qarindoshlik aniqlanadi. Xuddi shunga o’xshash, taqqoslash usuli embriologiyada ham qo’llaniladi va turli organizmlar guruhlarida ontogenetik rivojlanishning dastlabki davrlaridagio’xshashlik va farqqa asoslanib, tekshirilayotgan organizmlar dastlab bir yoki har xil tarmoqdantarqalganligi to’g’risida xulosa chiqariladi. Taqqoslash usuli molekulyar biologiyada ham kengqo’llanilmoqda. Xususan, bir qancha organizmlar turlarini, oqsil va nuklein kislotalar molekulala- rinitaqqoslab, ular filogenetik jihatdan bir-biriga qanchalik yaqinligi aniqlanmoqda.
    Makroevolyutsiyani tadqiq qilishda paleontologiya, morfologiya, biogeografiya usullaridan hamkeng foydalaniladi. Lekin shuni qayd etish kerakki, taqqoslash usuli organik olam evolyutsiyasinibilishda katta ahamiyatga ega bo’lsa ham, biroq uning yordamida u yoki bu xil organizmlarning kelibchiqish sabablarini aniqlab bo’lmaydi. Bu muammo faqat genetik usul bilan aniqlanadi. Genetik vapopulyatsion-statistik usullar mikroevolyutsiya jarayonlarini aniqlashda ayniqsa katta ahamiyatga egaekanligi keyingi vaqtda tobora ayon bo’lmoqda.

    Download 2,78 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   132




    Download 2,78 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Evolyutsiya nazariyasining asosiy prinsiplari

    Download 2,78 Mb.