|
O`zbekstan respublikasi joqari ha`m orta arnawli bilimlendiriw ministrligi
|
bet | 61/179 | Sana | 27.06.2024 | Hajmi | 3,07 Mb. | | #265905 |
Bog'liq O`zbekstan respublikasi joqari ha`m orta arnawli bilimlendiriw mAbdulla Avloniy (1878-1934). Abdulla Avloniy Turkistonda ilg`or didaktik g`oyalarning tarqalishi va rivojlanishiga munosib hissa qo`shgan buyuk o`zbek pedagogidir. U o`zining qator asarlarida ma`lumot mazmuni, ta`lim prinsiplari hamda ta`lim metodlariga oid muammolarni hal etish yo`llari xususida fikr yuritgan. Abulla Avloniy yangi usulda o`qitiladigan maktablar uchun darslik, qo`llanmalar nashr ettirgan. U “Birinchi muallim”, “Ikkinchi muallim”, “Turkiy guliston yoxud axloq”, “Maktab gulistoni” kabi kitoblarni nashr ettirgan.
A.Avloniyning asosiy izlanishlari xalqni savodli qilish hamda ongini rivojlantirishga qaratilgan. Shu maqsadda Munavvarqori, Tavallo, Rustambek Yusufbekov, Nizomiddin Xo`jaev, Shokirjon Rahimiylar bilan doim aloqada bo`lib turgan.
Yuqoridagilardan ko`rinadiki, Abdulla Avloniy ta`limining maqsadi, mazmuni, prinsiplari, metodlari, tashkiliy shakllari, darslik va o`quv qo`llanmalari tuzish bo`yicha yaxlit didaktik tizim yaratgan o`zbek didaktidir.
Progressiv didaktik tizimlar
Didaktikaning keyingi taraqqiyoti XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida paydo bo`lgan va pedagogikada “Yangi tarbiya” nomi bilan yuritilgan yo`nalish bilan bog`langan. Yangi tarbiya targ`ibotchilari E.Demolen, S.Reudin, A.Ferer va boshqalar tashabbusi bilan an`anaviy maktablar o`rniga tadbirkorlarni tarbiyalashga mo`ljallangan pulli maktablar ochildi. Yangi maktablar shahar chekkasidagi internatlar shaklida tashkil etilgan bo`lib, ularda aqliy ma`lumot san`at, gimnastika, qishloq xo`jaligi va qo`l mehnati ta`limi bilan qo`shib olib boriladi. Yangi tarbiya tarafdorlari klassik didaktikani tanqid qila turib, XX asr maktabini “Mehnat maktabi”, “Ijtimoiy hayotda ishtirok etish maktabi”, “Bolalar 100 yiligiga munosib maktab”, deb atashdi. Ular ta`lim jarayonida asosiy e`tiborni o`quvchiga qaratib, bir tomondan, mashhur fransuz gumanisti Jan Jak Russoning (1712-1778) “Hur tarbiya” to`g`risidagi g`oyalarini yangi sharoitda rivojlantirishdi, ikkinchi tomondan esa, o`sha davrdagi mavjud pedotsentirizm nazariyasini yangi goyalar bilan boyitishdi.
Yangi tarbiya nazariyasi konsepsiyasi o`z davrida progressiv va shu bilan birga, ziddiyatlarga boy pedagogik qarash edi. Bu nazariya tarafdorlari bolaning qiziqishlari, ehtiyojlari nuqtayi nazaridan maktab muammolarini hal qilishar, ta`limning mazmuni metodlari, vositalarini tanlashda o`quvchining xususiyatlarini hisobga olishardi. Ularning tashabbusi bilan ilmiy ishlar sohasida pedagogik eksperement qo`llana boshlandi. Shu bilan birga, ular ta`limning izchilligi, o`quv dasturlari, darsliklarining ta`limdagi rolini inkor etishigacha etib borishdi.
Yangi tarbiya tarafdorlari qarashlarida o`ta so`l fikrlar bilan birga ilg`or, progressiv g`oyalar ham mavjud edi: Gugo Gauding (1860-1923) an`anaviy “kitobiy bilimlar maktabini” bolalarda “ijodiy intilishlarni har tomonlama rivojlantirish” maktabiga aylantirish shiorini o`rtaga tashladi; Ovidiy Dekroli (1871-1932) mavjud maktablarning an`anaviy prinsiplar doirasidan chiqa olmayotganini tanqid etib “hayot uchun va hayot orqali o`qitish” maktabini yaratish muammosini kun tartibiga qo`ydi; Eduard Klapared (1873-1940) dasturlar, darsliklarda o`quvchilarning qiziqishlari, ehtiyojlari hisobga olinmaganligini qoralab, bolalar psixologiyasi va imkoniyatlariga mos maktab yaratish masalasini o`rtaga tashladi; Genrix Rovid (1877-1944) amaldagi maktablarning hayotdan, ishlab chiqarishdan uzilib qolganini ta`kidlab, “Yangi faol maktab yaratish” g`oyasini olg`a surdi.
Yangi tarbiya tarafdorlari o`z didaktik qarashlarida I.F.Gerbart va uning izdoshlari bilan munozara qilishar, ularni formalizm, rigorizm (qoida, prinsiplar doirasidan chiqa olmaslik), avtoritarizmda ayblashardi. Ana shunga ko`ra, ular pedagogika tarixida “progressivistlar”-“ilg`orchilar” nomini olishdi.
|
| |