“Проводник” dasturidan foydalanish va uni sozlash




Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana08.02.2022
Hajmi0.66 Mb.
#17228
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1 lab
4-amaliy, 3-amaliy, 1-amaliy
4. “Проводник” dasturidan foydalanish va uni sozlash 
“Проводник” (Windows Explorer) – bu foydalanuvchiga kompyuterdagi yoki kompyuter 
tarmog‘idagi papkalar va fayllar bilan ishlash imkonini beruvchi standart dasturdir. Quyidagi rasmda 
bu dasturning oyna ko‘rinishi (interfeysi) keltirilgan. 


Rasm 1.10. “Проводник” dasturining oyna ko‘rinishi 
“Проводник” dasturi papkalar, fayllar, disklar ustida amallar bajarish imkonini beradi. Papka 
va fayllar ustida amallar deganda yangi papka yoki fayl yaratish, papka yoki faylni ochish, papka yoki 
faylni o‘chirish va xakazo amallar to’plami tushuniladi. Papkalar va fayllar ustida bajariladigan 
amallarning to‘liq ro‘yxatini dasturining “Файл” menyusi orqali yoki “Проводник” oynasida 
sichqoncha bilan kerakli papka yoki faylni belgilab olib, so’ng sichqoncha o‘ng tugmasini bosish 
orqali ochiladigan kontekstli menyudan ko‘rish mumkin. Kontekstli menyudagi amallar ro’yxati 
tanlangan fayllarga va kompyuterga o‘rnatilgan amaliy dasturlarga bog‘iq holda o‘zgarishi mumkin.
Kontekstli menyuning “Создать” buyrug‘i tanlangan turli fayllarni yaratishda qulaylik 
tug‘diradi. Yangi papkalar yaritish uchun esa “Проводник” dasturining instrumentlar panelida 
joylashgan “Новая папка” tugmasidan foydalangan qulay. Faylardan nusxa olish, bir papkadan 
ikkinchi bir papkaga ko‘chirish uchun: 
a) CTRL+C va CTRL+V yoki CTRL+X va CTRL+V tugmalar kombinatsiyasidan
b) Kontekstli menyuning “Копировать” va “Вставить” yoki “Вырезать” va “Вставить” 
buyruqlaridan;
c) Sichqoncha yordamida fayllarni bir papkadan boshqasiga olib o’tish (Rasm1.11) orqali bajariladi. 
Rasm1.11. Fayldan sichqoncha yordamida nusxa olish 
Sichqoncha chap tugmasini bosgan holda faylni yoki fayllar guruhini bir papkadan ikkinchi 
papkaga olib o’tilayotganda qanday amal bajarilayotgani haqida ma’lumot chiqadi. Odatda 3 xil amal 
bajariladi, ya’ni nusxa olish (Копировать), ko’chirish (Переместить) va yorliq tashkil etish (Создать 
ссыльку). Agar har ikki papka bir disk doirasida bo’lsa fayl bir papkadan ikkinchi papkaga to’liq 
ko’chiriladi. Fayllarni bir disk doirasidagi bir papkadan ikkinchi bir papkaga nusxasini olish uchun 
fayllar sichqoncha yordamida olib o’tilayotganda “Ctrl” tugmasi bosib turiladi. Agar bunda “Alt” 
tugmasi bosib turilsa ikkinchi papkada fayllar yorliqlari hosil bo’ladi. 


Agar papkalar yoki fayllar bir papkadan ikkinchi bir papkaga sichqoncha o’ng tugmasi 
bosilgan holda olib o’tilsa, o’ng tugma qo’yib yuborilganda qaysi amalni bajarish kerakligini tanlash 
uchun kontekstli menyu paydo bo’ladi. Unda youqoridagi amallar bilan birga bekor qilish 
(Отменить) amali ham bo’ladi. Bu yerdan kerakli buyruq tanlanadi.
Papkalar yoki fayllar guruhi ustida amallar bajarish uchun avval ular ajratib olinadi. Ajratishni 
quyidagi usullardan biri yordaimida bajarish mumkin: 
a) Sichqoncha chap tugmasi bosilgan holda ajratish; 
b) Sichqoncha yordamida birinchi faylni belgilab olib, so’ng oxirgi faylni “Shift” tugmasi 
bosilgan holda tanlash orqali ajratish; 
c) “Ctrl” tugmasi bosilgan xolda sichqoncha ko’rsatkichi bilan kerakli fayllar ustiga bosish orqali 
ajratish.
“Проводник” dasturidan kompyuterda mavjud papka yoki fayllarni qidirib topishda ham 
foydalaniladi. Buning uchun qidirilayotgan papka yoki fayl nomi dasturning qidirish maydoniga 
yoziladi. Papka yoki fayllarni qidirishda ularni nomlari yodda bo’lmasa, ular tashkil etilgan taxminiy 
sana yoki ularning xajmi bo‘yicha ham qidirish mumkin. Bu faylni qidirishda filtrdan foydalanish deb 
ataladi. Masalan siz 2013 yili sentyabr oyida MS Word hujjati tashkil etgansiz, lekin uni nomi 
yodingizdan chiqqan. Bunday holda quyidagi ishlar amalga oshiriladi: 
1. “Проводник” dasturi ishga tushiriladi va kerakli disk tanlanadi; 
2. Qidirish maydoniga MS Word hujjatini ko’rsatuvchi kengaytmasi “*.docx” yoziladi; 
3. Qidirish maydonining “Добавить фильтр для поиска” bandidan “Дата изменения” filtri 
tanlanadi; 
4. Paydo bo‘lgan kalendardan kerakli sana tanlanadi. Bizning misol uchun 2013 yil sentabr oyi 
tanlanadi. Quyidagi ramga qarang. 
 
 
Rasm 1.12 “Проводник” dasturi qidirish maydoni 

Download 0.66 Mb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Проводник” dasturidan foydalanish va uni sozlash

Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish