20
Tanlangan
tizim
kombinatsiyasidan
qat'i
nazar
(BUCK-BOOST,
BIDIRECTIONAL, BUCK yoki SEPIC konvertor), texnik xususiyatlarga
qo'shimcha ravishda, iqtisodiy ko'rsatkichlarni va savdoda komponentlarning
mavjudligini hisobga olish kerak.
"Suvni avtonom dezinfektsiyalash qurilmalari tizimlarini loyihalash"
deb
nomlangan 5 bobda avtonom ultrabinafsha dezinfektsiyalash moslamasining
apparat konstriktsiyasi ko„rib chiqilgan. Ultrabinafsha (UB) nurlanish yordamida
suvni zararsizlantirish usuli muallak zarralar, loyqalik, temir mavjudligi va
blyashka hosil qilish tendentsiyasi bilan bog'liq ma'lum cheklovlarga ega. UB
kamerasini
ishlatadigan
suvni
tozalash
moslamasidan
foydalanilganda,
5 mikrondan ortiq zarrachalarni olib tashlash uchun suvni oldindan filtrlash kerak.
Elektromagnit tozalash tizimi o'rnatilgan UB chiroq oldida joylashtiriladi.
Harakatlanuvchi to'lqin tushunchasidan foydalangan holda elektromagnit tozalash
moslamasining diagrammasi 7-rasmda ko'rsatilgan. Tizimning yuqori qismida
joylashgan korpus 1 ning yuqori yuzasida elektromagnit tizim 2 mavjud bo'lib, u
harakatlanuvchi turdagi magnit maydon hosil qiladi. Bu maydon ikkita muhim
vazifani bajaradi: birinchidan, korpus 1 va suyuqlik drenaj trubkasi 3 orasidagi
bo'shliqda joylashgan ferromagnit zarrachalarni korpusning tashqi devoriga tortadi,
ikkinchidan, bu zarralarni bunker 4 tomon harakatlantiradi. Bunker ichida
ferromagnit zarralar ishlov berilgan zanglamaydigan ferromagnit po'latlarning
kichik bo'laklaridan tashkil topgan magnitlangan sorbentlarni o'z ichiga olgan
magnitlangan o‟rnatgich 5 mavjudligi sababli saqlanadi. Agar suyuqlikdan
ajratilgan ifloslantiruvchi moddalardan qutulish zarur bo'lsa, bunker 4 ochilishi
mumkin. Tozalashdan so'ng suyuqlik ultrabinafsha kamerada keyingi ishlov berish
uchun chiqish trubkasi 3 orqali yuboriladi (7-rasm).