ПЕДАГОГИКА, ПСИХОЛОГИЯ
285
hamda rivojlantirish yo‘li bilan bartaraf etish. Logopedik ritmikaning vazifalari
sog‘lomlashtiruvchi, ta’limiy (anglash), tarbiyalovchi, korreksiyalovchi sifatida
belgilanadi. Nutqida buzilishi bo‘lgan odamlarda sog‘lomlashtiruvchi vazifani
hal qilish natijasida suyak-muskul
apparatlari mustahkamlanadi, nafas olish,
motor, sensor funksiyalar rivojlanadi, muvozanat tuyg‘usi, to‘g‘ri qad-qomat,
qadam
tashlash, chiroyli harakat tarbiyalanadi. Mashg‘ulotlarning korreksion
yo‘nalishi nutqiy buzilishlar mexanizmi va tuzilmalarini, logopedik ishning
bosqichliligi va majmuaviyligini hisobga olishni shart qilib qo‘yadi. Logoped
patsiyentning yoshi
va shaxsiy xususiyatlarini, uning harakat tizimi holatini,
nutqiy va nutqiy bo‘lmagan jarayonlarning buzilish xarakteri va darajasini:
praksis, gnozis jarayoni, eshitish va ko‘rish idroki, diqqati, xotirasi va q.k. larni
inobatga oladi. Bu barcha topshiriqlar maxsus muassasa turiga boqliq: nutqiy
bolalar bog‘chasi; ommaviy bolalar boqchalaridagi nutqiy guruh, bolalar uyida –
maktabgacha muasasa, maktab; ommaviy umumta’lim maktablaridagi logopedik
punkt; bolalar, kattalar poliklinikalarida, psixonevrologik dispanserlardagi
logopedik kabinetlar;
statsionar, yarimstatsionar, sanatoriy.
Logopedik ritmikaning mohiyatini tushunish uchun harakat, harakatlanish
ko‘nikmasi,
harakatlanish malakasi, ohang, ritmika, musiqiy ohang, musiqiy-
ohangli hissiyot, musiqiy-harakatlanuvchan tarbiya, harakatli o‘yinlar,
kineziterapiya, davolash ritmikasi, logopedik ritmika nima ekanligini tushuntirish
zarur. Turli ko‘rinishlarni aks ettirgan ushbu tushunchalar o‘zaro zich aloqada.
Ular jamiyatning turli rivojlanish davrida yuzaga kelgan.
Ularning mazmuni
chuqurlashadi, inson to‘qrisida turli-tuman fanlar rivojlanishi doirasida aniqlanib
boradi.
Harakat tirik materiyaning asosiy biologik sifati hisoblanib, u jonli tabiatning
evolyusiyasi bilan birgalikda mukamallashadi. harakat eng oliy mukammallikka
“organizm-muhit” tizimidagi tizimosti o‘z-o‘zini boshqarish hisoblanuvchi
organizm, insonning filogenetik rivojlanishida erishadi. harakat – bu tizimda
muvozanatlashtiruvchi asosiy mexanizmlardan biri. Inson organizmi nafaqat muhit
bilan muvozanatga kirishadi, balki faol moslashadi, ko‘nikadi va bu moslashuv
jarayonida bir tomondan, tuzilmaviy va funksional tarzda takomillashadi, boshqa
tomondan esa – muhitni faol o‘zgartiradi va moslashtiradi. Ushbu jarayonda
harakat insonda o‘ziga xos, sifat jihatidan
inson faoliyatining ongli, ijtimoiy-
biologik xarakteriga sabab bo‘ladigan yangi xarakterga ega bo‘ladi.
Ovoz bilan ishlash undosh va unli tovushlarni talaffuz etish bilan boshlanadi.
Mashqlar musiqiy kuzatuv va ularsiz olib boriladi. Unli tovushlar ovoz
balandligida o’zgarish bilan kuylanadi. Agar bu mashqlar tеzda uddalanmasa,
ovoz balandligida o’zgarishga erishi uchun “miyovlash” yoki “guvillash” dan
(mushukning ovoziga, paroxodning gugulashiga taqlid sifatida) foydalanish
mumkin. Ovozning kuchi musiqiy akkompanеntning tеgishli kuchlanishi yoki