P habibullayev nomidagi fizika fakulteti




Download 62,48 Kb.
bet2/4
Sana14.05.2024
Hajmi62,48 Kb.
#231657
1   2   3   4
Bog'liq
1-yarim yillik Otaqulova N.

Ilmiy seminar darslaridan.

Semestr davomida o‘rganilgan barcha fanlardan yakuniy imtihonlarga qatnashib barchasini muvaffaqiyatli topshirdim.

II. Ilmiy tadqiqot ishlari


1. Magistrlik dissertatsiyasi mavzusiga tegishli mavjud adabiyotlardagi ma`lumotlar tahlil qilinib, dissertatsiyaning maqsad va vazifalari shakllantirildi.


2. Magistrlik dissertatsiyasi 1-bobining kirish qismi va 1-paragrafiga tegishli ma`lumotlar bazasi yig`ilib, tahlil qilindi.
3. Ilmiy rahbarim Ph.D. Saparbayev A.A. bilan dissertatsiya mavzusi yuzasidan laboratoriya ishlarini olib bordik. Olingan natijalar asosida tezis yozilib, Qarshi shahrida 2023-yil 30-31 oktyabr kunlari bo’lib o’tadigan “Mikro va nanotexnologiya, yangi materiallar olishning zamonaviy holati va istiqbollari”ga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyasiga tezisni jo’natdik va tezismiz konferensiya to’plamida nashr etish uchun qabul qilindi.
4. Tajriba jarayonida noorganik perovskit faol qatlam sifatini yaxshilash uchun perovskit faol qatlamini yotqizish paytida shisha/FTO taglikni oldindan qizdirish usulini qo'lladik. 1-rasmda CsPbIB perovskit faol qatlamlarini tayyorlash uchun shisha/FTO taglikni xona haroratida va qizdirish usuli orqali PQElarni tayyorlashning sxematik tasviri keltirilgan. Ikki xil sharoitda PQElarni yasash texnologiyasi quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi. Dastlab shisha/FTO tagliklar ultratovushli vannada atsetonda, deionizatsiya qilingan (DI) suvda va izopropil spirtida (IPA) har biri 13 daqiqa davomida tozalanib, so’ngra esa yuqori toza azot gazi yordamida quritildi. Keyinchalik, shisha/FTO tagliklar 6 daqiqa davomida kislorod plazma tozaligichida ishlov berilib tozalandi. Shisha/FTO sirt tayyor bo’lgach, spin qoplama usuli yordamida TiO2 ni 4000 ayl./min tezlik bilan 20 sekund davomida yotqizildi va pechda atmosfera sharoitida 10 daqiqa davomida 110 haroratda qizdirildi.
5. Ilmiy rahbarim Ph.D. Saparbayev A.A. bilan dissertatsiya mavzusi yuzasidan quyidagi laboratoriya ishlarini olib bordik:
PQE bo’yicha tadqiqotlardagi eng asosiy muammolardan biri barqarorlik ya’ni ishlash muddatidir. Chunki perovskit quyosh elementlari katta energiya o’zgartirish samaradorligiga erishganligiga qaramay, juda qisqa fursatda perovskitlar atrof muhitga ta’sirchanligi tufayli atmosfera sharoitida kislorod va namlik ta’sirida juda tez degredatsiyaga uchraydi va quyosh nuridan energiya olish uchun yaroqsiz holga aylanadi. Hozirda bu muammolarni hal qilish uchun ko’plab usullar qo’llab ko’rilmoqda, masalan perovskit sintez eritmasiga qo’shimchalar qo’shish, yuqori haroratda perovskit sintez qilish, perovskit faol qatlamini termik qizdirish va perovskit faol qatlam yuzasini suyuqlik bilan yuvish shular jumlasidandir[]. Biz bu ishda noorganik perovskit faol qatlam sifatini yaxshilash uchun perovskit faol qatlamini yotqizish paytida shisha/FTO taglikni oldindan qizdirish usulini qo'lladik.
Ikki xil sharoitda PQElarni yasash texnologiyasi quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi. Dastlab shisha/FTO tagliklar ultratovushli vannada atsetonda, deionizatsiya qilingan (DI) suvda va izopropil spirtida (IPA) har biri 13 daqiqa davomida tozalanib, so’ngra esa yuqori toza azot gazi yordamida quritildi. Keyinchalik, shisha/FTO tagliklar 6 daqiqa davomida kislorod plazma tozaligichida ishlov berilib tozalandi. Shisha/FTO sirt tayyor bo’lgach, spin qoplama usuli yordamida TiO2 ni 4000 ayl./min tezlik bilan 20 sekund davomida yotqizildi va pechda atmosfera sharoitida 10 daqiqa davomida 110 haroratda qizdirildi.
So’ngra qizdirilgan Shisha/FTO/TiO2 pechdan olinib, sovumasdan darhol 25-30 µL miqdorda CsPbIB eritmasi tomizildi va spin-coating usuli bilan 20 s davomida 3500 ayl/min tezlikda yotqizildi(1a-rasm). Keyin xona haroratigacha sovutilgan Shisha/FTO/TiO2 ustiga perovskit eritmasi huddi shunday sharoitda yotqiziladi. Ikki sharoitda ya’ni shisha/FTO taglikni oldindan qizdirish usulisiz va shisha/FTO taglikni oldindan qizdirish usuli orqali tayyorlangan CsPbIBr2 perovskit faol qatlamlar 5 daqiqa davomida sovitildi va yana 280 da 10 daqiqa qizdirildi. So’ngra sovitilgan faol qatlam yuzasiga Spiro-OMeTAD eritmasi tomizildi va spin-coating usuli yordamida 20 s davomida 4000 ayl/min tezlik bilan qoplandi. Barcha struktura tayyor bo’lgach qalinligi 100 nm dan tashkil topgan Al (alyumin) katod sifatida vakuum sharoitida 5x10-4 Pa bosim ostida termal bug’lanish usulida yotqizildi.
Fotovoltaik natijalarni tahlil qiladigan bo’lsak, odatiy usulda tayyorlangan PQElarning tok zichligi 7.26 mA/cm2 va ochiq zanjir kuchlanishi (Voc) 0,85 V to’lqdiruvchifaktori esa 68 % ga erishdi. Biz shisha/FTO taglikni 110 ga qizdirishimiz natijasida tok zichligining qiymatini 11.32 mA/cm2 gacha va ochiq zanzir kuchlanishini 0.90 V gacha oshirdik. Bunda EO’S 4.1% dan 6.9 % gacha oshdi. 1-rasmda ikki hil sharoitda tayyorlangan, ya’ni shisha/FTO taglikni oldindan qizdirishmasdan va shisha/FTO taglikni oldindan qizdirish usuli orqali tayyorlangan CsPbIBr2 PQElarning baraqarorligi ya’ni ishlash muddati solishtirildi. Grafikdan ko’rinib turibdiki, shisha/FTO taglikni oldindan qizdirish usuli orqali tayyorlangan PQElarning nafaqat foltovaikt parametrlari oshgan, balki ularning barqarorligi ham shisha/FTO taglikni oldindan qizdirishmasdan tayyorlangan PQElarga nisbatan sezilarli ravishda oshgan.


Download 62,48 Kb.
1   2   3   4




Download 62,48 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



P habibullayev nomidagi fizika fakulteti

Download 62,48 Kb.