• SHaharlarda passajirlar tashuvchi avtobuslar harakatini tashkil etish
  • Yengil avtomobillarda passajirlarni tashish
  • Passajirlar tashish sharoitlari




    Download 124.65 Kb.
    bet7/18
    Sana17.02.2023
    Hajmi124.65 Kb.
    #42557
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
    Bog'liq
    8-mavzu
    半稿 王婷 3, Muvaffaqiyat qozonish sirlari yoxud Deyl Karnegi ijodiga nazar, ABDUSAMIYEVA GULBODOM SANOAT EKALOGIYASI, Operatsion tizimlar yakuniy test (3), Elektronikada Komp.Mod, Buhgalteriya xisobot, Shoxrux, 119114, 88888888888, 777777777777777, 3 (1), ismoilov, elektronika-x-2 (1), Ehtimollik Statistika Sharipov D 711 21
    Passajirlar tashish sharoitlari. Passajirlar avtobusda qatnashi, uchun salonda sotib olingan chiptasi yoki bepul qatnash xuquqiga ega bo'lgan maxsus hujjatlari bo'lishi shart.
    Quyidagi holatlardan tashqari, avtobuslarda passajirlarni tashishga hech qanday to'sqinlik bo'lmasligi lozim: passajir belgilangan tashish qoidasini bajarmasa, agar tashishlik hokimiyat tashkiloti buyrug'iga binoan to'xtatilgan yoki favqulotdagi holatlar bilan bog'liq bo'lsa, agar avtobusda bo'sh joy qolmagan bo'lsa, agar passajir mast-alas holatda bo'lsa yoki boshqa passajirlar sog'ligiga putur keltirilgan kasallik holatlarida bo'lsa.
    SHaharlarda passajirlar tashuvchi avtobuslar harakatini tashkil etish
    Avtobuslar harakatini tashkil etishda bir qator o'zaro va yaqindan bog'liq ekspluatatsion-texnik sharoitlarini hisobga olinishi zarur. Bular qatoriga qo'yidagilar kiradi: avtobuslar shaxobchalarini joylashuvi (konfiguratsiyasi), marshrutlar yo'nalishi va xarakteri, yo'l va bekatlarning o'tkaza olish qobiliyatlari, tezlik va harakat intervallari, avtobus to'lganlik darajasi va oraliq yo'ldagi passajirlar almashuvi.
    Bu shartlarning barchasi shahar planirovkasi va uning xarakteri, aholi yashovchi yirik massivlar joylashuvi, passajirlar oborotining ayrim transport uzellarida joylashganligi va shu kabilar bilan bog'liqdir.
    Tashish muntazamligi marshrutdagi ma'lum sonli avtobuslar harakati muntazamligini talab etadi. Bu narsa esa harakat intervalini aniq bajarilishi ( I )va unga mos chastota (R)ga rioya etish orqali erishiladi.
