|
-rasm. Turli hil sharoitda tayyorlangan PQElarning vaqt o’tishi bilan degaradatsiya jarayoniga barqarorligi
|
bet | 3/4 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 62,48 Kb. | | #231657 |
Bog'liq 1-yarim yillik Otaqulova N.1-rasm. Turli hil sharoitda tayyorlangan PQElarning vaqt o’tishi bilan degaradatsiya jarayoniga barqarorligi
Odatiy usulda tayyorlangan PQElarning EO’Si 24 sutka ichida deyarli nolga teng bo’lgan bo’lsa, aksincha shisha/FTO taglikni oldindan qizdirish usuli orqali tayyorlangan PQElarning EO’Si 30 sutkadan keyin ham 1 % atrofida saqlanib qolgan.
Xulosa qilib aytganda, perovskit faol qatlamlarini tayyorlashda shisha/FTO taglikni oldindan qizdirish usulidan foydalanish ularning strukturasi yaxshilanishiga faol qatlamdagi nuqsonlar samarali ravishda kamayishiga va kristall zarralarining o’lchamlari o’sishiga yordam berar ekan. Bundan tashqari bu usul yordamida faol qatlam qalinligi oshdi va ularning zaryad rekombinatsiyasi yuqori darajada kamaydi. Shu bilan birga, bu usul yordamida tayyorlangan perovskit faol qatlamlarining ichki barqarorligi odatiy usulda tayyorlangan perovskit faol qatlamlari bilan solishtirganda sezilarli ravishda oshdi.
Olingan natijalar asosida maqola yozildi va maqolamiz 2023-yilning 19-dekabr sanasida O’zMU xabarlarining 4-sonida nashr etildi.
Ilmiy seminarda ma`ruza qilish uchun “Turli sharoitlarda tayyorlangan noorganik perovskit faol qatlamlarning optik xossalari” mavzusi bo`yicha adabiyotlar bilan tanishish, uning tahlili asosida prezentatsiya shaklida ximoya qilish bo'yicha topshiriqlar oldim.
Ilmiy seminarda ma`ruza qilish uchun “Spin coating metodi orqali olingan noorganik perovskit quyosh elementlarining samaradorligini oshirishda shisha tagliklar haroratining ahamiyati” mavzusi bo`yicha adabiyotlar bilan tanishildi va uning tahlili asosida prezentatsiya shaklida himoya qilindi.
Ilmiy seminarda ma’ruza qilish uchun barcha talabalarga magistrlik dissertatsiya mavzular berildi va men “Bromid tarkibga ega perovskit quyosh elementlarining optik va fotovoltaik xossalari” mavzuyim bo‘yicha adabiyotlar hamda ilmiy maqolalar bilan tanishib, uning kirish qismini taqdimot namoyishi (prezentatsiya) shaklida himoya qilish uchun ma’lumotlar to‘plab, ularni tahlil qildim.
Ilmiy seminarda ma`ruza qilish uchun “Bromid tarkibga ega perovskit quyosh elementlarining optik va fotovoltaik xossalari” mavzusi bo`yicha “Kurs ishi” tayyorlandi.
|
| |