|
“Paxta ishi” “O‘zbek ishi” nomli kompaniyalar
|
bet | 2/4 | Sana | 08.12.2023 | Hajmi | 8,54 Mb. | | #114064 |
Bog'liq Paxta ishikirish O‘zbekistonda “O‘zbeklar ishi”, “paxta ishi” deb atalgan jinoiy ishlar to‘qib chiqarildi. Moskvadan yuborilgan Gdlyan va Ivanov guruhi O‘zbekistonning boshiga tushgan kulfat bo‘ldi. Guruh a’zolari hech kim bilan hisoblashib o‘tirmay odamlarni qamash bilan shug‘ullandilar. Oddiy dehqondan tortib O`zKP MQ kotiblari va hukumat a’zolarigacha bo‘lgan xodimlarni qamash uchun birovlardan zo‘rlab yozdirib olingan bir parcha qog‘ozning o‘zi kifoya edi. O‘zbekistonda qonunchilik buzildi, o‘zboshimchalik va qatag‘onchilikning yangi davri avj oldi. Ming-minglab iqtidorli, rahbarlik mahoratini puxta egallagan rahbar kadrlar, mirishkor paxtakorlar, ter to‘kib mehnat qilgan halol kishilar qamoqqa olindi. Hibsga olingan respublika partiya va davlat organlarining rahbarlari esa Moskva qamoqxonalariga tashlandi. “Paxta ishi” “O‘zbek ishi” nomli kompaniyalar Ular asosli ravishda jinoiy javobgarlikka tortildilar va sudlandilar. Shu bilan bir qatorda, qo‘shib yozishlarga bevosita aloqador bo‘lmagan, bu ishga ongsiz sur’atda yoki tasodifan o‘ralashib qolgan, rahbarlarning ta’siri va tazyiqi ko‘zbo‘yamachiliklarga noiloj qo‘shilib qolgan, undan shaxsan hech qanday moddiy manfaatdor bo‘lmagan yuzlab va minglab gunohsiz kishilar ham jabr ko‘rib, aziyat chekdilar. “O‘zbeklar ishi”, “Paxta ishi” bo‘yicha qancha odamning qamoqqa olinganligi to‘g‘risida turlicha ma’lumotlar bor. O‘zbekiston janubida shu jumladan, Qarshi cho‘li, Surxon - Sherobod cho‘llarini o‘zlashtirib, Respublikaning janubida joylashgan Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridan XX asrning 80 - yillariga kelib, o‘rtacha 1 million tonna paxta yetishtirish vazifasini kun tartibiga qo‘ydi. Gektaridan olinishi lozim bo‘lgan hosildorlik yildan - yilga ortib borib, uni bajarishning iloji bo‘lmagandan keyin, qo‘shib yozish degan bir illat paydo bo‘ldi. Shu yo‘sinda O‘zbekistonda “paxta ishi”, “o‘zbeklar ishi” degan uydurma . vujudga keldi. Ushbu o‘zbek xalqiga qaratilgan nohaq siyosat va ayblovdan O‘zbekiston xalqi, jumladan, uning janubiy viloyatlari ahli juda og‘ir, tuzatib bo‘lmaydigan moddiy va ma’naviy zararga duchor bo‘ldilar. Nohaq ayblangan kishilarni oqlash, adolatni qaror toptirish uchun o‘zbek xalqiga mustaqillik zarur edi va mustaqillik tufayli nohaq ayblangan kishilarning yuzlari yorug‘bo‘lib, mustabid tuzum qamoqxonalariga bardosh berib, sog‘–omon qolganlari o‘z oilalariga qaytib kelishga muvaffaq bo‘ldilar. Azob-uqubatlarga chiday olmay olamdan o‘tganlari esa, qatag‘on qurbonlari singari oqlanib, ularning farzandlari oldidagi munosib nomlari tiklandi, insoniy qadriyatlari o‘rniga qo‘yildi.
|
| |