    Harakat chastotasi deyilganda marshrutdagi biror joydan bir soatda bir tomonga qatnovchi avtobuslar soni tushuniladi. Marshrutning biror bo'lagida yoki kunning soatlardagi oqim quvvatining o'zgarishi, o'z navbatida avtobuslar harakat chastotasini o'zgartiradi. Harakat chastotasi marshrutdagi passajirlar zichligiga, passajirlar almashuvi koeffitsientiga va avtobus sig'imiga bog'liq. «Tashish chuqqisi» paytiga to'g'ri keluvchi xarakat chastotasini hisoblashda, «tashish chuqqisi» soatlariga to'g'ri keluvchi o'rtacha passajirlar zichligi, boshqa paytlar uchun esa «tashish chuqqisi»dan boshqa paytdagi o'rtacha passajirlar zichligi hisobiga olinishi lozim. SHahar marshrutlaridagi harakat chastotasi odatda soatiga 12-15 avtobusdan, ayrim marshrutlardan esa 4-5 avtobusdan iborat bo'ladi. Passajirlar zichligi quvvati katta bo'lgan marshrutlarga ertalabki va kechki «tashish chuqqisi» soatlarida 15 dan ko'p avtobuslar chiqarilishi lozim.
    Harakat chastotasi harakat intervaliga bog'liq bo'lib, u ma'lum joy (bekat) dan qancha vaqt ichida navbatdagi avtobus o'tish vaqti I = 60/Rva minutda o'lchanadi. Harakat intervallari shahar marshrutlarida, odatda, 4-6 minut va kamadan-kam paytda 12-15 minut bo'ladi.
    Avtobuslar harakatini muntazam tashkil etish uchun ular harakat jadvallari va chizmalari bo'lishi zarur. Harakat chizmasi har bir marshrutdagi avtobus uchun alohida tuziladi. Bunday chizmalarni tuzishda marshrut, avtobus va haydovchilarning ish rejimlari asos qilib olinadi. Harakat chizmalarini belgilashda sutka ichi soatlardagi, xafta kunlaridagi va yil fasllaridagi passajirlar oqimining o'zgarishini hisobga olish zarur.
    Bir guruh marshrutlar uchun harakat chizmalarini tuzishda, marshrutlarning har birining alohida xarakteri hisobga olinadi. Bunda turli marshrutlardagi passajirlar zichligi o'zgarishi hisobga olinib bir marshrutdan boshqasiga ayrim miqdordagi avtobuslarni o'tkazish imkoniyatlari ko'rsatilgan bo'lishi kerak. Bunday o'tkazishlarda avtobuslar kamaytirilayotgan marshrutdagi passajirlar tashish ishi jiddiy susaymaydigan bo'lishi nazarda tutilishi lozim. Bundan tashqari, iqtisodiyotni nazarda tutib, o'tkaziluvchi avtobuslar qatnovini oshirmaslikka ham e'tibor berilishi lozim.
    Harakat chizmalari asosida harakat jadvali tuziladi. Tuzilgan jadvallar esa aholiga eng yaxshi xizmat ko'rsatish bilan birga avtobusdan oqilona foydalanishni hisobga olgan holda kelish hamda passajirlar oboroti ko'p bo'lgan uzellardan o'tish vaqtlari ko'rsatigan bo'ladi.
    Bunday jadvallarni tuzishda sutka soatlaridagi ekspluatatsion harakat tezliklari turlicha belgilanishi maqsadga muvofiq va bu narsa yo'llarning yuklanganligiga, avtobuslarni to'lganligi va boshqa sharoitlar bilan bog'liqdir.

