• MA’LUMOT UZATISH TARMOQLARIDA TARMOQ POG‘ONASI PROTOKOLLARI
  • O'zbeklston respublikasi axborot texnologiy




    Download 2,91 Mb.
    bet19/50
    Sana17.05.2024
    Hajmi2,91 Mb.
    #239889
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   50
    Bog'liq
    Tarmoq protokollari R X Djurayev Sh Y Djabborov M M Umirzakov

    Nazorat savollari





    1. Ethernet kadri nimalardan tashkil topgan?

    2. VLAN ni ishlashini tushuntiring?

    3. L2, L3 kommutatorlarning farqi nimada?

    4. Kommutatorlarni ishlashi nimaga asoslangan?

    5. Paketli kommutatsiyadan foydalangan holda virtual kanal turlari va virtual kanal ish tartibi, deytagramm rejimi va ish tartibi qanday?

    6. X.25 stek protokoliga tavsif bering?

    7. Frame Relay texnologiyasining talabi qanday?

    8. Frame Relay kadrini tuzilishini tushuntirib bering?

    9. Tarmoqda ishlatiladigan qurilmalarga tavsif bering?

    10. ATM tarmog‘ini qurish tamoyillari nimalardan iborat?

    11. ATM yacheykasini tuzilishini tushuntirib bering?
    1. MA’LUMOT UZATISH TARMOQLARIDA TARMOQ POG‘ONASI PROTOKOLLARI





      1. Tarmoq pog‘onasi protokollari. IPv4 va IPv6 manzillash

    Tarmoq pog‘onasi quyidagilarni ta’minlaydi:

    • foydalanayotgan tarmoq va fizik muhitlarni kommutatsiyalash;

    • marshrutizatsiyalashga bog‘liq bo‘lmagan transport tarmoq pog‘onasi uchun axborotlarni uzatishni ta’minlovchi tarmoq ulanishlarini o‘rnatish;

    • faol holda tutish va uzish vositalarini yetkazib berish;

    • ma’lumot oqimlarini boshqarilishini ta’minlash;

    • paketlar jo‘natilishi ketma – ketligini tartibga solish;

    • shoshilinch ma’lumot uzatilishini ta’minlash;

    • xatolarni topish va tuzatilishini ta’minlash.

    Tarmoq pog‘onasining ma’lumotlarini paketlar deb atash qabul qilingan.
    Tarmoq pog‘onasida 2 xil protokol ishlaydi.

    1. Tarmoq protokollari – tarmoq orqali paketlarni xarakatini yo‘lga qo‘yadi;

    2. Marshrutlash protokollari – marshrutizator tarmoqlararo bog‘lanishlar topologiyasi to‘g‘risida axborot to‘playdi.

    Tarmoq pog‘onasi vazifalariga quyidagilar kiradi:

      • murakkab tarmoqlarning qurilmalari o‘rtasidagi paketlar uzatilishi;

      • biron bir me’zon asosida paketlarni uzatish uchun eng muqobil marshrutni aniqlash;

      • kanal pog‘onasi protokollarini moslashtirish (murakkab tarmoq miqyosida).

    Uchinchi pog‘onada bajariladigan tarmoq protokoli ma’lumot paketlari marshrutini tanlashda qo‘llaniladi
    1980-yillarning birinchi yarmida yaratilgan va keyinchalik TCP/IP nomini olgan axborot uzatish modelining protokoli yaratilgan. TCP/IP stek protokoli to‘rt
    pog‘onali tuzilishga ega bo‘lib, har bir pog‘onada o‘zining protokollari mavjuddir. Bu protokol orqali manzillashdan nafaqat internet tarmog‘i elementlarini manzillashni amalga oshirish mumkin, balki lokal tarmoqda ham foydalanuvchilarga yagona manzillar berish mumkin. Manzillash orqali tarmoq foydalanuvchilari bir-biridan farqlanadi va paketlar aniq belgilangan foydalanuvchiga yetib borishi kafolatlanadi. Oldin shaxsiy kompyuterlar soni kam bo‘lgan va ularni manzillashda muammo bo‘lmagan, ammo shaxsiy kompyuterlarning va boshqa tarmoq qurilmalarining sonini keskin ortishi manzillashda muammolarni vujudga keltirdi. IP protokollarining to‘rtinchi IPv4 va oltinchi IPv6 versiyalari mavjud bo‘lib, ular turli xususiyatlarga ko‘ra bir-biridan farqlanadi. Barcha tarmoqning asosiy tuzilishi IPv4 ga asoslangan, ammo ushbu protokol taqdim etayotgan manzillar soni hozirgi ehtiyojlarni qondira olmaydi. Internet tarmog‘i shu darajada rivojlanmoqdaki, u taqdim etayotgan xizmat turlari ham ko‘payib bormoqda. Internet buyumlari, ya’ni masofadan boshqaruv tizimlari, “aqlli uy” kabi zamonaviy imkoniyatlarni ta’minlash uchun IPv6ni qo‘llashdan boshqa iloj qolmadi. “Xalqaro simsiz tadqiqot” forumi a’zolarining baholashicha 2017-2020 yillarda internet buyumlarining soni 7 trln.ni tashkil etadi va bir foydalanuvchiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha miqdorda Internet buyumlarining soni 3000-5000 tani tashkil qilar ekan [1]. Hozirda IPv4 manzillari yakunlangani uchun IPv6 protokolini tarmoqda qo‘llash ustida global miqyosda ish boshlangan.



    Download 2,91 Mb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   50




    Download 2,91 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O'zbeklston respublikasi axborot texnologiy

    Download 2,91 Mb.