|
“Paxta ishi” “O‘zbek ishi” nomli kompaniyalar
|
bet | 3/4 | Sana | 08.12.2023 | Hajmi | 8,54 Mb. | | #114064 |
Bog'liq Paxta ishiUshbu o‘zbek xalqiga qaratilgan nohaq siyosat va ayblovdan O‘zbekiston xalqi, jumladan, uning janubiy viloyatlari ahli juda og‘ir, tuzatib bo‘lmaydigan moddiy va ma’naviy zararga duchor bo‘ldilar. Nohaq ayblangan kishilarni oqlash, adolatni qaror toptirish uchun o‘zbek xalqiga mustaqillik zarur edi va mustaqillik tufayli nohaq ayblangan kishilarning yuzlari yorug‘bo‘lib, mustabid tuzum qamoqxonalariga bardosh berib, sog‘–omon qolganlari o‘z oilalariga qaytib kelishga muvaffaq bo‘ldilar. Azob-uqubatlarga chiday olmay olamdan o‘tganlari esa, qatag‘on qurbonlari singari oqlanib, ularning farzandlari oldidagi munosib nomlari tiklandi, insoniy qadriyatlari o‘rniga qo‘yildi. Ma’muriy-buyruqbozlik usuli bilan ishlaydigan vazirliklar va idoralar iqtisodiy islohotlarni yo‘qqa chiqarish, iqtisodiyot taraqqiyotiga to‘g‘anoq bo‘lib qolaverdi. Respublikaning tog‘-kon, metallurgiya, mashinasozlik, elektrotexnika, kimyo sanoatiga qarashli korxonalar Ittifoq vazirliklari va idoralariga tobe bo‘lib qolaverdi. Ijtimoiy va iqtisodiy ko‘rsatkichlarni avvalgidek Markaz belgilab berardi, aholining ijtimoiy ahvoli nochor edi. Maktab va maorif ishlarini isloh qilish va o‘rta maxsus ta’limni qayta qurish borasidagi sa’y-harakatlar ham behuda ketdi. Ma’muriy-buyruqbozlik usuli bilan ishlaydigan vazirliklar va idoralar iqtisodiy islohotlarni yo‘qqa chiqarish, iqtisodiyot taraqqiyotiga to‘g‘anoq bo‘lib qolaverdi. Respublikaning tog‘-kon, metallurgiya, mashinasozlik, elektrotexnika, kimyo sanoatiga qarashli korxonalar Ittifoq vazirliklari va idoralariga tobe bo‘lib qolaverdi. Ijtimoiy va iqtisodiy ko‘rsatkichlarni avvalgidek Markaz belgilab berardi, aholining ijtimoiy ahvoli nochor edi. Maktab va maorif ishlarini isloh qilish va o‘rta maxsus ta’limni qayta qurish borasidagi sa’y-harakatlar ham behuda ketdi. Oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida ham mutaxassislar tayyorlash sifati pasayib ketgan edi. Ijtimoiy hayotning barcha sohalarida muammolar to’planib bordi, ularni ma’muriy-buyruqbozlik usullari bilan hal qilishga urinishlar hech qanday natija bermadi. Xalq orasida pinhona o‘sib borayotgan ishonchsizlik, loqaydlik kayfiyatlari asta-sekin yuzaga chiqa boshladi. Ruxsat etilmagan mitinglar, namoyishlar o‘tkazish hollari, hatto noxush voqealar ham sodir bo‘la boshladi.
|
| |