    1. Yengil avtomobillarda passajirlarni tashish

    Taksi avtomobillarda passajirlarni tashish.
    Engil avtomobillarda passajirlarni tashish avtobuslar bilan tashishga nisbatan foydalanilayotgan transport vositalari va tashish ishlarni tashkil yetish tamoyillarga ko'ra tubdan farqlanadi. Yengil avtomobillarda passajirlar tashish asosan qo'yidagilarga bo'linadi: maxsus taksi avtomobillarda passajirlarni tashish; xizmat yuzasidan passajirlarni yengil avtomobillarda tashish.Keyingi tashishlar qatoriga aholi buyurtmasiga binoan tantanalarga xizmat etuvchi yengil avtobuslar ishlari ham kiradi. Bundan tashqari aholining shaxsiy mulklari bo'lgan yengil avtomobillarda tashishlar ham bordir. Yengil avtomobillarda passajirlar tashish ishlarining aksariyati yengil taksi va shaxsiy mulk egalari avtomobillari zimmasiga to'g'ri keladi.
    Yengil taksi avtomobillarda tashish shahardagi passajirlarni eng qulay tashish turlariga kiradi. Ammo, yengil taksi avtomobillarda passajirlarni tashish shahar marshrut transportio'rnini bosa olmaydi, ularga qo'shimcha transport turi bo'lib, aksariyat hollarda vaqti ziq bo'lgan passajirlarni tashishlarda, passajirlarning talabiga binoan u aytgan “eshikdan-eshikgacha” bo'lgan tashishlarda yukli passajirlar qatnovida, shahar passajirlar transportining boshqa turi bo'lmagan hududlardagi tashishlarda yoki shahar passajirlar transporti ishlamaydigan tungi soatlardagi transport tashishlarda ishlovchi passajirlar transporti hisoblanadi. Ayrim hollarda yengil avtomobillardan shahar atrofi, qishloq joylardagi va shaharlararo passajirlar tashishda ham foydalaniladi.
    Engil taksi avtomobillarni ishlatishda ulardan jadal foydalanish xarakterlidir. Sutka davomida bunday avtomobillar 13-14 soat ishda bo'lib, o'rtacha bosib o'tish masofasi 200-250 kmni tashkil etadi. Aksariyat hollarda yengil taksi avtomobillardan foydalanuvchi passajirlar yuk bilan qatnovchi passajirlardir. SHuning uchun ham taksidan foydalaniladigan avtomobillarga texnik jihatdan yuqori darajada ishonchli, dinamik sifati yuqori, passajirlarni o'tirish va ular yuklarini joylashtirish qulay bo'lishi talablari qo'yiladi.
    Statistik ko'rsatgichlarga ko'ra yengil avtomobillarda passajirlar tashish hajmi avtomobilb transportida passajirlar tashish umumiy hajmining ancha kichik qismiga to'g'ri keladi. Bu ulush aholisi 10-250 ming kishi bo'lgan shaharlarda 9% foiz, 251- 500 ming kishilik shaharlarda 8% foiz, 501-1000 ming aholili shaharlarda 7% foiz, va aholisi 1mln. dan ortiq shaharlarda 6% foiz atrofidir.
    Umumiy passajirlar tashish hajmidagi nisbiy kichik o'rinda bo'lishiga qaramay, shahar va boshqa joy aholilari hayotida taksidan foydalanishning o'z o'rni bor.
    Barcha yengil taksi avtomobillarda kira xaqini o'lchab boruvchi asbob- taksometr hamda chiroqli signal qurilmalari bo'lishi lozim. Bunda ko'k chiroqli taksi bo'shligini, qizil chiroqli signal uning aksi, bandligini ko'rsatadi.
    Taksometrning bir necha xil kira haqini hisoblovchilari bo'lib, avtomobilb harakatiga uzatmalar qutisi orqali ishlaydi, agar buyurtmachi talabiga binoan kutib turilsa yoki harakat tezligi 15 km/soatdan kichik bo'lsa, asbob ichiga o'rnatilgan soat mexanizm bilan avtomobildan foydalanish haqi hisoblanib boradi.
    Taksometr asbobi davlat standarti talabiga binoan va avtomobilb spidometri (harakat tezligi ko'rsatuvchi asbob) kabi plombalanishi shart.
    Yengil taksi avtomobillarda bir mahalda balog'atli 4 passajir, ular bilan birga maktab yoshigacha ikki yosh bola o'tkazishlikka ruxsat beriladi. Taksi avtomobilb salonida passajirlarni qo'l yuklari, chemodonlari, televizor, yengil muzlaatgichlar va boshqa yumshoqlanib o'rnatilgan buyumlar tashilishi mumkin. Og'ir yuklar (60kggacha) avtomobilb yukxonasida tashiladi.
    Yengil taksi avtomobillarida ham avtobuslardagi kabi portlovchi, zaharlovchi,engil yonib ketuvchi, o'tkir qirrali buyumlar, salonli kirlovchi, giyohvand moddalar tashish qat'iyan man etiladi. Katta o'lchamli yuklar va hayvonlar ham tashish mumkin. Faqatgina itlar tumshuqbog'da va qushlarni qafasda bo'lgandagina tashishga ruxsat beriladi.

    Download 124.65 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




    Download 124.65 Kb.