• Fotoautotroflar
  • Xemoavtotroflar
  • Geterotroflar
  • Oziq zanjiri va ekologik piramida qoidasiga oid masala va mashqlar yechish metodikasi




    Download 1,82 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/3
    Sana14.05.2024
    Hajmi1,82 Mb.
    #232972
    1   2   3
    Bog'liq
    Masala va mashqlar MT2AzizovaGavxar405

    Avtotroflar va
    geterotroflar
    Oziq topish uchun organizmlar
    qanday asosiy jarayonlarni
    qoʻllaydi? Baʼzi organizmlar
    karbonat angidrid kabi oddiy
    molekulalardan oʻzlari uchun
    ozuqa boʻladigan organik
    birikmalarni hosil qilgani uchun
    oʻz-oʻzidan oziqlanadigan turlar
    sifatida maʼlum va ular avtotroflar
    deb nomlanadi. Avtotroflar ikkita
    asosiy turga ajratiladi:


    Fotoautotroflar, masalan, oʻsimliklar fotosintez
    jarayonida quyosh energiyasidan foydalanib
    karbonat angidriddan organik birikmalar – qand
    moddalarni hosil qiladi. Fototrof organizmlarga
    yana suvoʻtlar va sianobakteriyalarni ham misol
    qilib keltirish mumkin.
    Xemoavtotroflar kimyoviy energiyadan
    foydalangan holda karbonat angidrid va shu kabi
    molekulalardan organik birikmalar hosil qiladi.
    Bu jarayon xemosintez deb nomlanadi. Misol
    uchun, suvostining yorugʻlik yetib bormaydigan
    qorongʻi qismlarida vodorod sulfidni oksidlovchi
    xemoavtotrof bakteriyalar uchraydi.


    Avtotroflar
    sayyoramizdagi har bir
    ekotizimning asosi hisoblanadi. Bu
    gʻaroyib eshitilishi mumkin, lekin
    bu mubolagʻa emas. Avtotroflar
    oziq zanjirlari va oziq toʻrlarining
    asosini shakllantiradi, ular yorugʻlik
    va kimyoviy moddalardan oladigan
    energiya tabiatdagi barcha boshqa
    organizmlarni taʼminlaydi. Oziq
    zanjirlari haqida gap borganda, biz
    avtotroflarni produtsentlar deb
    ataymiz.


    Geterotroflar karbonat angidriddan oʻzlari uchun kerakli ozuqalarni hosil qilish uchun
    quyosh nuri yoki kimyoviy energiyadan foydalanmaydi va ular boshqa organizmlarni isteʼmol
    qiluvchilar hisoblanadi. Odam geterotrof organizmdir. Geterotroflar boshqa organizmlarni yoki
    ularning mahsulotlarini isteʼmol qilish orqali organik molekulalarni oʻzlashtiradi. Hayvonlar,
    zamburugʻlar va koʻplab bakteriyalar ham geterotrof organizmlarga kiradi. Oziq zanjiri haqida
    gap borganda geterotroflarni konsumentlar deb ataymiz. Qisqacha aytib oʻtadigan boʻlsak,
    tabiatda oʻsimlikxoʻr hasharotlardan tortib goʻshtxoʻr hayvonlargacha hamda qoldiq va
    chiqindilar bilan oziqlanuvchi zamburugʻlargacha turli ekologik ahamiyatga ega boʻlgan har xil
    konsumentlar mavjud.

    Download 1,82 Mb.
    1   2   3




    Download 1,82 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oziq zanjiri va ekologik piramida qoidasiga oid masala va mashqlar yechish metodikasi

    Download 1,82 Mb.
    Pdf ko'rish