IV. Lizing to‘lovlari bo‘yicha qarzdorliklarni undirilishi




Download 44 Kb.
bet4/5
Sana28.07.2021
Hajmi44 Kb.
#16186
1   2   3   4   5
IV. Lizing to‘lovlari bo‘yicha qarzdorliklarni undirilishi.

Lizing oluvchilar tomonidan 2017 yilning I-choragi davomida Kompaniya hisob raqamiga lizing to‘lovlari bo‘yicha 8,5 mlrd. so‘m mablag‘, shu jumladan 0,6 mlrd. so‘m oldindan 15 % bo‘nak to‘lovlari uchun va 7,7 mlrd. so‘m lizing to‘lovlari uchun mablag‘lar tushirishga erishildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan hisobot yiliga nisbatan 94,6 foizni tashkil qildi.

Joriy yilning I-choragi davomida lizing to‘lovlari bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlikka yo‘l qo‘ygan 15 ta xo‘jalik sub’ektlarini mavjud qarzdorliklarini undirish yuzasidan xo‘jalik sudlariga da’vo arizalari kiritildi. Bundan tashqari Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda viloyat hokimliklari, viloyat havza boshqarmalari va lizing oluvchi korxonalarning o‘zlariga bir necha marotaba qarzdorliklarni kamaytirish bo‘yicha xatlar yozildi.

Kompaniya tomonidan ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida lizing to‘lovlaridan bo‘yicha qarzdorlik o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,6 mlrd. so‘mga yoki 20 foizga kamaytirishga erishildi. Shundan to‘lov muddati o‘tgan qarzdorlik o‘tgan yilga nisbatan 1,3 mlrd.so‘mga yoki 53,6 foizga kamaytirildi. Qarzdorlikni umumiy portfeldagi ulushi 1,18 foizga tushirishga erishildi.

Xususan katta qazdorlik ayrim viloyatlarda saqlanib qoldi. Jumladan Toshkent viloyatida 774,1 mln.so‘mni, Samarqand viloyatida 766,3 mln.so‘mni, Qashqadaryo viloyatida 534,2 mln.so‘mni, Jizzax viloyatida 519,0 mln.so‘mni, Sirdaryo viloyatida 411,0 mln. so‘mni, Xorazm viloyatida 354,9 mln.so‘mni tashkil qildi.



Download 44 Kb.
1   2   3   4   5




Download 44 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



IV. Lizing to‘lovlari bo‘yicha qarzdorliklarni undirilishi

Download 44 Kb.