|
P habibullayev nomidagi fizika fakulteti
|
bet | 4/4 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 62,48 Kb. | | #231657 |
Bog'liq 1-yarim yillik Otaqulova N.
O‘quv jarayonini tashkil etishga bog‘liq bo‘lgan me’yoriy hujjatlar bilan tanishdim. “Fotonika” kafedrasining “70530901 - “Fizika” (yo’nalishlari bo’yicha) mutaxassisligiga tegishli malaka talablari, na’munaviy o‘quv reja, ishchi o‘quv rejalar hamda na’munaviy o‘quv dasturlari, ishchi o‘quv dasturlari bilan fevral oyida tanishib chiqish topshirig‘i berildi. Malaka talablari- oliy ta’lim tegishli bosqichi bitiruvchisining bilim, ko‘nikma va kompitentatsiyalariga qo‘yiladigan talablar. Ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotli shaxslar egallashi lozim bo‘lgan lavozimlarda mustaqil samarali mehnat faoliyatini yuritishini ta’minlashi hamda tegishli mutaxassislik bo‘yicha magistraturada oliy ta’limni davom ettirish imkonini berishi lozim. Magistrning tayyorgarligiga nisbatan qo‘yiladigan malaka talablari mutaxassislik bo‘yicha magistr akademik darajali shaxslar egallashi lozim bo‘lgan lavozimlarda mustaqil ilmiy-tadqiqot, ilmiy-pedagogik va kasbga doir boshqaruv faoliyati bilan samarali shug‘ullanishini ta’minlashi, tegishli mutaxassislik bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’limda (tayanch doktorantura, mustaqil izlanuvchi) tahsil olish imkonini berishi lozim.
Ilmiy-pedagogik ish bo‘yicha kаfedrа tomonidan biriktirilgan professor- o‘qituvchilаrining mа’ruzа, аmаliy vа lаborаtoriya mаshg‘ulotlаridаn olib borgаn dаrslаrigа kirib, mаshg‘ulotlаr olib borish tаjribаlаri bilаn tаnishdim. Jumladan fotonika kafedrasi mudiri dots. T. Axmadjonov va fotonika kafedrasining katta o’qituvchisi M. Akramov ning darslariga kirildi va dars tahlili shakllantirildi.
Ilmiy-pedagogik ishlar bo‘yicha rejalashtirilgan tadbirlarning ijrosi yuzasidan ilmiy rahbar bilan kelishilgan holda yozma hisobot tayyorlab, rahbar nazoratidan o‘tkazib, har oyda belgilangan jadval bo‘yicha kafedraga hisobot topshirdim.
Ushbu hisobot shaxsiy kalendar ish rejasi loyihasida ko‘rsatilgan ma’lumotlar asosida tayyorlandi.
Adabiyotlar
LU L, ZHENG T, WU Q, et al. Recent advances in bulk heterojunction polymer solar cells[J]. Chemical reviews: 2015, 115 (23): 12666-12731.
CHAPIN DM, FULLER CS, and PEARSON GL. New silicon p-n junction photocell for converting solar radiation into electrical power[J]. Journal of Applied Physics: 1954, 25 (5): 676-677.
The fraunhofer institute for solar energy systems ISE, soitec[J]. CEA-leti and the helmholtz center Berlin: 2013.
KOJIMA A, TESHIMA K, SHIRAI Y, et al. Organometal halide perovskites as visible-light sensitizers for photovoltaic cells[J]. Journal of the American Chemical Society: 2009, 131 (17): 6050-6051.
Oxford PV perovskite solar cell achieves 28% efficiency[J]. Oxford PV: 2019.
CHEN P-Y, QI J, KLUG MT, et al. Environmentally responsible fabrication of efficient perovskite solar cells from recycled car batteries[J]. Energy & Environmental Science: 2014, 7 (11): 3659-3665.
Magistr talabasi: N. Otaqulova
Ilmiy rahbar: A. Saparbayev
Ilmiy maslahatchi: R. Vildanov
|
| |