Oziq zanjiri va ekologik
piramida qoidasiga oid
masala va mashqlar yechish
metodikasi
Asosiy
tushunchalar:
Produtsentlar yoki avtotrof
organizmlar
oʻzlari uchun kerakli
boʻlgan organik moddalarni hosil
qiladi. Konsumentlar yoki geterotrof
organizmlar esa boshqa
organizmlarni isteʼmol qilish orqali
ulardagi organik moddalarni
oʻzlashtiradilar.
Oziq zanjiri
bu organizmlarning
chiziqli ketma-ketligi boʻlib, bir
organizm boshqasi bilan oziqlanishi
natijasida oziq moddalar va
energiyaning bir organizmdan
ikkinchi organizmga oʻtishidan
iborat.
Oziq zanjirida har bir organizm
turlicha trofik darajani egallaydi va
bu zanjir asosidagi qismdan qancha
energiya ajralib, zanjirning keyingi
qismiga oʻtishiga koʻra farqlanadi.
Oziq toʻrlari bir-biri bilan oʻzaro
bogʻlangan koʻplab oziq
zanjirlaridan iborat va ular
ekotizimdagi ozuqa isteʼmoli
munosabatlarining grafik ifodasi
hisoblanadi.
Trofik darajalar oʻrtasida
energiyaning biridan ikkinchisiga
oʻtish unumdorligi past, yaʼni
taxminiy unumi 10% ga teng. Bu
kamunumlik oziq zanjiri
davomliligini chegaralaydi.
Kirish.
Har xil turdagi organizmlar koʻp yoʻllar orqali oʻzaro munosabatda boʻladi. Ular bir-biri bilan
raqobatlashishi yoki simbiontlar, yaʼni uzoq muddat yaqin munosabatda boʻluvchi sheriklar
boʻlishi mumkin. Yoki ular biz tabiatda tez-tez guvohi boʻladigan hodisani amalga oshiradi: biri
boshqasi bilan oziqlanadi! Bu orqali ular oziq zanjiridagi bogʻlanishlardan birini hosil qiladi.
Ekologiyada oziq zanjiri biri ikkinchisi bilan oziqlanuvchi organizmlar yigʻindisidan iborat boʻlib,
bunda oziq moddalar va energiya biridan keyingisiga oʻtib boradi. Masalan, siz tushlikka
gamburger tanovul qildingiz, siz ham oziq zanjiri ishtirokchisiga aylanasiz va bu quyidagicha
namoyon boʻladi: maysa >sigir >odam. Lekin gamburger ichiga salat bargi qoʻyib tanovul
qilsangiz-chi? Ushbu holatda ham siz oziq zanjiri ishtirokchisiga aylanasiz va bu quyidagicha
namoyon boʻladi: salat bargi > odam.
Bu misolda bayon etilganidek, biror organizm (masalan, odam)ning chiziqli tarzda davom
etuvchi oziq zanjirida qanday mahsulotlar isteʼmol qilishini toʻliq tasvirlab bera olmaymiz.
Yuqoridagi kabi holatlarda biz oziq toʻrini koʻplab oʻzaro kesishuvchi oziq zanjirlaridan iborat va
biror-bir organizm nimalar bilan oziqlanishi hamda bir organizmning boshqasi tomonidan
isteʼmol qilinishini koʻrsatuvchi vosita sifatida olishimiz mumkin.
|