II. Kompaniya faoliyatini takomillashtirishda Hukumat topshiriqlarining bajarilishi




Download 44 Kb.
bet2/5
Sana28.07.2021
Hajmi44 Kb.
#16186
1   2   3   4   5
II. Kompaniya faoliyatini takomillashtirishda Hukumat topshiriqlarining bajarilishi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 21 dekabrdagi 266-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan 2017 yil uchun texnikalar xaridi bo‘yicha tuzilgan kontraktlarni moliyalashtirish bo‘yicha Melioratsiya jamg‘armasiga buyurtmanomalar taqdim qilindi.

Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 11 iyuldagi 209-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan barcha turdagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning ehtiyojlari va talablariga ko‘ra melioratsiya texnikalari yetkazib berilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi”ning ijrosini ta’minlash yuzasidan “O‘zmeliomashlizing” kompaniyasi tomonidan bir qator ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, yangi turdagi lizing xizmatlari hisobiga ularning xajmini kengaytirish va sifatini oshirish maqsadida yopiq-yotiq drenaj tarmoqlarini avtomatlashtirilgan holda quruvchi zamonaviy texnikalardan 3 dona xarid qilinib, Sirdaryo, Jizax va Qashqadaryo viloyatidagi lizing oluvchilarga yetkazib berildi.

Ushbu texnikaning afzalliklari shundaki, bu texnika yordamida yer ostiga joylashtirilgan quvurlardan uzoq yillar almashtirmasdan foydalaniladi, sizot suvlarini pasaytirish bilan birga tuproqning fiziologik holati yaxshilanib, sho‘r yuvish tannarxi ancha kamayadi. Natijada tuproqning unumdorligi oshadi.

Bundan tashqari, muqaddam qurilgan yopiq drenaj tarmoqlarini yuqori bosim bilan yuvadigan 6 dona zamonaviy drenaj yuvish texnikalari xarid qilindi va lizing shartnomalari asosida berildi. Yuqori bosimli mazkur texnikalardan yer ostida joylashgan drenaj quvurlarini cho‘kma jinslardan tezkor tozalashda samarali foydalanilmoqda. Buning natijasida sarf-xarajatlarni kamaytirishga erishilmoqda.

Shu bilan birga Harakatlar strategiyasida eng avvalo zamonaviy suv resurslarini tejaydigan agrotexnologiyalarni joriy etish, unumdorligi yuqori qishloq xo‘jaligi texnikasidan foydalanishning afzalliklariga urg‘u berilgan bo‘lib, shu yuzadan kompaniyamiz tomonidan suvni tejash va tuproq unumdorligini oshirish uchun qo‘llaniladigan lazerli yer tekislash vositalaridan 6 tasi kompaniyaning o‘z mablag‘lari hisobidan olinib, lizing oluvchilarga taklif qilinmoqda.

Mazkur texnika yordamida qishloq xo‘jaligi yer maydonlari yuzasi tekislangach, suv sarfi 2 barobar kamayadi, paxta, g‘alla va boshqa ekinlarning hosildorligi sezilarli darajada oshadi.

“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturi ijrosini so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha Kompaniya tomonidan tegishli chora tadbirlar ishlab chiqildi. Bunda, “Inson manfaati har narsadan ulug‘” degan ezgu g‘oyani hayotga izchil joriy etish va shu asosda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning asosiy yo‘nalishlari va ustuvor vazifalarini amalga oshirishni nazarda tutgan holda Kompaniyada jismoniy va yuridik shaxslarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ularning arizalarini elektron tartibda qabul qilish tartibi joriy qilindi.

“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2013-2020 yillar davrida O‘zbekiston Respublikasining milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturining ijrosi to‘g‘risida”gi bayoni ijrosini ta’minlash bo‘yicha Kompaniyada 2015-2020 yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini kengroq tadbiq etish va rivojlantirish bo‘yicha dasturi ishlab chiqildi va vazifalar belgilab olindi. Jumladan, Kompaniya faoliyati bo‘yicha davlat xizmatlarini to‘liq xatlovdan o‘tkazilib, ularning reglamentlarini Yagona Davlat xizmatlari reyestriga sifatli va to‘liq taqdim qilindi. Shuningdek, muntazam ravishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilinganlik holati bo‘yicha reyting baholarini yanada oshirish yuzasidan tegishli choralar ko‘rib borilmoqda hamda yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali kelib tushayotgan aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqilib, ijrosi to‘liq nazoratga olindi.

Internetdagi rasmiy veb-saytda amalga oshirilayotgan ishlar, tarkibiy va kadrlarga oid o‘zgarishlar, qabul qilingan qarorlar, sohaga oid ilmiy yangiliklar va tavsiyalarni doimiy ravishda yoritib borilmoqda. Kompaniyaning elektron qabulxona tizimi ishga tushirilgan. Elektron qabulxona tizimining obro‘sizlanishiga olib keladigan hatti-harakatlar, kelib tushgan murojaatlarni ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalib ketmasligi oldini olish chora-tadbirlari ishlab chiqildi.

Kelib tushayotgan murojaatlarni har haftada taxlil qilinib, aholi va tadbirkorlik sub’ektlari uchun qulay sharoit yaratish choralari ko‘rildi. Aholi va tadbirkorlarning joyida hal etiladigan murojaatlarini hal etish maqsadida Kompaniya veb-saytlari va ishonch telefonlari orqali murojaat qilish tizimini tubdan yaxshilandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 19 apreldagi “2013-2017 yillar davrida sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish to‘g‘risida”gi 1958-sonli qarori bilan tasdiqlangan Davlat dasturini Surxondaryo, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida ijrosini o‘rganish uchun Kompaniya xodimlari tomonidan lizingga berilgan texnikalardan maqsadli va samarali foydalanish yuzasidan monitoring o‘tkazdilar.




Download 44 Kb.
1   2   3   4   5




Download 44 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II. Kompaniya faoliyatini takomillashtirishda Hukumat topshiriqlarining bajarilishi

Download 44 Kb.