Windows tizimi ish stolini sozlash




Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana08.02.2022
Hajmi0.66 Mb.
#17228
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1 lab
4-amaliy, 3-amaliy, 1-amaliy
Windows tizimi ish stolini sozlash 
Windows operatsion tizimining asosiy elementlaridan biri bu uning ish stoli bo‘lib, u tizim kompyuter 
xotirasiga yuklanganda uning monitorida paydo bo‘ladigan rangli fon ko‘rinishidagi ekrandir. Ish 
stolining quyi qismida “Пуск” tugmasi va “Masalalr panenili” deb ataluvchi ko‘k rangli satr
joylashgan bo‘ladi. Bular ish stolining elemntlari deb ataladi. Bundan tashqari ish stoliga 
“Компьютер”, “Корзина” , “Сеть”, ”Файлы пользователя” va “Панел управления” kabi maxsus 
tizimli papkalarni ham qo‘yish yoki olish mumkin. Buning uchun: 
1. ish stolining bo‘sh qismiga sichqoncha ko‘rsatkichini keltirib, uning o‘ng tugmasini 
bosiladi; 
2. paydo bo‘lgan kontekstli menyuning “Персонализация ” buyrug’ini beridi; 
3. bunda ochiladigan muloqat oynaning “Изменение значков рабочего стола” nomli bandi 
tanlanadi; 
4. paydo bo‘lgan “Параметры значков рабочего стола” oynasidan kerakli papkalarni 
belgilash bilan amalga oshiriladi.
Windows operatsion tizimi xar bir foydalanuvchi uchun aloxida ish stoli yaratib beradikim, bu 
ish stolini foydalanuvchi o‘ziga qulay qilib sozlab olishi mumkin. Buning uchun shichqoncha 
ko‘rsatkichini ish stolining bo‘sh joyiga keltirib, sichqoncha o‘ng tugmasini bosish orqali paydo 
bo‘ladigan kontekstli menyuning “Вид”, “Сортировка”, “Разрешение экрана”, “Гаджеты” va 


“Персонализация” buyruqlarining muloqat oynalari kerakli parametrlarini o‘rnatish bilan amalga 
oshiriladi. “Вид” va “Сортировка” buyruqlari orqali ish stolida joylashgan yorliqlar, papkalar
fayllar nishon belgisini katta yoki kichiklashtirish va ularni ish stolida joylashish tartibini o‘zgartirish 
mumkin. Qyuidagi rasmga qarang. 
Rasm1.4. Ish stolida sichqoncha o‘ng tugmasiga bog’langan kontekstli menyu 
Ish stolining “Пуск” tugmasi, “Masalalar paneli” kabi elementlarini sozlash uchun sichqoncha 
ko‘rsatkichi bu elementlar ustiga keltirilib, uning o‘ng tugmasi bosiladi va paydo bo‘lgan kontekstli 
menyudan “Свойство” (hossa) buyrug’i tanlanadi. Bunda quyidagi rasmda keltirilgani kabi muloqat 
oyna ochiladi. Muloqat oynadagi parametrlarni qiymatlarini o‘zgartirish orqali yuqoridagi elementlar 
foydalanuvchi faoliyatiga mos qilib sozlanadi. 
Rasm 1.5. “Пуск” tugmasini sozlash muloqat oynasi 
“Пуск” tugmasini sozlash deganda unga bo‘g’langan menyuning bandlarini qo‘shish yoki olish, 
ularning parametrlarini o‘zgartirish tushiniladi.
Buning uchun:
1. sichqoncha ko‘rsatkichi “Пуск” tugmasi ustiga keltirilib uning o‘ng tugmasi bosiladi; 
2. paydo bo‘lgan kontekstli menyudan “Свойство” buyrug’I beriladi
3. ochilgan muloqat oynaning “Настроить” tugmasi bosiladi; 
4. bunda ochilgan oynadan menyu bandlari belgilanadi. 


Rasm1.6. “Пуск” tugmasini sozlash oynasi 
Masalalar panelining asosiy vazifasi bir paytda ishga tushirilgan dasturlarni biridan 
ikkinchisiga tez o‘tish imkoniyatini yaratish bilan birga ko‘p kerak bo‘ladigan dasturlar yorlig’ini 
o‘zida saqlashdan iborat.
Ko‘p ishlatiladigan dastur yorlig’ini masalalar paneliga chiqarish uchun: 
1. sichqoncha ko‘rsatkichi masalar panelining bo‘sh qismiga keltirilib, uning o‘ng 
tugmasi bir marta bosiladi; 
2. paydo bo‘lgan kontektli menyudan “Свойство” buyrugi beriladi
3. bunda ochilgan muloqat oynaning kerakli parametrlarini o‘zgartiriladi. 
Odat ko‘p foydalanadigan dasturlarni ularga tez murojatni amalga oshirish uchun masalar paneliga 
bu dasturlar yorlig’i mahkamlab qo‘yiladi. Buning uchun: 
1. “Пуск” tugmasi menyusidan “Все программы” bandi tanlanadi; 
2. Bunda ochilgan papkalar ro‘yxatidan kerakli papka ochilad (Masalan Microsoft Office 
papkasi); 
3. Bu papkadan kerakli dastur yorlig’i ustiga sichqoncha ko‘rsatkichi keltiriladi va o‘ng 
tugmasi bir marta bosiladi. (masalan Microsoft Word 2010 dasturi ); 
4. Bunda ochilgan kontekstli menyudan “Закрепить на панели задач” buyrugi beriladi. 
Rasm1.7. “Microsoft Word” dasturini masalalar paneliga mahkamlash 


Masalalar panelidan keraksiz dastur yorlig’ini olib tashlash uchun sichqoncha ko‘rsatkichi shu 
yorliq ustiga keltirilib, uning o‘ng tugmasi bosiladi va ochilgan kontekstli menyudan “Изъять 
программу из панели задач” buyrug’i beriladi. 

Download 0.66 Mb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish