SHaharlarda avtobuslarni ishlatishning asosiy elementlari




Download 124.65 Kb.
bet6/18
Sana17.02.2023
Hajmi124.65 Kb.
#42557
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
8-mavzu
半稿 王婷 3, Muvaffaqiyat qozonish sirlari yoxud Deyl Karnegi ijodiga nazar, ABDUSAMIYEVA GULBODOM SANOAT EKALOGIYASI, Operatsion tizimlar yakuniy test (3), Elektronikada Komp.Mod, Buhgalteriya xisobot, Shoxrux, 119114, 88888888888, 777777777777777, 3 (1), ismoilov, elektronika-x-2 (1), Ehtimollik Statistika Sharipov D 711 21
SHaharlarda avtobuslarni ishlatishning asosiy elementlari
Ma'lum miqdorva yo'nalishlarda passajirlar oqimiga xizmat etishlik uchun avtobus marshrutlaridan foydadalaniladi. Marshrutlar passajirlar hosil etuvchi punktlarning joylashuviga ko'ra peregonlarga bo'linadi. Peregon - bu passajirlar transportining ikki qo'shni bekati orasidagi masofadir. Passajirlar qatnovining o'rtacha masofasi qanchalik katta bo'lsa, peregonlar o'rtasidagi masofa ham katta bo'lishligi lozim.
Peregonlar o'rtasidagi kattaroq bo'lishligi ular o'rtasidagi aloqa tezligini oshirish imkoniyatini beradi.
SHahar ichi avtobus marshrutlaridagi bekatlararo masofa passajirlar qatnovi uzunligi hamda ularni shahar hududlaridagi joylashuviga ko'ra 300 metrdan 700 metrgacha bo'lishi tavsiya etiladi.
SHahar atrofi passajirlar tashish harakatida esa peregonlar o'rtasidagi masofa 700-1000 metr, uzoq manzillarga qatnovchi avtobus marshrutlarida esa yo'ldagi aholi yashash punktlarini hisobga olgan holda bo'ladi.
Marshrutlardagi peregonlar soni, ular orasidagi oqilona masofalar va uy-joy massivlari joylashuvi yoki eng serqatnov passajirlar uzellariga bog'liqdir.
Avtobuslar to'xtash bekatlari-doimiy, passajirlar talabiga ko'ra va vaqtinchalik bo'lishi mumkin.
Doimiy bekatlar passajirlar oboroti doimiy va aholining gavjum joylarida tashkil etilib, ularning joylashuvi marshrutlaridagi asosiy peregonlar sonini belgilaydi.
Vaqtinchalik bekatlar amalda bekatlararo doimiy bekatlar oralig'idagi sanoat korxonalari teatr spektakli boshlanishi va tamom bo'lishi oldida, stadionlarda o'tkaziladigan katta uyinlar vaqtida va bunday bekatlarga zarur boshqa joylarda belgilanishi mumkin.
Bekatlardagi avtobuslarni to'xtab turishvaqti avtobuslar sig'imi, uning eshiklari va chiqish zinapoyalari qurilmasi, yilning fasli, haydovchilar kasbkorlik maxoratiga hamda bekatning gavjumligiga bog'liqdir. Oraliq bekatlardagi to'xtash vaqtini hisoblashda har bir passajirni avtobusga chiqishga 1,5-2,0 sekund, tushish uchun esa 1,5 sekunddan ko'p bo'lmagan vaqt belgilash qabul etilgan.
Boshlang'ich va so'nggi to'xtash bekatlardagi to'xtash vaqti haydovchilar brigadasini hordiq chiqarish, bajarilgan reys hujjatlarini rasmiylashtirish va avtobus qaroviga hisoblangan bo'lishi lozim.Qisqa marshrutlarda bunday maqsadlar uchun to'xtab turishvaqti faqat so'nggi punktdagina hisobga olinadi.
To'xtov bekatlarida avtobuslar tartib raqamlarini ko'rsatuvchi maxsus tablo bo'lib, unda marshrut tartib raqami, harakat intervaliva boshqalar, so'nggi bekatlarda esa xizmat xonalari bilan jihozlangan bo'lishlari lozim.Keyingi paytlarda passajirlar gavjum bo'lgan bekatlarda savdo shaxobchalari, tezkor kaxvaxonalar tashkil qilinayotir.
Bir transportdan boshqasiga o'tish bekatlari turli transport uchun bir-birlariga yaqin joyda, agar passajirlar harakati siyrak bo'lsa bir joyning o'zida birlashtirib tashkil etiladi.
Harakat xavfsizligini hisobga olgan xolda va bekatlar o'tkaza olish qobiliyatlarini oshirish maqsadida, chorrahalarga yaqin bekatlar, ulardan 20-30 metr o'tkazilib tashkil etiladi.
Avtobus marshrutlari bo'yicha shart bo'lgan bekatlarni joylashtirish ko'chalarini o'tkaza olish qobiliyati va aloqa tezligini kamaytiradi. Bu narsani oldini olishlik uchun ularni yo'lga nisbatan maxsus ichkarilikka joylashtirib, ularni «yo'l chuntaklari» deyiladi. To'xtov bekatlarining o'tkazuvchanlik qobiliyati avtobuslarni tezlana olish va tormozlash masofasiga, uning sig'imiga, eshiklar soni va uning katta- kichikligiga, bekatlardagi passajirlar oboroti bilan bog'liqdir. SHuning uchun ikkita ketma-ket kelayotgan avtobuslar orasidagi minimal intervalni hisoblashda avtobusning tezlana olishi, tormozlanishi, avtobusni to'lganligi va bekatlarning passajirlar oboroti ko'rsatkichlarining maksimal miqdorlari olinadi.
Bekatning o'tkaza olish qobiliyati deyilganda unda 1 soat ichida bir tomonga maksimal miqdordagi avtobuslar o'ta olishligi tushuniladi.
CHorrahalarga yaqin joylashgan bekatlarning o'tkaza olish qobiliyati taxminan soatiga 100 avtobus bir tomonga hisoblanadi.
Jadal harakatli marshrutlarda bekatlarga kirib ketuvchi avtobuslar orasidagi interval vaqti belgilangandan kam bo'ladi. Bunday hollarda bir-biridan 20-30 metrmasofada joylashganqo'shaloq bekatlar tashkil etilishi tavsiya etiladi.

Download 124.65 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Download 124.65 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



SHaharlarda avtobuslarni ishlatishning asosiy elementlari

Download 124.65 Kb.